O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti



Download 1,13 Mb.
bet140/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

Topshiriq. Abdulhamid Cho‘lpon qalamiga mansub quyidagi she’rni ifodali o‘qing va yod oling. She’r matnida qo‘llangan badiiy tasviriy vositalarni aniqlang, daftaringizga yozing.
GO‘ZAL
Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib,
Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir: Men uni tushda ko‘ramen.
Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal,
Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!
Ko‘zimni olaman oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan-da seni so‘rmoqqa.
Ul-da aytadir: Bir qizil yanoqqa
Uchradim tushimda, ko‘milgan oqqa.
Oqqa ko‘milganda shunchalar go‘zal,
Mendan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan o‘tganda so‘rab ko‘ramen.
Aytadir: Bir ko‘rib, yo‘limdan ozib,
Tog‘ va toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko‘rdim men uni – shunchalar go‘zal,
Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Ul ketgach, kun chiqar yorug‘lik sochib,
Undan-da so‘raymen sening to‘g‘ringda.
Ul-da o‘z o‘tidan bekinib, qochib
Aytadir: Bir ko‘rdim, tushdamas, o‘ngda.
Men o‘ngda ko‘rganda shunchalar go‘zal,
Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Men yo‘qsil na bo‘lib uni suyibmen,
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyibmen,
Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen,
Men suyib… men suyib kimni suyibmen?
Men suygan suyukli shunchalar go‘zal,
Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!


Taqriz
Taqriz arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, “bayon qilish, so‘zlash, tasdiqlash” degan ma’nolarni anglatadi. Taqriz janrining bosh vazifasi – u yoki bu (ilmiy, badiiy asarlar, sahna, kinofilm va sh.k.) asarning tahlili orqali uning ulmiy jarayon va muallif ijodiyotidagi o‘rnini aniqlash, unga xos bo‘lgan yutuq hamda kamchiliklarni isbotlash va baholashdan iborat. Taqriz ma’lum bir adabiy asar, maqola, ilmiy maqola, dissertatsiya to‘g‘risida yozilgan salbiy yoki ijobiy fikrdir. Albatta, taqrizchi asarga baho berishda o‘z fikrini asoslashi, o‘quvchini ishontirishi lozim.
Taqriz yozishda o‘quvchi yoki ilmiy xodim (akademik, professor, dotsent, doktor, fan nomzodi)lar qat’iy qoidalarga amal qilishi shart. Bunda mavzuning dolzarbligiga, o‘rganilishiga, yangiligiga juda katta e’tibor beriladi. Mavzuning fanga kiritgan yangiligi va ularning faktlar bilan isbotlanganligi alohida ta’kidlanadi. Taqriz oxirida ilmiy tadqiqotchining ilmiy ish qilishga layoqati borligi haqida ham to‘xtalib o‘tadi va ishonch bildiriladi.
Jumladan, badiiy asarni taqriz qiluvchi yozuvchi ijodiy laborotoriyasiga kirishi, uning ichki yo‘nalishini aniqlashi, san’atkorning o‘ziga xos bo‘lgan ijodining asosiy, bosh qonunlarini tushunishi, asarga badiiy asar sifatida mehr bilan yondashishi, chuqur ijodiy izlanishi kerak. Bu izlanishlarning natijasi original shaklda, o‘sha asar mohiyatining butun sir-u asrorini ochib beradigan usulda bayon qilishi lozim. Holbuki, taqriz-konkret ilmiy asar ekan, unda qayd qilinadigan har bir fikr, yangilik yoki nuqson taqrizchi tomonidan quruq qayd qilinmasligi kerak, balki aniq dalillar misolida har tomonlama isbotlanishi va bunga yozuvchini ham, kitobxonni ham ishontira bilishi kerak. Taqrizda konkret asar yozuvchining butun ijodi va harakatdagi ijodiy jarayon bilan bog‘lanishi, solishtirilishi shart: ana shundagina asarning ahamiyati, qimmati, yangiligi ochiladi, yozuvchi mahorati yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Taqriz yaratish uchun:
Muayyan asarni taqriz qilish uchun ilmning shu sohasida chuqur bilim egasi bo‘lish talab etiladi. Shu sabab, turli sohalardagi asarlarni emas, o‘zingiz mutaxassis bo‘lgan ixtisoslikka oid asarlarni taqriz qiling.
Taqriz qilinayotgan asarning muallifi ijodini batafsil o‘rganing. Uning ijodiy psixologiyasini, qiziqishlarini tasavvur qilganingizdan so‘ng, yaratilgan asarning uning ijodida tutgan o‘rnini aniqlang: qanchalik yangiligi, zarurligi, ahamiyatini ko‘rsating.
Yuqoridagi vazifani hal qilish uchun aniq shu sohada, shu mavzuda yaratilgan ohori ketmagan ilmiy asarlarni o‘qing, solishtiring. Shundagina taqriz qilinayotgan asarning zamonaviyligini, zarurligini yoki ortiqcha matoh ekanligini aniqlay olasiz.
Asarning yutuq va kamchiliklarini umumiy bayon qilmang, balki har bir fikringizni asosli dalillar bilan isbotlang. Isbotingiz aniq, ravshan, obyektiv bo‘lsin.
O‘zingiz yaratgan taqriz mazmun va shakl jihatdan go‘zal bo‘lsin: yetishmovchilik ham, ortiqchalik ham quruq, isbotlanmagan gap ham bo‘lmasin.



Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish