Bolalar «Matematika-1» darsligidagi topshiriqlarni bajaradilar, qavsli ifodalarni o`qish va yozish hamda ularning qiymatlarini topishni o`rganadilar.
552. 2-sinfda o`quvchilar tarkibida qavslar bo`lmagan turli bosqichdan iborat bo`lgan ifodalarni bajarishning yangi tartibi bilan tanishadilar. Bu ishni turlicha tashkil qilish mumkin.
I-variant.
Bolalarga darslikdagi topshiriqni o`qish taklif qilinadi: «Ayting, «ifodalarda qanday amallar ko`rsatilgan:65+24:3, 40-4x7; 27:-4x2.
Oldin tartib bilan ko`paytirish va bo`lishni, keyin qo`shish va ayirishni bajaradilar.
65+21:3=65+7=72, 27:3-4x2=9-8=1»
O`quvchilar quyidagi ifodalarning qiymatlarini qanday hisoblaganlarini tushuntiradilar: 40-4x7=40-28=12, 3x5+24=15+24=39, 30+6x3=30+18=48. Keyin esa quyidagi ifodalarning qiymatlarini qanday topish kerakligini tushuntiradilar:
26+24:4 71-16:2 60:10+8x3
32:8+39 9x3+7x4 18:9+27:3
41-27:3 36:4-9:3 5x4-32:4
II-variant.
Doskada 40-10:2 ifodasi yozilgan. Ushbu ifodaning qiymatini topish taklif qilinadi. Turli javoblar chiqishi mumkin: bazi o`quvchilarda ifodaning qiymati 15 ga, bazilarda esa 35 ga teng. Bolalar ifodaning qiymatini qanday topganlarini tushuntiradilar. O`qituvchi agar ifodalarda qavslar bo`lmasa, qo`shish, ayirish, ko`paytirish yoki bo`lish amallari bo`lsa undan oldin tartib bilan ko`pytirish va bo`lish keyin esa qo`shish va ayirish amallarini bajarish kerakligini tushuntiradi. Berilgan ifodadan oldin bo`lish amalini bajarish kerak, yani 10 ni 2 ga bo`lish kerak, keyin esa 40 dan hosil bo`lgan natijani 5 ni ayirish kerak. Ifodaning qiymati 35 ga teng.
Keyin o`quvchilar darslikdagi qoidani o`qiydilar, qo`shish, ayirish, ko`paytirish va bo`lish amallaridan iborat bo`lgan qavssiz ifodalarning qiymatlarini qanday topganlarini tushuntiradilar.
Qarab chiqilgan yondashishlardan qaysi birini tanlar edingiz va nima uchun?
553. Quyidagi mashqlardan o`qituvchi qaysi bosqichda va qanday maqsadda foydalanishi mumkin:
1) Qavslarni shunday qoyinki, tengliklar to`g`ri bo`lsin: 25-15:5=2, 3x6-4=6, 24:8-2=4.
2) Yulduzchalar o'rniga amal belgilarini shunday qoying-ki, tengliklar togri bulsin: 12g6g2=4, 12g6g2=70, 12g6g2=24, 12g6g6=9, 12g6g2=0.
3) Yulduzchalar o`rniga qo`shish yoki ayirish belgilarini shunday qo`yinki, tengliklar to`g`ri bo`lsin:
38g3g7=34, 38g3g7=28, 38g3g7=42, 38g3g7=48.
4) Berilgan misollar juftligidan hisoblashlar faqat amallarni tartib bilan bajarish qoidalari bo`yicha bajarganlarini ko`rsating: 60-20:4=10, 4x3+20:5=16, 60-20:4=55, 4x3+5=28. Qavslardan foydalanib, qolgan ifodalarda amallar tartibini shunday o`zgartiring-ki, ular berilgan qiymatlarga ega bo`lsin.
5) Quyidagi ifodalarning qiymatlarini hisoblang: 6x10-20:4, 6x(10-20:4), (6x10-20):4.
Oxirgi topshiriqqa yana qanday savollar berish mumkin?
554. Quyidagi topshiriqni bajarishda o`quvchilar qanday fikrlashlari mumkin: «Yozuvni shunday tugating-ki, quyidagi ifodalarda teng» belgisi saqlansin: 80:(4x10)=80:10
), 50-(30+5)=50-30...»? Ushbu ifodalarni o`zgartirishning asosida qanday bilim, ko`nikma va malaka yotadi?
555. Quyidagi ifodani o`zgartirishda o`quvchi yo`l qo`ygan xatoning sababi nima? (10+4)x3=10x3=4? Shunga o`xshash xatoning oldini olish hamda yo`q qilish uchun o`quvchilarga quyidagi topshiriqni taklif qilish mumkinmi? Javobingizni asoslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |