Axborot texnologiyalarining turlari.
1. Ma‘lumotlarga ishlov beruvchi ATex lar (MIBAT).
Ma‘lumotlarga ishlov
berishning axborot texnologiyasi strukturalangan masalalarni yechish uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, bu masalalar bo‘yicha zaruriy dastlabki ma‘lumotlar mavjud
bo‘lishi va ularga ishlov berishning algoritmlari hamda standart proseduralari ma‘lum
bo‘lishi kerak. Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ba‘zi bir doimiy
takrorlanadigan og‘ir amallarini avtomatlashtirish maqsadlarida malakasi uncha
yuqori bo‘lmagan xodimlarning amaliy (ijro) operativ faoliyati darajasida
qo‘llaniladi. Shuning uchun bu darajadagi xodimlarning mehnat unumdorligini ancha
oshiradi. Ularni og‘ir va mashaqqatli mehnatdan ozod etadi, hattoki xodimlarning
sonini qisqartirishga ham olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |