Savollar:
Dialektologiya faninng predmeti va vazifalari haqida so‘zlang.
Dialektologiya so‘zi nimani anglatadi?
Milliy til va mahalliy dialekt (shevalar) haqida gapiring.
Nega xalq shevalari adabiy tilni boyituvchi vositalardan biri hisoblanadi?
Ona tilini o‘qitishda dialektologiya fanining o‘rni haqida so‘zlang.
Tilshunoslik fanining boshqa bo‘limlari bilan dialektologiya fanining qanday aloqadorligi bor?
Adabiyotlar
1.Aliyev A.Yu., Rajabov N. O‘zbek dialektologiyasidan programma. T., 1992.
2.Aliyev A.Yu., Nazarov K.N., Enazarov T.J. O‘zbek dialektologiyasi. O‘quv dasturi // Universitet ta’limi uchun o‘zbek filologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv dasturlari. T., Universitet, 1997. 34-49-betlar.
3.Aliyev A.Yu. Uychi shevasi // O‘zbek dialektologiyasidan materiallar. II. T., 1992.
4.Abdullayev F.A. O‘zbek tilining Xorazm shevalari. T., 1961; T., 1964.
5.Amansariyev V. Turkman dialektologiyasi. Ashgabat, 1970.
6.Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi. T., 1962; T., O‘qituvchi, 1978.
2-3-mavzular. Transkripsiya. Kiril va lotin alifbosiga
asoslangan transkripsion belgilar.
(4 soat).
Reja:
1. Transkripsiya va uning turlari.
2. Fonetik transkripsiya
3. Fonologik transkripsiya.
4. Transkripsiyada qo‘llaniladigan undoshlar tizimi.
5. Kiril va lotin alifbosiga asoslangan transkripsion belgilar
Tayanch so‘z va tushunchalar. Transkripsiya, Fonetik transkripsiya, Fonologik transkripsiya, undoshlar, xalq shevasi, adabiy til.
Transkripsiya. Transkripsiya dialekt va shevalarda uchraydigan tovushlarning turli ko‘rinishlarini yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadigan ma’lum belgilar tizimidir. Tildagi tovushlarni aniq ifodalash uchun xizmat qiladigan yozuv - transkripsiya, lotincha transcriptio - qayta yozish deb ataladi.
Transkripsiya uchun u yoki bu xalq iste’molidagi traditsion alfavitdan o‘rni bilan ma’lum bir o‘zgarishlar kiritish orqali foydalaniladi. Shuning uchun transkripsiyada belgilar soni o‘ziga asos bo‘lgan alfavitdagi harflar sonidan ko‘p bo‘ladi. Bugungi kunda tadqiqotlarda lotin hamda rus-krill alifbosi asosida qo‘llanadigan transkripsiyalar ishlatilmoqda. Mazkur ishda rus-krill alifbosi asosidagi transkripsiyadan olimlar foydalanishmoqda.
Transkripsiya ikki turga bo‘linadi:
1. Fonetik transkripsiya
2. Fonologik transkripsiya.
Shevaning talaffuz xususiyatlarini saqlash uchun fonetik transkripsiyadan foydalaniladi. Bunda shevaga xos so‘zlar transkripsiya vositasida to‘liq yozib olinadi. Faqat (dialekt va shevalarga xos) alohida fonemalarnigina hisobga olish uchun ishlatiladigan transkripsiya fonologik transkripsiya deyiladi:
v - v - lab -lab undosh.
v' - v - lab - tish undoshi.
Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki ma’lum bir arab alifbosidagi yohud boshqa alifbodagi yodgorliklarni nashr etishda shu yodgorliklarning yozuv tizimini boshqa til yoki yodgorlik bosilayotgan xalqning mavjud yozuv tizimi orqali ifodalash transliteratsiya deb ataladi. Transliteratsiya biror yozuv harflari bilan yozilgan matnni boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirish usulidir.
(arabcha matn---> hozirgi yozuvda)
eski o‘zbek yozuvi matni ----> hozirgi yozuvda)
lotin yozuvi matni ----> hoz. yozuvda).
Do'stlaringiz bilan baham: |