O'zbеkiston rеspublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti roman german tillari fakulteti



Download 376,88 Kb.
bet3/9
Sana01.07.2022
Hajmi376,88 Kb.
#726299
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-kurs ishi Dilobar22

I BOB. Tarjimashunoslik tarixi
Biror-bir xalq o‘z qobig‘ida, o‘z-o‘zicha rivojlanolmaydi. U boshqa xalqlarning yutuqlari, tajribalarini o‘zlashtirgan va rivojlantirgan holda yuksaladi. Ma’lumki, jahon tamaddunining beshigi Sharq hisoblanadi.
Aleksandr Makedonskiy Sharqni istilo qilganda qadimgi Hindistonda rivojlangan tabiiy fanlarning yutuqlari, ko‘hna Eron madaniyati tajribalarini o‘zlashtirib, G‘arb ilm-fani va madaniyatini muvaffaqiyatlarini o‘zaro omuxta qilgan holda Yunonistonda antik davr uyg‘onishi sodir bo‘ldi. Keyin katta hududda o‘z saltanatini o‘rnatgan arablar fan va madaniyatini rivojlantirishga e’tibor berdilar. Ma’mun ar-Rashid IX asrning boshida Bag‘dodda Ma’mun akademiyasini tashkil qiladi. “Bayt ul-hikma” (“Bilimlar uyi”) deb atalgan bu ilmiy markazga turli joylardan iste’dodli kishilarni to‘plab, yunon, yahudiy, sanskrit, suryoniy, fors tillaridan ko‘plab ilmiy-adabiy, falsafiy-axloqiy asarlar arab tiliga tarjima qilinadi va ularga sharhlar yozilib, musulmon dunyosiga tarqatiladi. Beruniy ham yunon, sanskrit va suryoniy tillarini o‘rganib, bu tillardagi asarlardan bevosita foydalanganligi, hatto ularni tarjima qilganligi ma’lum. Yoki Ibn Sino Aristotelning “Metafizika” asarini bir necha marta o‘qisa-da tushunmaydi. Keyin unga Forobiy yozgan sharh orqali uni xatm qiladi. So‘ng XII-XIII asrlarda arablar tasarrufidagi Ispaniyaning Toledo va Kardova shaharlarida tarjima maktablari vujudga kelib, arab tilidagi barcha ilmiy, ba’zi adabiy kitoblar ham lotin tiliga tarjima qilinadi va ular orqali Yevropaga tarqaladi.
Tarjima tarixi juda qadim zamonlardan boshlagnadi. Qadim zamonlardan buyon turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar bir-birlari bilan muomala qilganlarida tarjimon (tilmoch) orqali ish bitkazganlar. Tarjimonsiz ish bitirish qiyin bo‘lgan. Savdo-sotiq ishlarida, diplomatik munosabatlar va madaniy aloqalarda hamma vaqt tarjimaga zarurat tugilgan.Qadim zamonlardan beri xalqlar o‘z tarjimonlariga katta hurmat bilan qaraganlar. Ularning nomlari tarix sahifalarida abadiy yozilib qolgan.Tarjima terixi madaniyat, san’at, adabiyot tarixi bilan chambarchas bog‘langan.Ma’lumki, O’rta Osiyo xalqlarining madaniyati qadimiy davrlardan boshlanadi. Arablar istilosiga qadar ham O’rta Osiyoda yashab ijod qilgan olim va yozuvchilar o‘zlari-dan keyin boy ilmiy va adabiy meros qoldirganlar, balki ular ichida ko‘pgina tarjima asarlari ham bo‘lishi haqi-qatdan uzoq emas. Ammo arab istilochilari mamlakatni zabt qilgach, bu ajoyib asarlarni islom diniga qarshi deb yondirib yuborganlar.VII asrda Iroq, Suriya, Falastin, Eronni bosib olgan arab istilochilari Marv, Xorazm, Buxoro va Samarqandn!' qo‘lga kiritadilar. VIII asrning boshlarida Movarounnahr (ikki daryo o‘rtasi)ni arablar butunlay egallagan edilar. O’rta Osiyo arab xalifaligi hukmronlig ostida qoldi.
Bosqinchilarning zulmi ostida azob chekkan xalqlar ularning buyruqlariga bo‘ysunar, tartiblarini so‘zsiz bajarishga majbur edilar. Arablar dastlab islom dinini O’rta Osiyo xalqlariga majburan qabul qildira boshladilar. Qadimgi Xorazm, so‘g‘d yozuvlari o‘rniga arab yozuvi joriy qilindi.
O‘zbekistondagi tarjima maktablari. Tarjima tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Qadim zamonlardan buyon turli tillarda so’zlovchi xalqlar bir-biri bilan muomala qilganda tarjimon orqali ish bitkazganlar. Tarjimonsiz ish bitish qiyin bo’lgan. Savdo-sotiq ishlarida, diplomatik munosabatlar va madaniy aloqalarda tarjimaga zarurat tug’ilgan.
Markaziy Osiyoning dastlabki tarjimonlari

  • Abu Nasr Forobiy

  • Abu Ali ibn Sino

  • Abu Rayhon Beruniy

  • Mahmud Qoshg’ariy

  • Mahmud Zamaxshariy

1. Forobiy Aristotelning “Metafizika”, “Fizika”, “Meteorologiya”siga sharhlar yozgan.
Ayrim zarur kitoblarni grekchadan arab tiliga tarjima qilgan.
2. Ibn Sinoning 5 tomdan iborat “Alqonun fit-tib” nomli asari Yevropada XV asrda lotin tiliga 16 marta, XVI asrda esa 20 martadan ko’proq nashr qilindi. “Tib qonunlari” Yevropaning boshqa tillariga ham tarjima etilgan.
3. Beruniyning Arab tiliga qilgan tarjimalari

  • Khandakhadyaka (“al Arkanda jadvali”).

  • Brahmasiddihonta (matematikaga oid kitob).

  • Ikkita Balian butparasti haqida hikoya.

  • Barohamihira.

  • Nilufar haqida hikoya.

  • Kapayara (kasallar haqida yozilgan kitob).

  • Sankhya (falsafaga oid kitob).

  • Patanjala (falsafaga oid kitob).

4. Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” (“Turkiy so’zlar devoni”) asarini yozayotganda juda ko’p turkiy so’zlarni arabchaga tarjima etib, ularning nozik tomonlarini ustalik bilan talqin qilib berdi. Turkiy so’zlarni, maqol, matal, she’r parchalarini 1-marta arabchaga tarjima etgan.
5. Zamaxshariy “Muqaddimatul-adab” (Nafis so’zlarga muqaddima) degan arabcha va forscha lug’at tuzdi. Bu lug’at hozir O’zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institute qo’lyozmalar fondida saqlanadi.


    1. Download 376,88 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish