O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/39
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#720387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari

Ugush so‘zlama so‘z biror so‘zla oz,
Tu man so‘z tugunini bu bir so‘zla yoz
, – deydi. Mazmuni: so‘zni ko‘p 
so‘zlama, kam so‘zla. Tuman (ming) so‘z tugunini shu bir so‘z bilan yech. 
Gapirishdan maqsad so‘zlovchi ko‘zda tutgan narsa, voqea-hodisalarni 
tinglovchiga aniq, ta’sirchan va mazmunli yetkazishdan iborat. Shunday ekan, 
nutqning aniqligi, to‘g‘riligi, ravonligi, mantiqiy izchilligi va mazmunliligiga 
erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Mutafakkir so‘zlovchini tilning ahamiyatini 
tushungan holda, hovliqmasdan, so‘zning ma’nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon 
qilib tuzishga chaqiradi. 
Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham so‘zlaganda nutqni o‘ylab, 
shoshmasdan tuzishga, nutqda turli keraksiz, ortiqcha so‘zlarni ishlatmaslikka, 
nutqni aniq va mazmundor, tushunarli va tejamkor qilib so‘zlashga chaqiradi. 
Tushunarsiz va mazmunsiz qilib so‘zlangan nutq so‘zlab, keyin hijolat chekib, 
afsuslanib yurmagin, deb so‘zlovchini ogohlantiradi:
O‘qub so‘zla so‘zni eva so‘zlama, 
So‘zung kizla kedin, boshing kizlama. 


 Mazmuni: So‘zni o‘qib so‘zla, shoshib gapirma, keraksiz yaramas so‘zlarni 
yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma.
13
Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko‘rsatmalarda sodda va o‘rinli gapirish, 
aniq, ravon, qisqa va mazmunli qilib so‘zlash, ortiqcha so‘zlash, ezmalik, 
mahmadonalik qilib ko‘p so‘zlash, laqmalikni qoralash, keksalar, ota-ona, yoshi 
ulug‘ kishilar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to‘g‘ri, rost va dadil, tushunarli 
qilib gapirish, yolg‘onchilik, tilyog‘lamalik qilmaslik, bekorchi gaplarni 
gapirmaslik va boshqa shu kabi mavzularda so‘z boradi.
Sharq, xususan, Markaziy Osiyo notiqligining o‘ziga xos jihatlari shundan 
iborat ediki, u, eng avvalo, o‘sha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. 
O‘rta asrlarda notiqlik sa’nati ustalarini nadimlar, qissago‘ylar, masalgo‘ylar, 
badihago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar, voizlar, go‘yandalar, maddohlar, 
qasidaxonlar deb yuritilishi ham ana shundan dalolat beradi. Ammo tilning 
yaratuvchisi xalq ekanligini va uning, eng avvalo, xalqqa xizmat qilishini to‘g‘ri 
anglovchi sog‘lom fikrli kishilar uning ijtimoiy mohiyatini doimo aniq tushunib 
kelganlar. Xususan, Navoiyning davlat arbobi sifatida mehnatkash xalq oldida 
qilgan chiqishlari, uning til haqida aytgan fikrlari, notiqlik mahorati va so‘zga 
bergan e’tibori buning dalilidir. Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, 
“Mahbub ul-qulub”, “Nazm ul-javohir” asarlari o‘zbek tilida nutq tuzishning 
go‘zal namunalari bo‘lishi bilan birga uning mukammallashishiga, notiqlik 
san’atining rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shdi. U o‘zining “Mahbub ul-qulub” 
asarida shunday deydi: “Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdirki, 
gar nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidur...”
14
ya’ni, til shuncha sharafi bilan 
nutqning qurolidir, agar u noo‘rin ishlatilsa, tilning ofatidir. Alisher Navoiy mayin, 
yoqimli, shirali ovoz bilan so‘zlash odobi haqida shunday yozadi: “So‘zni 
ko‘nglungda pishqormaguncha tilga keltirma, harnakim ko‘nglungda bo‘lsa, tilga 
surma”. Mazmuni: “So‘zni ko‘nglingda pishitib olmaguncha, so‘zlama, 
ko‘nglingda bo‘lgan har qanday fikni ham ayta berma”.
13
Ahmad Yugnakiy. Hibbat ul - haqoyiq. – T.: 1971. 78-bet. 
14
Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Y. O‘sha asar, 8-bet.


O‘zbek badiiy nutqi tarixida Zahiriddin Muhammad Bobur alohida o‘rin 
tutadi. Shoh va shoir Bobur Mirzoning nutq mahorati va notiqlik san’atini qay 
darajada egallaganligini g‘azallari-yu ruboiylari, “Boburnoma” asari, mohir notiq 
sarkarda sifatida jang maydonida og‘ir ahvolda qolgan askarlarini o‘zining otashin 
nutqlari orqali ruhlantirganligi, ijodining sodda, tushunarli va mazmunli ekanligi
qo‘yingki, hayoti va ijodiy faoliyati orqali bilib olsa bo‘ladi. Bobur Mirzoning ijod 
namunalari o‘zbek nutqining go‘zal namunalaridir. Bobur o‘zi hammabop yozish 
bilan birga boshqalarga ham shunday ish tutishni maslahat beradi. Jumladan, o‘g‘li 
Humoyun Mirzoga yozgan bir xatida birovga yuborilgan maktubni muallifning 
o‘zi bir necha bor o‘qib ko‘rishiga, uning ravonligiga, so‘zlarning ko‘zda tutilgan 
ma’noni aniq aks ettirganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng jo‘natishga 
chaqiradi.
Keltirilgan bu misollardan ko‘rinadiki, Sharq, xususan, O‘rta Osiyo 
mutafakkirlari notiq oldiga tilni puxta o‘rganish, uning lug‘aviy boyligi va 
grammatikasini puxta egallash, mantiqli so‘zlashni o‘rganish, ortiqcha va turli 
befoyda so‘zlarni so‘zlamaslik, nutqni ichki (mazmun) va tashqi (shakl) 
tomonlariga birday e’tibor qaratish, go‘zal va ta’sirchan, aniq va sodda
mazmundor nutq tuza bilish, til boyliklarini maqsadga muvofiq hamda o‘z o‘rnida 
foydalanish kabi vazifalarini qo‘yadilar va notiqning ularga amal qilishini 
kuzatadilar, chuqur va atroflicha tahlil etadilar.
Ma’lumki, “Nutq – bu til deb ataluvchi, o‘ta muhim vazifalarni bajaruvchi 
noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, 
tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda namoyon 
bo‘lishidir. Nutqiy jarayon – tilning o‘z vazifasini bajarish jarayoni. Bu jarayon 
yaxshi yoki yomon kechishi mumkin. Notiq esa ma’lum ma’noda bu jarayonni 
amalga oshiruvchidir”.
15
“Madaniy nutq deb, tilning barcha vositalari va ular imkoniyatlaridan 
maqsadga muvofiq tarzda o‘rinli, unumli foydalanilgan holda tuzilgan nutqqa 
15
Абдусаидов A. Нутқ маҳорати. “Нутқ маданиятининг ҳозирги давр муаммолари” танланма фанидан ўқув 
қўлланма. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2014. 14-бет. 


aytiladi. Nutq madaniyati esa ana shu tilni – aloqa-aralashuv qurolini ishlatishga 
bo‘lgan munosabatidir”.
16
Nutq mahoratinining qanchalik ahamiyatli ekanligi, uning qanchalik 
qudratga ega ekanligi to‘g‘risida bir qator buyuk olimlar, donishmandlar 
o‘zlarining qarashlarini o‘z aforizmlarida yozib qoldirganlar. 
Jumladan: R.Emerson: “Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur 
etadi”, 

deydi .
Menandr: “So‘zdan kuchliroq narsa yo‘q”, 
– 
deb aytgan.
“So‘zdan qudratliroq narsa yo‘q”. O‘tkir dalil va yuksak fikrlar safini yorib 
o‘tish mumkin emas. So‘z yovuzlarni yakson etadi, qal’alarni yiqitadi. U ko‘zga 
ko‘rinmas quroldir. So‘z bo‘lmasa, dunyo dag‘al kuchlar qo‘lida qolar edi. So‘z 
sehridan kuchliroq sehr yo‘q. (A.Frans)
“So‘z buyuk narsa. Shuning uchun ham buyukki, so‘z bilan odamlarni 
birlashtirish, so‘z orqali ularni bir-birlari bilan yuz ko‘rmas qilib yuborish mumkin, 
so‘z bilan mehr qozonish, so‘z bilan nafrat va adovatga yo‘liqish mumkin. 
Odamlarni bir-biridan ajratadigan so‘zni aytishdan saqlan”. (A.N.Tolstoy)
“Til 

eng xatarli qurol. So‘z yarasidan ko‘ra tig‘ yarasini davolash oson”. 
(P.Kalderon)
“Qayerdaki so‘z tirik ekan, u erda hali ish ham o‘lmagan! ”, “So‘z qanday 
ishga yo‘llashi bilangina qimmatlidir”. (A.I.Gertsek)
“Jonli so‘z mo‘jizalar yaratadi”. (I.Burdenko)
“So‘z shamolga qarab uchadigan o‘yinchoq pufak emas. U ish quroli: u 
ma’lum darajadagi og‘irlikni ko‘tarib turmog‘i lozim. O‘zgalar kayfiyatini 
qanchalik rom etishi va o‘zgartirishiga qarabgina biz so‘zning ahamiyati va 
kuchini baholamog‘imiz mumkin”. (V.G.Korolenko)
“Erdem bashi 

til”. (Odob va fazilatlarning boshi tildir). (M.Qoshg‘ariy) 
“Kishi so‘zlashu, yilqi yizlashu”. (M.Qoshg‘ariy)
Ko‘p sukutga qush qo‘nar, 
16
Тожиев Ё., Маллабоев М. Ўзбек нутқи маданияти ва услубияти асослари (оммабоп қўлланма). 1-қисм. – 
Тошкент, 2006. 12-14-б. 


Ko‘rklik kelishiga so‘z kelar. (Shoxi ko‘p, uzalab ketgan daraxtga qush 
qo‘nadi, yaxshi kishiga so‘z kelar). (M.Qoshg‘ariy) 
Allomalarimiz so‘z va tilga alohida e’tibor berishgan. Kaykovus: “Hamma 
qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir”, 

degan bo‘lsa, Navoiy: “Ko‘ngul 
durji ichra guhar so‘z durur, Bashar gulshanida samar so‘z durur”, 

deb yozgan 
edi.
“Har nekim ko‘ngulda bor 

tilga so‘rma”. (A.Navoiy)
“So‘z 

gul, ish 

meva”. (Xorazmiy)
“O‘z birodaringni yanchilgan mushkdan ko‘ra ham xushbo‘y so‘zlar bilan 
maqtab yod et, garchand u sendan uzoq shaharda bo‘lsa ham” . 
“Nodon kishi so‘z, hikmat lazzatini bilmaydi, bamisoli tumov kishi gulning 
hidini sezmagani kabi”.
“Tilingdan chiqqan sadaqa (ya’ni pand-u nasihating) ba’zan qo‘lingdan 
(mol-dunyongdan) chiqqan sadaqangdan ko‘ra xayrliroqdir”.
“Ko‘p so‘zlar borki, ular seni jang-u jadalga solib, halokatga giroftor qiladi 
yoki ulardan qaytarsa ham, yelka chuquringni gul kabi qizargan holga keltirgandan 
keyin qaytaradi”. (M.Zamaxshariy) 
Yusuf Xos Hojib:

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish