Samarqand Davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi
kafedrasi magistranti Esanov Sanjar Pardayevichning “Siyosiy arboblar
nutqining leksik – stilistik xususiyatlari” (Oʻzbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov va Prezidentimiz
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nutqlari misolida) mavzusidagi magistrlik
dissertatsiyasiga ilmiy rahbar
MULOHAZASI
Butun dunyo juda ko‘plab notiqlik san’atining
buyuk vakillari, nutq
mahoratining yetuk sohiblari o‘tganlar va yashab kelmoqda. Shu buyuk notiqlar
safiga, hech shubhasiz, o‘zbek xalqining buyuk farzandlari, O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich
Karimov hamda
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevlarni qo‘shsak, hech qanday
mubolag‘a bo‘lmaydi. Siyosiy arboblarimiz notiqlik san’atini mohirona egallagan,
nutq mahoratini san’at darajasiga ko‘targan, har qanday auditoriyani, butun xalqni
nutqlari orqali boshqarish qobiliyatiga ega nutq mahorati sohiblari hisoblanadi.
Ularning nutqlari qaysi sohaga doir bo‘lmasin, hech bir vaqtda zerikarli va
mazmunsiz bo‘lmaydi.
Magistrant Esanov Sanjarning “Siyosiy arboblar nutqining leksik – stilistik
xususiyatlari”
(Oʻzbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom
Abdugʻaniyevich Karimov va Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
nutqlari misolida) mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi bugungi kunda
o‘rganilishi zarur bo‘lgan dolzarb mavzudir. Siyosiy arboblarning nutqlari tili va
uslubi tilshunosligimizda juda kam e’tibor qaratilgan sohalardan sanaladi. Shunday
ekan, bu ish siyosiy arboblar tili va uslubini o‘rganishdagi ishonch bilan tashlangan
dadil qadamdir.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, bu mavzu ilmiy jihatdan
mukammallik, katta mas’uliyat va chuqur bilimdonlikni talab qiladi.
Bu magistrlik dissertatsiyasi “Kirish”, uch asosiy bob, xulosa va
bibliografiya qismlaridan iboratdir. “Kirish”
qismida mavzuning dolzarbligi,
obyekti va predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati kabi
masalalar keltirib o‘tilgan.
Ishning “Notiqlik san’ati va nutqiy mahorat”
deb nomlangan birinchi bobi
ikki fasldan iborat va bu bobda “Notiqlik”, “Nutqiy mahorat” kabi sohalaning
nazariy jihatlari ochib berilgan. Bundan tashqari, notiqlik san’atining tarixi,
bugungi kunda yuzaga kelayotgan ayrim ilmiy ishlardagi notiqlik san’atining
turlari tahlilga tortilgan.
Ishning “Siyosiy arboblar nutqiy mahoratining leksik-grammatik
xususiyatlari” deb nomlangan ikkinchi bobida
esa siyosiy arboblarimiz
nutqlarining lingvistik o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Bu bob ham ikki fasldan
iborat boʻlib, “Siyosiy arboblar nutqiy mahoratining yuzaga chiqishi” nomli
birinchi faslida siyosiy arboblarimizning nutqiy mahorati va notiqlik san’ati
qirralari xalqimizning turli qatlamlari bilan samimiy uchrashuvlaridagi jo‘shqin
nutqlari orqali ochib berilgan. Bunda siyosiy arboblarning notiqlik mahoratini
yuzaga chiqaruvchi leksik birliklarga e’tibor qaratilgan.
Bobning “Nutqlardagi asosiy kommunikativ oʻziga xosliklar” deb
nomlangan ikkinchi faslida siyosiy arboblarimiz nutqlaridagi
nutqning asosiy
kommunikativ sifatlari oʻrganilgan.
Dissertatsiyaning “Siyosiy arboblar nutqining uslubiy xususiyatlari” nomli
uchinchi bobida siyosiy arboblar nutqining oʻziga xos uslubiy qirralari ochib
berilgan. Bu bob ikki fasldan tashkil topgan boʻlib, bobning birinchi “Notiqlar
nutqining oʻziga xos uslubiy vositalari” faslida notiqlarimiz nutqida qoʻllangan
uslubiy vositalar tahlil qilingan.
Bobning ikkinchi “Siyosiy arboblar nutqida badiiy uslub vositalari” faslida
siyosiy arboblar nutqlaridagi badiiy-tasvir vositalari va turli ta’sirchan vositalardan
foydalanish mahorati misollar orqali o‘rganilgan.
Magistrlik dissertatsiyasi qisqacha xulosalangan.
Bibliografiya qismidan bir
qator adabiyotlar ustida jiddiy ter to‘kkanligi ko‘rinib turibdi.
Ishda ba’zi texnik, imloviy va ishoraviy xatolar mavjud.
Ushbu kamchiliklardan qat’iy nazar, mazkur magistrlik dissertatsiyasini
YaDAK huzurida himoya qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: