O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/39
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#720387
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Bog'liq
siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


XULOSA
Tilshunosligimizda til va uslub masalalari yuzasidan olib borilgan ilmiy 
tadqiqotlar anchagina salmoqli o‘rinni tashkil etadi. Biroq bu sohada siyosiy 
arboblar va davlat rahbarlarining tili va uslubi kam o‘rganilganligi bilan e’tiborni 
o‘ziga tortadi. Ushbu tadqiqot ishimda aynan shu jihatlarni hisobga olib, aynan shu 
mavzuni, ya’ni “Siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari 
(Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich 
Karimov va Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nutqlari misolida)” 
mavzusini yoritishga kirishdim. 
Bu mavzuni o‘rganish davomida quyidagi xulosalarga kelindi: 
1. Notiqlik san’ati va nutqiy mahorat har qaysi makonda va har qaysi davrda 
jamiyat a’zolari uchun eng kerakli sifatlardan biri bo‘lib kelgan. Har bir jamiyatda 
o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lgan inson uchun bu sifatlar nihoyatda muhimdir. 
Ayniqsa, boshqaruv va rahbarlik sohasidagi davlat arboblari bu sifatlarni 
mukammal egallashi, kelajakdagi faoliyatining samarali bo‘lishini ta’minlovchi 
omillardan biridir. Jumladan, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich 
Karimovning aftobiografiyasidan ma’lumki, u ta’limni, ya’ni maktab va oliy 
ta’limni rus tilida olganligiga qaramasdan, o‘z ona tili 

o‘zbek tilida yuksak 
darajada nutqiy mahoratni egallaganligi, xalqni boshqarish, jipslashtirish hamda bir 
maqsad yo‘lida birlashtirish, mustaqillikka erishish, bugungi kundagi O‘zbekiston 
Respublikasining taraqqiyoti va rivojlanish darajasiga erishishida eng asosiy 
omillardan biri bo‘ldi. 
Oʻzbekiston Respublikasining keyingi uch yildagi taraqqiyotining 
yuksalishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning notiqlik mahorati ham alohida 
rol oʻynamoqda.
2. Siyosiy arboblarning nutqlari, asosan, notiqlikning siyosiy-ijtimoiy 
notiqlik va ijtimoiy-maishiy(tabrik so‘zlari – tost) turlariga mansubdir. Uslubiy 
tomondan esa publitsistik hamda so‘zlashuv (adabiy so‘zlashuv) uslublariga 
xosdir. 


3. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov va Prezidentimiz 
Shavkat Miromonovich Mirziyoyevlar nutqlarida so‘zning qudratli kuch ekanligini 
hisobga olgan holda har bir so‘zni ishlatishda ma’nosiga chuqur e’tibor bergan 
holda qo‘llaganligi hamda qoʻllayotganligi, ayniqsa, xalq og‘zaki ijodi namunalari 
sirasiga kiruvchi barqaror birikmalar: maqol, hikmatli so‘z, ibora va tasviriy 
ifodalardan nihoyatda mohirlik bilan foydalanganligini kuzatdik. 
4. Siyosiy arboblarning nutqlarida nutqning asosiy kommunikativ 
xususiyatlari: aniqlik, to‘g‘rilik, maqsadga muvofiqlik, ta’sirchanlik, ifodalilik, 
tozalik kabilar o‘z o‘rnida va mohirlik bilan qo‘llaganligini kuzatdik. Bundan 
tashqari, yana bir qator o‘ziga xos jihatlari: xalqona tili, samimiyligi, 
mazmundorligi, obrazliligi, xalqning ichki kechimalari, orzu-umidlarini o‘zida aks 
ettirganligi kabi sifatlari ham yaqqol ajralib turadi. 
5. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov va Prezidentimiz 
Shavkat Miromonovich Mirziyoyevlar nutqlarida qo‘llanilgan badiiy tasvir 
vositalari: troplar hamda uslubiy figuralar o‘ziga xoslik bilan qo‘llanilgan. Notiq 
maqsadini yuzaga chiqarishda, hamda fikr va g‘oyalarni tushunarli, sodda tilda 
xalqqa yetkazishda bu vositalar muhim rol o‘ynagan.
6. Siyosiy arboblar nutqlarining samarali va ta’sirchan chiqishida badiiy 
tasvir vositalari ham muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, oʻxshatishlar notiqlar 
nutqining xalqqa tushunarliroq boʻlishini ta’minlab beradi. Shunday ekan siyosiy 
arboblar tilida qoʻllanadigan oʻxshatishlar ham juda katta vazifa bajaradi. 
7. Siyosiy arboblarning nutqlarida uslubiy o‘ziga xoslikni shakllantiruvchi 
va yuzaga keltiruvchi vositalar sifatida undalmalar, modallik ifodalovchi so‘zlar, 
maqollar, hikmatli so‘zlar, ritorik so‘roq gaplar, takrorlar, iboralar va parafrazalar, 
bundan tashqari, davlat rahbarlarimizning katta hayotiy tajribasiga hamda falsafiy 
qarashlariga tayangan holda yaratilgan, aynan o‘zigagina tegishli boʻlgan hikmatli 
so‘zlari ham muhim ahamiyat kasb etgan.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish