O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/178
Sana27.06.2022
Hajmi2,25 Mb.
#709857
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   178
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA

Fiziologik psixologiya 
inson 
ruhiyatini o‘rganuvchi eksperimental fan bo‘lib, oliy psixik jarayonlar tafakkur va 
nutqdan tashqari barcha narsalar eksperiment usulda tadqiq etish mumkin. 
Eksperiment usulida o‘rganib bo‘lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini 
xalqlar 
psixologiyasi
o‘rganadi, chunki undagi o‘rganish usullari o‘ziga xosdir u madaniy 
16


mahsullar hisoblangan til, afsonalar, odatlar, san’at asarlari, inson tafakkurining 
murakkab tomonlarini ochib beradi.
To‘g‘ri, Vundtning psixologiya fani oldidagi xizmatlari, uning xalqlar 
psixologiyasiga oid ma’lumotlari hozirgi kungacha ham o‘z qimmatini yo‘qotgani 
yo‘q. Lekin, uning yagona kamchiligi shu ediki, uning qarashlari idealistik asosda 
bo‘lgan, ya’ni u individ bilan jamiyat o‘rtasidagi murakkab dialektik munosabatini 
idealistik asosda turib hal qilgan va jamiyatning rolini absolyut tushunib, shaxsning 
tarixini yaratishdagi, sotsial jarayonlardagi faol o‘rnini ko‘ra bilmagan. Uning 
izdoshlari rossiyalik Aleksandr Afanasyevich Potebnya, nemis olimi Teodor Geyger 
va boshqalar ham u yo‘l qo‘ygan mafkuraviy kamchiliklar oldini ola olmadilar, lekin 
ular bir fikrda yakdil edilarki, xalqlar psixologiyasi individual psixologiyadan farq 
qiladi, shuning uchun ham maxsus fan kerakki, u o‘ziga xos usullar yordamida shaxs 
va jamiyat munosabatlari qonunlarini ochib berishi lozim. Xuddi ana shu xulosalar 
sotsial psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga ilmiy asos bo‘ldi. 
Omma psixologiyasi paydo bo‘lishiga tarixiy asos ishchilar sinfining paydo 
bo‘lishi va Yevropada ishchilar harakatining ommaviy tus olishi bo‘ldi. Ya’ni, XIX 
asrning ikkinchi yarmida ishchilar harakati shunday keng tus oldiki, tartibsiz 
harakatlar darajasiga ko‘tarildi. Shuning uchun ham shu harakatlarning qonunlarini 
bilish, ularni boshqarish usullarini o‘ylab topish zarur edi. 
Ommaviy hodisalarni o‘rganish natijasida 1890-yilda Gabriel Tardning 
«Taqlid qilish qonunlari» deb atalgan birinchi kitobi chiqdi. Tard Frantsiyada ro‘y 
berayotgan ommaviy hodisalarni shu hodisalarda ishtirok etayotganlarning xulq-
atvorlarini taqlid qilish orqali tushuntiradi. Bu harakatlar irratsional (ya’ni aqlning 
ishtirokisiz) tabiatga ega bo‘lib, har bir individ ommaga qo‘shilgan zahoti unga taqlid 
qilishga tayyorlik instinkti ustun bo‘lib qoladi. Italiyalik huquqshunos Stsipion Sigele 
va fransuz olimi Gyustav Lebon ham Tard ishlarini ma’qullab uning nazariyasini 
faktik materiallar bilan boyitdilar. 
1895-yilda bosilib chiqqan Sigelening «Omma psixologiyasi» kitoblarida 
asosiy g‘oya shundan iborat ediki, ommaviy harakatlarda shaxsning o‘z xulq-
atvorlarini ongli va aql bilan boshqarish qobiliyati yo‘qoladi. Bunday hollarda 
17


hissiyotlar ustun keladi, ayniqsa, affekt holatlari, odam o‘zi nima qilayotganligini, 
olomonga nega qo‘shilib qolganligini bilmaydi, shuning uchun ham affekt holatida 
ro‘y berayotgan jinoyatga aybni yumshatuvchi holat sabab bo‘lgan, deb qarash odatli 
bo‘ladi. Bu qarashlari tufayli Sigele Italiyaning qonuniga maxsus modda kiritishga 
ham erishdi. 
Sotsiolog Gyustav Lebon esa asosan o‘z diqqatini ommani elitaga, jamiyatdan 
yuqori turuvchi tanlangan guruhlarga qarshi qo‘yishga qaratadi. U ommaning ayrim 
hollarida, ayniqsa biror hodisa ro‘y berganda «qiziqqonlik» xususiyati ustun turishi 
haqida yozadi. Uning fikricha, bir qancha odamlarning bir yerda to‘planishi ommani 
hosil qiladi va bu odamlar kim bo‘lishidan qat’iy nazar olimmi yoki oddiy insonmi, 
shu zahotiyoq kuzatuvchanlik va ziyraklikni yo‘qotadi. Chunki bu holatda ular 
holatini instinktlar va hissiyotlar boshqaradi. 
Lebon shaxsning omma holatidagi belgilariga to‘xtalib quyidagilarni ajratadi: 
1.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish