Xizmatlar paketi (to‘plami).
Kompleks xizmat ko‘rsatish o‘z ichiga turistlik xizmatlar to‘plami turpaketni oladi. Turizmda xizmatlar turli tumandir: joylashtirish, ovqatlantirish, tanishish, ekskursion, dam olish-ko‘ngilochar va maishiy xizmatlar, sport va kurort dasturlari, turistlik safarlar va h.k.
Turistlik amaliyotda asosiy va qo‘shimcha xizmatlar tushunchalari amal qiladi. Ular o‘rtasida qanday farq bor? Iste’molchilik xususiyatlari nuqtai nazaridan ular o‘rtasida hech qanday farq mavjud emas. Ekskursiyalar agar ular turning narxiga va kompleks xizmat ko‘rsatishiga kiritilgan bo‘lsa ular asosiy xizmatlar hisoblanadi, ammo agar turist o‘z xohishiga binoan to‘langan turga qo‘shimcha ravishda yana biror ekskursiyani harid qilsa, bu qo‘shimcha xizmatga aylanadi. Shunday qilib, asosiy va qo‘shimcha xizmatlar o‘rtasidagi farq ularning turist tomonidan dastlabki sotib olingan turga aloqadorligiga bog‘liq.
Amaliyotda asosiy turistlik mahsulot bu xizmat ko‘rsatish kompleksidir, ya’ni turistlarga yagona paketda sotiluvchi xizmatlarning standart to‘plami. Xizmatlar paketi (to‘plami)-turoperator tomonidan yaratilgan bo‘lib, ma’lum xizmatlar to‘plamidan: tashish, joylashtirish, ovqatlanish, ekskursiyalar va h.k. iborat turistlik mahsulotdir. Turdagi xizmatlar paketi turist tomonidan tanlangan turistlik dam olish turi bo‘yicha ularning ehtiyojlari va sayohat maqsadidan kelib chiqqan holda
92
shakllantiriladi. Tur va uning paketini shakllantirishda turistlar bilan ishlashning ikki varianti mavjud:
buyurtmali turlar sotilishi;
inklyuziv turlar sotilishi.
Buyurtmali tur. Buyurtmali turlarni sotishda dasturni shakllantirish va xizmatlar tarkibini yaxlitlash turist xohishiga binoan, uning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Turistga taklif etilayotgan dam olish maskanida turli xil tur xizmatlarning har biri bo‘yicha turli xizmat ko‘rsatish variantlari taklif etiladi:
· joylashtirish-joylashgan joyi va turi, darajasi bo‘yicha turli xil mehmonxonalar.
· ovqatlanish-turli variantlar (to‘liq yoki to‘liq yarim pansion, yoki umuman
ovqatlanishsiz) shved stoli yoki «alya kort» va x.k.
· ekskursiyalar, harid-ko‘ngilochar xizmatlar.
· transport xizmatlari – aviauchish variantlari, temiryo‘l tashuvlar, avtomobil
arendasi va h.k. variantlari.
· sport va davolanish kurort xizmatlari.
· viza xizmatlari, shuningdek sug‘urta xizmatlari.
Yuqorida aytilganidek, bunday turlarni tuzishda turistning o‘zi bevosita ishtirok etadi.
Turist tomonidan talangan xizmatlar tur dasturiga shakllantirladi. Narx hisoblanadi, uni turist turpaketga ega bo‘lgach to‘laydi. Odatda bunday buyurtmalar agentliklarda shakllantiriladi va so‘ng joriy uchun turopera-torga yo‘naltiriladi. Buyurtmalarning tez va sifatli ta’minlash uchun bugungi kunda xalqaro turizmda turagentliklar va operatorlik kompaniyalari tomonidan zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanmoqda. Xalqaro turizmda paketni yaxlitlash muammolari, narxni hisoblash va turni sotishni operativ hal qilish uchun kompyuter va telefaks aloqasidan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |