Majburiy sertifikatlashga turizm xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi mavjud bo‘lgan turizm faoliyati sub’ektlari tomonidan ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari tortiladi.
Sertifikatlashni amalga oshirishda ko‘rsatiladigan xizmatlar tavsifi tekshirib ko‘riladi hamda quyidagilarga imkon beruvchi tekshirish usulla-ridan foydalaniladi:
· xizmatlarni identifikatsiyalash (tenglashtirish, aynan o‘xshatish) ni o‘tkazish,
jumladan, klassifikatsiya guruhlanishiga (OKUN) tegishli ekanini tekshirish;
· sertifikatlanadigan turizm xizmatlarini me’yoriy hujjatlarda belgilangan
majburiy talablarga mosligini tasdiqlash.
Boshqa tekshiriladigan ko‘rsatkichlar tarkibi turizm xizmatlarini sertifikatlash maqsadlaridan kelib chiqib, sertifikatsiya tekshiruvida aniqlanadi. Buning uchun bir necha sxemadan foydalaniladi.
№ 1 sxema xizmatlarni ijro etuvchi mahoratini, texnologik va me’yoriy hujjatlardagi bilimini tekshirish bilan bog‘liqdir. Xizmat natijalarini tanlab tekshirish bilan bir qatorda ijro etuvchini xizmat sifatini navbatdagi inspeksiya tekshiruvida ekspert baholashdan foydalaniladi. Pulli ekskursiyalar, dam olish kunidagi sayohat, tur byurolar uchun tavsiya etiladi.
№ 2 sxema. Yo‘llanmani sotishdan va sifat tizimi elementlarini o‘z ichiga olib to‘rning tugashiga qadar guruhlarni shakllantirishdagi xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlarini baholashni ko‘zda tutadi:
· turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona imkoniyatlari va iste’molchi talablari
o‘rtasida farqlarni tartibga solish maqsadlarida (yo‘llanmani harid qilib olgunga
qadar) taqdim etilayotgan turizm xizmatlari to‘g‘risida turistga ma’lumotlar
berish jarayoni;
· subpurdatchilar bilan shartnomalar tuzish bo‘yicha jarayonlar (turizm
xizmatlarini realizatsiya qilishda o‘zaro hamkorlikda harakat qiluvchi
tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishdagi talablarni aniqlash: mehmonxonalar,
transport korxonalari, sug‘urta kompaniyalari, umumiy ovqatlanish korxonalari
va h.k.);
· mos ravishdagi xodimni tanlashda, xizmatlarni taqdim etishda ishtirok etuvchi
xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash bo‘yicha jarayonlar;
· xizmalarni belgilangan talablarga mosligini tasdiqlash uchun taqdim etish
jarayonida kerakli yozuvlarni yuritish bo‘yicha jarayon;
· ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini belgilangan talablarga mosligini tasdiqlash
maqsadida rahbariyat tomonidan tahlil o‘tkazish, aniqlangan nomuvofiqlik
bo‘yicha va ishlarni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar hamda qarorlar qabul
qilish.Turagentlik marshrutlari bo‘yicha turizm sayohatlari uchun tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |