Tadqiqotning ilmiy yangiliklari . quyidagilardan iborat:
kriptovalyutalar tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni ilmiy nazariy jihatdan asoslab berilgan;
kriptovalyutalarni joriy qilish va moliyaviy munosabatlar tizimidagi o’rnini me’yoriy-huquqiy asoslari yoritib berildi;
kriptovalyutalarni joriy qilish va ularni moliyaviy munosabatlat tizimidagi o’rnini xorij tajribasi o’rganildi;
kriptovalyutyalarni oxirgi besh yil ichidagi moliyaviy holati tahlil qilindi;
kriptovalyutalarni joriy qilish va ularni takomillashtirish yuzasidan amaliy asoslangan taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi mavzuga oid hamda xorijiy hamda mamlakatimiz olimlari olib brogan ilmiy-nazariy, metodologik tadqiqotlari, raqamli valyutalar statistikasi rasmiy ma’lumotlari tadqiqot xulosa, taklif va tavsiyalarni amaliyotda joriy etilganligi, shuningdek, ilmiy manbalar ma’lumotlari tahlili orqali asoslangan va ishonchlidir.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, 3 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertatsiya ishining umumiy hajmi 85 betni tashkil etgan.
I BOB. INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA KRIPTOVALYUTA VA BLOKCHEYNNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Blokcheyn va kriptovalyutalarni iqtisodiy mazmuni va mohiyati
Blokcheyn (inglizcha blockchain – bloklar zanjiri) – bu ma'lumotlarga ega bo'lgan muayyan qoidalarga muvofiq tuzilgan doimiy ketma - ketlikdagi bloklar zanjiri (bog'langanro'yxat).
Bloklar - bu tizim ichidagi kriptografik shaklda taqdim etilgan tranzaktsiyalarlar, bitimlar va shartnomalar to'g'risidagi ma'lumotlar. Barcha bloklar zanjirda joylashtirilgan bo'lib, unda ba'zi bir yoki so'nggi tranzaktsiyalar yoziladi.Yozishni tugatgandan so'ng, blok doimiy ma'lumotlar bazasi rolini o'ynaydigan umumiy zanjirga qo'shiladi. Darhol keyingi blokni qurib bo'lingandan so'ng, keyingi blok yaratish boshlanadi (Rasm 1.1.):
Rasm 1.1. Blokcheyn
Bloklar orasidagi aloqa nafaqat raqamlash bilan, balki har bir blokda o'z xesh - summa va xesh - oldingi blokning summasi borligi bilan ta'minlanadi.
Blokdagi ma'lumotlarni o'zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni tahrirlashingiz kerak. Ko'pincha blok zanjirlarining nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarda saqlanadi. Bu bloklarga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritishni juda qiyinlashtiradi.
Har bir ma'lumot bloki xuddi shunday tuzilgan: u shakllanishidan oldin tarmoqdagi barcha o'zgarishlar haqida ma'lumotni o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |