O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti kafedra


Mustaqillik yillarida Oz’bekistonning geosiyosiy muhitda o’z o’rnini egallashi



Download 48,39 Kb.
bet5/6
Sana23.06.2022
Hajmi48,39 Kb.
#694985
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston tarixi va geosiyosatda umumiy mushtaraklik

2.2. Mustaqillik yillarida Oz’bekistonning geosiyosiy muhitda o’z o’rnini egallashi.
20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatila boshladi. Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1998, 2001 va 2004 yillarda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2000 va 2003 yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998— 2007 yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikni chukurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi. Rossiya Federatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqdashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning ustun yoʻnalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shartsharoitlarini vujudga keltirishga, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni xususiylashtirish jarayenlarida ishtirok etishiga, Oʻzbekiston va Rossiya regionlarining hamkorligiga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi. 2003 yil Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AKSH dollariga yetdi. UzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va boshqa yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yogʻoch, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli Oʻzbekiston Respublikasida 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100% boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, "Aeroflot", "Avtovaz", "Zarubejneftgaz", "LUKoyl", "Texmashimpeks" va boshqa oʻz vakolatxonalariga ega. Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlari sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan. Oʻzbek gazini Rossiya orqali oʻzga davlatlarga oʻtkazish, shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyaning "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda "Oʻzbekneftgaz" bilan "LUKoyl" oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi. Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmokda. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan Oʻzbekiston Respublikasi ga delegatsiyalar kelib turadi, ular Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, "UzDEUavto", "Oʻzavtoyoʻl" bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi.Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat fanlar akademiyasilari va ularning institutlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001 yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi ("Roszarubejsentr")ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi kjlatilgan. "Roszarubejsentr" bilan Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va koʻrgazmalar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va sanʼat, xususan, tasviriy va amaliy sanʼat vakillari oʻzaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003 yil Moskvada J. Umarbekov va boshqa oʻzbek rassomlarining koʻrgazmalari uyushtirildi. 1997- yildan boshlab Oʻzbekiston Badiyot akadimyasi Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida har yili oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro koʻrgazmaning doimiy ishtirokchisidir. Oʻzbekiston Respublikasidagi Rus madaniyat markazi va "Uzbekistan—Rossiya" doʻstlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi.

Xulosa.
Ilmiy nazariyalar , tadqiqotlar natijalari ko’rsatib turibdiki Tarix , O’zbekiston tarixi va Geosiyosat fanlari bir- birlari bilan o’ta chambarchas bog’liq. Bu fanlarning g’oyalari , nazariyalari o’zaro hamkorlikni taqazo etishini ko’rib turibmiz .Yangi asr bo’sag’asida ro’y bergan siysosiy jarayonlar dunyo xaritasida o’nlab yuzaga keltirganiga guvoh bo’ldik. Murakkab geosiyosiy jarayonlar bugungi davrda mintaqaviy xavfsizlini ta’minlash birinchi navbatga chiqadi. Bu muammolarni xal qilishda avvalo tariximiz , o’tmishimiz bizga ham dars ham muallim sifatida chiqadi . Hech bir davlat mintaqadagi xavsizlikini alohida , ajragan holda yakka o’zi xavsizlikini ta’minlay olmasligi tarixda ro’y bergan geosiysosiy jarayonlardan ko’rilib bilinib turibdi. Geosiyosat fani va O’zbekiston tarixi davlatchilikimizning o’tmishi va qay darajada qurilganligi , bo’ib o’tgan voqea-hodisalar, xatolar, notog’ri olib brogan siyosat va siyosatchilar, podshoh va xonlar haqqida ham so’z yuritadi. Shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasi ham o’zining geosiyosiy ahamiyatiga ko’ra qadimdan u yoki bu strategic kuchlarning geosiyosiy raqobati doirasida bo’lib kelgan. Mintaqa geosiyosiy ahamiyatining yuksalish davrlarida bu yerda urush harakatlari avjiga chiqqan. Bunga Iskandarning yurishlari , Arab xalifaligi davridagi yurishlar, Chingizxon bosqinini misol keltirish mumkin. Mintaqa ulkan saltanat markaziga aylangan davrda esa boshqa o’lkalarni o’zining geosiyosiy ta’sir doirasiga tortgan. Markaziy Osiyo XIX asrda Chor Rossiyasi bosib olinishi , o’tgan asrdagi o’zaro ziddiyatlar botqog’ida qolishlari uchun sho’rolar tomonidan parchalab yuborilishi , ular orasida murakkab chegaralar tortilishi va nihoyat 70 yil davomida boshqa davlat tarkibida bo’lishi , mintaqaning to’lig’icha ta’sir doirasida qolganini , jahon urushlarida ahvolini ko’rdik. Mustaqillik esa bizga keyinchalik nimalar berib turganini va nimalar va’da qilayotganini ko’rib turibmiz. Hozirgi davrda ham tariximizni eadan chiqarmagan holda kelajakni qurish talab etiladi.



Download 48,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish