YY
a) b)
2. Budjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari
Budjet-soliq siyosati deganda iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, to‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yokisoliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish evaziga hal etadi.
Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodi-yotning davriy o‘sishini chegaralashdan iborat.
Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin.
Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari.
Qisqa muddatli davrda budjet-soliq siyosati davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari samarasi ta’siri ostida bo‘ladi.
ΔG ↑ → ΔE↑ (ΔEqΔC) → ↑ΔY(ΔY=ΔC x mg)
Yopiq iqtisodiyot uchun soliqqa tortish hisobga olinmagan holdagi muvozanatli yalpi ishlab chiqarish hajmi:
Y=1/(1-b)(a+I+G)
Bu yerda: 1/(1-b) – yopiq iqtisodiyotda soliqqa tortish hisobga olinmagan vaziyatda xarajatlar multiplikatori;
(a+I+G) – avtonom xarajatlar;
b=MPC – istemolga chegaralangan moyillik bo‘lib multiplikator miqdorini belgilovchi asosiy omildir.
Yopiq iqtisodiyot uchun soliqqa tortish hisobga olingan holdagi muvozanatli yalpi ishlab chiqarish hajmi:
Y=1/((1-b(1-t)))(a+I+G)
Bu yerda: 1 / (1-b(1-t)) – yopiq iqtisodiyotda xarajatlar multiplikatori;
t – chegaraviy soliq stavkasi.
t =ΔY/ΔT
Ochiq iqtisodiyot uchun soliqqa tortish hisobga olingan holdagi muvozanatli yalpi ishlab chiqarish hajmi:
Y=1/(1(1-b(1-t))+m')(a+I+G)
Bu yerda: 1/1(1-b(1-t))+m’ ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlar multiplikatori.
Soliq multiplikatsiya samarasi davlat xarajatlari singari soliqlarning bir marta o‘zgarishi oqibatida iste’molning bir necha bor o‘zgarishiga boqliq.
T↓(ΔT) Yd↑ (ΔYd= -ΔT) C↑ (ΔC=b(-ΔT)) E↑ (ΔE=b(-ΔT)) Y↑ (ΔY=b(-ΔT) C↑ (ΔC=b(b(-ΔT)) E↑ (ΔE=b2(-ΔT)) Y↑ (ΔY=b2(-ΔT))
C↑ (ΔC=b(b2(-ΔT))) va h.k.
Demak, soliq multiplikatorini quyidagicha tasvirlash mumkin:
ΔY -b
----------- = -------
ΔT 1-b
Sof eksport funksiyasini hisobga olib ochiq iqtisodiyot uchun soliq multiplikatorini hisoblasak, u
m_t=(-b)/(1-b(1-7)+m')
Demak soliqlarni bir miqdorga kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi natijasida YaIM hajmining bundan necha marta ko‘p miqdorga o‘zgarishi iste’molga chegaralangan moyillik, chegaraviy soliq stavkasiga va importga chegaralangan moyillik darajalariga bog‘liq
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori va soliq multiplikatorini hisobga olganda muvozanatli ishlab chiqarish hajmi modeli quyidagicha bo‘ladi:
Y=1/(1-b(1-t)+m')(a+I+G)- b/(1-b(1-t)+m') T_a
Aytaylik hukumat o‘z xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini ham shuncha oshirdi.
Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning o‘zida bir xil miqdorda o‘zgarishi natijasida daromadlarning jami o‘zgarishi ΔY miqdori quyidagiga teng bo‘ladi:
Y=1/(1-b(1-t)+m')(∆G)- b/(1-b(1-t)+m') ∆T_a
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko‘paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko‘payadi. Buni balanslashgan byujet multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet multiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo‘ladi.
Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi.
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini maqsadli o‘zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi.
Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini avtomatik o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o‘ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi.
Iqtisodiyotning o‘rnatilgan barqarorligi darajasi davriy budjet taqchilligi va ortiq-chaligi miqdorlariga bog‘liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasa-yishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi)
va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga
keladigan davlat budjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari:
1. Pul-kredit emissiyasi;
2. Davlat zayomlarini chiqarish;
3. Davlat budjetiga soliq tushumlarini ko‘paytirish.
Davlat budjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul
massasini ko‘paytirish inflyatsiyaga olib keladi.
Budjet taqchilligi asosan noinflyatsion usullar bilan, ya’ni davlat obligatsiyalari chiqarish hamda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobiga moliyalashi-rilmoqda. Respublikamizda o‘tkazilayotgan soliq-budjet siyosati makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlab turish, ustivor tarmoqlari investitsiyalash, ta’lim sohasini jadal rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadlariga qaratilib kelinmoqda.
4. O‘zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning xususiyatlari.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan fiskal siyosatni yanada takomillashtirish, soliqlar va budjet xarajatlaridan iqtisodiyotni barqaror o‘stirishni rag‘batlantirishning amaliy vositalari sifatida foydalanish borasida chora-tadbirlar belgilanayotganda bugun jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘shtkazayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini hisobga olish zarur bo‘ladi.
Ichki talabni rag‘batlantirish maqsadlarida budjet tashkilotlari ishchilarining oylik ish xaqilarini, pensiya, stependiyalarni nafaqalarni oshirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatni barqaror rivojlantirishga qaratilgan bu chora tadbirlar kompleksni amalga oshirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishni va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, xalqimiz turmush farovonligini oshirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |