Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, asosiy qism(3-ta reja), xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1.Investitsiya faoliyati mohiyati.Investitsiya faoliyati bilan bog’liq tavakkalchiliklar va ularning tasniflanishi
Investitsiyalаr iqtisоdiy vа bоshqа fаоliyat obyektlаrigа kiritilаdigаn mоddiy vа nоmоddiy nе’mаtlаr hаmdа ulаrgа dоir huquqlаr hisоblаnsа, investitsiya fаоliyati subyektlаrining investitsiyalаrni аmаlgа оshirish bilаn bоg‘liq hаrаkаtlаri mаjmuyi investitsiya fаоliyati dеb yuritilаdi. Investitsiya fаоliyati tаdbirkоrlik fаоliyatini аmаlgа оshirishning bir ko‘rinishidir, shuning uchun hаm tаdbirkоrlikkа хоs bo‘lgаn bеlgilаr, ya’ni mulkiy mustаqillik, tаshаbbuskоrlik vа tаvаkkаlchilik ungа hаm хоs bo‘lgаn хususiyatdir. Investitsiya fаоliyatining obyekti mоddiy vа nоmоddiy nе’mаtlаr ishlаb chiqаrish obyektlаri hisоblаnаdi. Investitsiya fаоliyatining subyektlаridаn biri invеstоr bo‘lib, u o‘z mаblаg‘lаrini, qаrzgа оlingаn vа jаlb etilgаn mаblаg‘lаrni, mulkiy bоyliklаrni vа ulаrgа dоir huquqlаrni, shuningdеk, intеllеktuаl mulkkа dоir huquqlаrni investitsiya fаоliyati obyektlаrigа jаlb etishni аmаlgа оshirаdi. Bundаy o‘zigа хоs fаоliyat subyektlаrining yanа bir kаttа guruhi mаvjud bo‘lib, ulаr investitsiya fаоliyati ishtirоkchilаri dеb yuritilаdi vа ulаrning аsоsiy vаzifаsi invеstоrning buyurtmаlаrini bаjаruvchi sifаtidа investitsiya fаоliyatini tа’minlаsh hisоblаnаdi. Har bir davlat investitsion faoliyatni quyidagi maqsadlarda muvofiqlashtirib turadi: bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib berish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosati amalga oshirilishi; davlatning fan-texnika siyosatini o’tkazish va buning asosida xo’jalik tabaqalarini mustahkamlash hamda jahon bozoriga chiqish; mamlakat ijtimoiy siyosatini yuritish; davlat tomonidan investitsion faoliyatini boshqarish bir qator chora-tadbirlarni qo’llash, ularni hayotga tadbiq etish asosida amalga oshiriladi. Bu chora-tadbirlar qo’yidagilardan iborat:
1. Soliq tizimini qulaylashtirish, ya’ni soliq sub’ektlarini, ob’ektlari va stavkalarini tabaqalashtirish va soliq imtiyozlarini berish.
2. Amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, shu jumladan tezlashtirilgan amortizatsiya siyosatini qo’llash hamda amortizatsiya imtiyozlarini berish.
3. Ayrim hududlarni, tarmoqlarni rivojlantirish maqsadga dotatsiyalar, subsidiyalar, subventsiyalar orqali yordam ko’rsatish.
4. Kredit siyosatini, davlatning norma va standartlarining antimonopol tadbirlarini ishlab chiqarish, davlat mulkini xususiylashtirish va narx-navo siyosatini o’tkazish.
5. Yer hamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash.
6. Investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish davlat dasturlariga kiritish.
7. Investitsiya loyihalarining monitoringini o’tkazish va mexanizmini ishlab chiqish.
8. Zarur hollarda yoki qonunga muvofiq investitsiya faoliyatini to’xtatib turish, cheklash yoki tugatish.
Iqtisodiyotda investitsion loyihalarni amalga oshirish turli xil risklar bilan bog’liq bo’ladiki, bu esa ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini ishlab chiqishni hamda investitsiyaviy risklarni samarali boshqarishni taqozo etadi. Lekin har qanday sharoitda ham, eng avvalo, investitsiyalarni amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo’lgan risklarni baholash, tahlil etish eng dastlabki qadam bo’lib hisoblanadi. Investitsiya faoliyati ma'lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma'lum daromad, foyda olishni ko’zlaydi. Mazkur foyda investorlarning xarajatlarini, inflatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo, amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan va rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri – investitsiya risklarining mavjudligidir. Investitsiya risklari deganda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish jarayonida rejalashtirilgan foydani olmaslik ehtimoli tushuniladi. Bu holatda risk obyekti sifatida loyihaga o’z mablag’larini u yoki bu shaklda kiritgan shaxs investorning mulkiy manfaatlari namoyon bo’ladi. Investitsiya faoliyatida risk - bu investitsiyalarni qisman yoki to’liq yo’qotish, kutilgan foydaga, investitsiya yo’naltirilgan loyihadan ko’zlangan maqsadlarga erisha olmaslik ehtimolidir. Investitsiyalash mohiyati kelgusida foyda olinishini ta'minlaydigan aktivlarning muayyan turlariga o’z yoki qarz kapitalini joylashtirishdan iborat. Investitsiyalar uzoq muddatli va qisqa muddatli bo’lishi mumkin. Investitsiyalar odatda qimmatli qog‘ozlarni sotib olishdan iborat moliyaviy investitsiyalar va ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish obyektlariga yo'naltirilgan real investitsiyalarga ajratiladi. Yana aytish mumkinki, real investitsiyalar -bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlarida asosiyfondlarni yaratishga yo'naltirilgan kapital qurilish va capital qo'yilmalarni moliyalashtirishdir. Barcha shakl va turdagi investitsion faoliyat risk bilan bog'liq bo’lib, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o'tilishi bilan tavakkalchilik darajasi ortib boradi. Hozirgi sharoitda noaniqlik ortishi, shuningdek, mamlakatdagi, xususan, investitsiya bozoridagi iqtisodiy vaziyatning tez o'zgaruvchanligiga bog'liq ravishda risk darajasi ham o'sib bormoqda. Xususiylashtirilgan obyektlarga investitsiya kiritish bo'yicha takliflarning o'sishi, investitsiyalash uchun yangi elementlar va moliyaviy instrumentlar paydo bo'lishi bilan tavakkalchilik ham ortib boradi. Pulni investitsiya qilish variantini tanlash juda muhim ahamiyatga ega, chunki aynan shu vaqtda investorning kelgusi harakatlari va maqsadlarga erishishdagi muvaffaqiyati belgilab beriladi. Maksimal daromadlilikni shunchaki ta'minlaydigan variant albatta eng yaxshi variant bo'lishi shart emas, bunda risk va soliqga tortish shartlari kabi boshqa parametrlar ham muhim rol o'ynashi mumkin. Misol uchun, maksimal yillik dividend olishga intiladigan investor eng yuqori kutilgan foydaga ega kompaniyaning oddiy aksiyalarini sotib oladi. Agar ushbu aksiyani chiqargan firma bankrot bo'lsa, u holda aksiyador barcha joylashtirgan mablag'larini yo'qotadi. Qo'yilmalarni muvafaqqiyatli boshqarish uchun moliyaviy instrumentlarni diqqat bilan tanlash muhim ahamiyatga ega bo'lib, ular qo'yilgan maqsadga mos bo'lishi va daromadlilik, risk va narxning qoniqarli darajalari bilan tavsiflanishi lozim.
Investitsiya riski o'z ichiga quyidagilarni oladi:
-to'g'ridan to'g'ri moliyaviy yo'qotishlar riski;
-daromadlarni pasayish riski;
-qo'ldan chiqarilgan yutuqlar riski.
1-rasm. Investitsiya risklari turlari3
Investitsion loyihalarning o'zini oqlamasligi, rentabellik darajasini pasayishi to'g'ridan to'g'ri moliyaviy yo'qotishlarga olib keladi. Portfelli investitsiyalar bo'yicha dividendlar va foizlar miqdorining kamayishi, depozitlar va kreditlar foiz stavkalarining pasayishi daromadlar pasayish riskining namoyon bo'lish shakllari hisoblanadi. Qo'ldan chiqarilgan yutuqlar riski deganda ma'lum bir investitsion loyihani amalga oshmay qolishi natijasida foyda olmayqolish riski tushuniladi. Masalan, moliyalashtirilayotgan obyektni sug'urta qilinmaganligi oqibatida sug'urta to'lovini olishdan mahrum bo lish. Investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog'liq risklar doimo mavjud bo'ladi, ularning ayrim turlari paydo bo'ladi va kuchayadi, boshqa bir turlari esa asta-sekin kamayib boradi va yo'qolib ketadi, uchinchi guruhi esa, o'zaro birlashib, sifat jihatdan yangi riskni yuzaga keltiradi. Shuning bilan birga, investitsion loyihaning butun bir hayotiy sikli davomida investitsion risklarning yuzaga keladigan to'rt davriy holatini aniq ajratib ko'rsatish mumkin:
1) biznes g'oyaning paydo bo'lishi;
2) investitsion loyihaning ishlab chiqilishi;
3) investitsion loyihaning amalga oshirilishi;
4) investitsion loyihani amalga oshirishning nihoyasiga yetkazilishi, ya'ni tayyor mahsulotlarning ishlab chiqilishi va sotilishi.
Loyiha faoliyatida eng ko'p uchraydigan risklar ham mavjud. Ular quyidagilar:
-iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning oʻzgarib turishi,investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bogʻliq risklar;
-tashqi iqtisodiy risklar – savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi;
-siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yoxud mamlakatdagi noma'qul ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar riski;
-texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma'lumotlarning toʻliq emasligi yoki noaniqligi;
-bozor konyunkturasining, yaʼni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning oʻzgarib turishi riski;
- tabiiy iqlim sharoitlarining oʻzgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi;
-ishlab chiqarish texnik risklari – asbob-uskunalarning buzilishi va toʻxtab qolishi, ishlab chiqarishdagi brak va boshqalar;
- loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro'si haqidagi ma'lumotlarning toʻliq emasligi va boshqalar.
Mamlakat miqyosida esa tavakkalchiliklar ozgina boshqacharoq tasniflanadi. Ularning tasniflanishini pastdagi jadvaldan ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |