O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti kurs ishi mavzu: “Najib Mahfuzning hayoti va ijodi hamda uning arab adabiyotidagi o‘rni” Bajardi: Zokirov G‘olib Ilmiy rahbar: Hashem Esmail Ali


Najib Mahfuzning adabiyotga kirib kelishi



Download 70,67 Kb.
bet3/6
Sana06.06.2022
Hajmi70,67 Kb.
#639904
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ğolib

Najib Mahfuzning adabiyotga kirib kelishi

U, asosan, lirik she’rlar yozishni mashq qildi, ularda diniy bayramlardan olgan tuyg‘ular, Abbosiyadagi tengqur qo‘shni qizga bo‘lgan hissiyotlarini ifodaladi. Mahfuzdagi “ong uyg‘onishining” boshlanishi Taha Husayn, Abbos Mahmud al-Akkad, Salama Musa va boshqa “yangilovchilar” asarlari bilan tanishgandan keyin yuz berdi. Ular Misr adabiyotini G‘arb tomon, Yevropa madaniyati sari burdilar. “Yangilovchilar” titroq aql sohibi bo‘lmish o‘smirga narsalarga tanqidiy munosabatda bo‘lishni, erkin fikrlashni singdirdilar, unda dunyoni keng va rang-baranglikda anglash hissini uyg‘otdilar. “Yangilovchilar” asarlari bilan oshno bo‘lishning birinchi natijasi Najib Mahfuz Yevropa adabiyotini muntazam mutolaa qilish va o‘rta asr arab klassikasining qaytadan o‘qib chiqishi, birinchi navbatda Abul A’lo al-Maariy, Al-Mutanabbiy, Ibn ar-Rumiy kabi sevimli shoirlarning badiiy obrazlar olami va ma’no xazinalaridan bahramand bo‘lishi edi. O‘rta maktabni tamomlagach, Mahfuz Qohira dorilfununi filologiya fakultetining falsafa bo‘limiga o‘qishga kirdi. U yerda u Aflotundan Bergsonga qadar idealist faylasuflar asarlariga asoslangan tarix, falsafani sinchiklab o‘rgandi. Ammo falsafa bilan shug‘ullanishi unga to‘la qoniqish bermadi. Uni avvalgidek adabiyot o‘ziga tortardi. Ehtimol, adabiyotni u falsafadan ko‘ra ko‘proq dunyo va inson qalbini san’atkor tuyg‘usi va intuisiyasi ko‘magida bilish imkoniyatlarini yaratgani uchun sevgandir. U yozuvchilikni davom ettiradi. Jurnallarga yuborilgan o‘nlab hikoya va uch romandan faqat bir necha hikoya chop etiladi, xolos. Shunday bo‘lsa ham, magistrlik disertatsiyasini yozish uchun universitetda qoldirilgan Mahfuzni dissertatsiya yozish jarayonida “qalbning alamli ikkilanishi” tark etmadi. Mahfuz aniq yo‘lni tanlash kerakligini tushundi. Uning oldida universitet falsafa muallimi degan tinch va ta’minlangan istiqbol paydo bo‘lgan edi, lekin u tugallanmagan dissertatsiyadan ham, muallimlikdan ham voz kechadi va nufuzsiz, daromadi beqaror kasb - adabiyotni tanlaydi. Bu bilan davlat xizmatiga kirish va uzoq yillar amaldor bo‘lish imkonidan o‘zini mahrum etadi.Najib Mahfuz - eng ma’lumotli, bilimdon Misr adiblaridan biri. U adabiyot bilan maxsus shug‘ullanish maqsadida jahon adabiyoti va san’ati tarixini muntazam, izchil o‘rganish, insoniyat dahosi yaratgan barcha buyuk asarlarini o‘qib chiqishni o‘z burchi deb bildi. Uning nazaridan o‘tgan har bir G‘arb yoki Sharq yozuvchisi iste’dodiga ta’sir ko‘rsatdi. Mahfuz bu ta’sirni shunday e’tirof etgan edi: “O‘sha mutolaasiz yozganlarim dunyoga kelmas edi”. “Literaturnaya gazeta”da bosilgan intervyusida (1989-y.) jahon adabiyotiga munosabatini shunday ifodalaydi: “Bir necha yozuvchilar borki, men ularni sevimli deb atayman. Agar Sharq haqida so‘z ketsa, bu fors shoiri Sheroziy, buyuk arab shoiri al-Mutanabbiy, G‘arb to‘g‘risida esa faylasuf va mutafakkirlarni aytmaylik, vaholanki men ularni o‘rganganman va ko‘pini sevaman, bevosita adabiyotga o‘tsak Fransiyada Prust, Balzak, Angliyada - Shekspir, Golsuorsi, Germaniyada - Tomas Mann, Gyote, Amerikada - Folkner, Xeminguey, Rossiyada - shubhasiz, Lev Tolstoy, Chexov, Dostoyevskiy. Hammasini aytmadim, mening sevimli yozuvchilarim behad ko‘p”. Ammo mustaqil fikrlash qobiliyati, arab poetik va hikoya qilish an’analari bilan uzviy bog‘liqlik, Misrdagi siyosiy holatlar taraqqiyotini sinchkovlik bilan kuzatish uni taqlidchilik gunohiga botishdan asradi. Hamma o‘qiganlari uning xotirasida tinib, o‘ylanib, ma’naviy mulkiga aylangan tarzda asarlariga ko‘chdi [5, 89].
Mahfuz ijodining bosh manbai uni o‘rab turgan muhit, hayot, Misr tarixining ko‘tarilishi va cho‘kishi, tezlashuvi va boshi berk ko‘chaga kirgan holatlari, inqiloblari va mag‘lubiyatlari, an’anaviylik inersiyasi va to‘xtovsiz yangilanishi bilan bog‘liq. Uning yozuvchilik tarjimai holida qanchadan - qancha tanglik holatlari yuz bermadi deysiz? Ba’zida adib ob’ektiv, tarixiy sharoitlar taqozosi bilan iste’dodining susayishi xavfi soya solgan chog‘larni ham, shakllangan, qotib qolgan g‘oya va tasavvurlarining mahdud zanjiridan qutilishi amri-mahol bo‘lgan damlarni ham bosh kechirdi. Adabiy faoliyatining boshlanishidanoq Mahfuz tafakkurning romanga xos ko‘lami bilinib turardi. Bu o‘rinda adib tomonidan falsafiy o‘rganish ham o‘ziga xos rol o‘ynagani yaqqol seziladi. Chunki undagi hayotga munosabatning kengligi, xususiy narsalarni umumiy tushunchalar asosida izohlash zarurati, dunyoning barcha unsurlarini bir butunlikka bog‘lashga intilish ham shundan dalolat beradi. San’atkor Mahfuzga o‘z niyatlarini amalga oshirish uchun keng hikoya maydoni talab etiladi, hikoyaning qat’iy doirasiga qisqa, harakatchan fabulani sig‘dirish mushkullik tug‘diradi. Adibning ko‘p jihatdan yetilmagan uch ilk romani ana shu keng qamrovli yondashuv tufayli ajralib turadi. Misrning firavnlari davri tarixidan olingan romanlar syujeti o‘rta asr xalq romani an’analari ruhida yozilgan. Bu janrga xos mavzu va syujet yo‘nalishlari, shuningdek, mumtoz arab she’riyati namunalari va Qur’on iboralaridan keng foydalanilgan. Ayni chog‘da qadimgi afsonalarga zamonaviy ruh berilib, romanlarda 30-yillardagi Misr uchun dolzarb bo‘lgan milliy va siyosiy muammolar qo‘yilgan. Fir’avn seriyasidagi uch romanning oxirgisi - “Fivlar kurashmoqdalar” (1944)da Mahfuz ideal hukmdor, firavn Axmosning romantik obrazini yaratadi. Axmos – oriyat, dovyuraklik bilan shuhrat qozongan, o‘z shaxsiy manfaatini, muhabbatini ozodlik yo‘lida, Misrdan yovuz bosqinchilar - giksoslarni quvish yo‘lida qurbon qilgan bahodir. Giksoslar timsolida adib mustamlakachi inglizlarni ko‘zda tutganini payqash qiyin emas [5, 92].



Download 70,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish