3.3. Хo‘jaliklarning ijtimоiy samaradоrligini оshirish yo‘llari.
Ularning rentabellik darajasi
Har bir dehqon va fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish bo‘g‘inida
turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya’ni tovar
va xizmatlar vujudga keladi. Yuzaki qaraganda har bir xo‘jaliklardagi
individual ishlab chiqarish bir-biridan ajralgan holda mustaqilga o‘xshab
ko‘rinadi. Ammo xilma-xil tovarlar va resurslarning uzluksiz oqimida
individual mablag‘larning harakatlari bir-biri bilan qo‘shilib, o‘ralib
chatishib ketadi. Chunki ayrim olingan individual ishlab
chiqaruvchilarning faoliyati va ayrim mablag‘lar, mahsulotlarning
harakati o‘zaro bog‘langandir. Shu sababli, individual mehnatlarning
harakati qo‘shilib ketishi, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami
yaratilgan tovar va xizmatlarning harakatini bildiradi. Demak, ijtimoiy
ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan va aloqada bo‘lgan barcha individual
ishlab chiqarishlarning yig‘indisidir. Har bir individual ishlab chiqarish,
uning sarmoyasi va resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas
bir bo‘lagidir.
Paxtachilikda so‘nggi yillarda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish
natijasida ishlab chiqarish samaradorligiga erishayotgan Qashqadaryo
viloyati fermer xo‘jaliklarida pata xomashyosi ishlab chiqarishning
iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari respublikamiz va texnologik
kartadagi belgilangan o‘rtacha ko‘rsatkichlarga taqqoslangan (20.3.1-
jadval).
Iqtisodiy samaradorlikni belgilab beruvchi asosiy ko‘rsatkichlardan
biri bo‘lgan paxta hosildorligi Qashqadaryo vilotida resupublikamiz
o‘rtacha ko‘rsatkichidan har gektaridan 1,3 sentnerdan yuqori bo‘lgan.
Ilg‘or tuman va xo‘jaliklarda bu ko‘rsatkich mos ravishda 1,4 va 1,5
sentnerga teng bo‘lgan. Texnologik xaritada belgilangan me’yoriy
ko‘rsatkichlarga nisbatan viloyatda bir ishchiga to‘g‘ri kelgan ekin
maydoni yuklamasini kam bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Buning
natijasida mehnat sarfi xarajatlari me’yorga nisbatan 2,0–2,5 marta
yuqori bo‘lgan.
Yuqoridagi tahlillar natijasidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
An’anaviy intensiv texnologiyalarning iqtisodiy samaradorlik
ko‘rsatkichlari tabiiy-iqlim, demografik omillariga hamda ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarishga ham bog‘liqliqdir.
Ma’lumki, fermer xo‘jaligining samaradorligi ko‘p jihatdan mahsulot
ishlab chiqarishda sarflangan xarajatlar miqdoriga ham bog‘liq.
Fermer xo‘jaligida tannarxni hisoblab chiqish bir qator o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Birinchidan, dehqonchilikda ishlab chiqishning yillik
sikli, shuningdek, ishlab chiqarish va ish davri orasidagi farqlar tannarxni
faqat xo‘jalik yili tugagandan keyingina hisoblab chiqish imkonini
beradi. Bundan tashqari, o‘simlikchilik mahsulotlarininig salmoqli qismi
o‘z xo‘jaligida ozuqa sifatida ishlatiladi, shuning uchun avval o‘simlikchilik
mahsulotlarining tannarxi aniqlanadi, undan keyingina
chorvachilikniki. Ikkinchidan, ko‘pgina qishloq xo‘jaligi ekinlari va
hayvonlardan birdaniga bir necha turdagi mahsulot olinadi va
xarajatlarni ular orasida taqsimlash zarurati kelib chiqadi. Uchinchidan,
tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini faqat yil oxirida (1-yanvar holati
bo‘yicha) aniqlash mumkin. To‘rtinchidan, alohida turdagi mahsulotlarning
ishlab chiqarish yakunlanishi joyi umuman farqlanadi.
Tannarxni hisoblab chiqishda xarajatlarning umumiy miqdori mos
keluvchi ekinlar va hayvonlardan olinadigan mahsulotlar bo‘yicha
taqsimlanadi. Shu bilan quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
– xarajatlarni mahsulotlarning mos keluvchi turiga to‘g‘ridan to‘g‘ri
kiritish;
– xarajatlarni alohida qishloq xo‘jalik ekinlari, hayvonlarining
mahsulotlari o‘rtasida mahsulot olinganlar uchun umumiy bo‘lgan
belgilardan biri bo‘yicha proporsional ravishda (masalan, ulardagi
mavjud to‘la qimmatga ega don, ozuqa moddasi va boshqalar);
– maxsus yo‘l bilan olingan mahsulotning alohida turiga qilingan
xarajatni baholash va ularni ma’lum nisbiy ko‘rsatkichlarda ifodalash
(masalan ozuqa kunda alohida turdagi hayvonni parvarishlash, ma’lum
texnologik guruhdagi chorva mollarini parvarishlashning umumiy
summadan foiz sifatidagi xarajatlari va boshqalar).
– rejali tartibda belgilanadigan, iqtisodiy asoslangan
koeffitsiyentlarni qo‘llash yordamida xarajatlarni taqsimlash; bunda
mahsulotlardan birining turiga 1 boshqa turlariga asosiy turdagi
koeffitsiyent orqali xarajatlar qabul qilinadi:
– pul shaklida ifodalanuvchi xarajatlarning umumiy miqdoridan
yondosh mahsulotlarga qilingan xarajatlarni istisno etish; yondosh
mahsulotlarning pulda baholash normativ (hisob-kitobli) yoki haqiqiy
xarajatdan kelib chiqib, amalga oshiriladi;
– xarajatlarni mahsulot qiymatining realizatsiya bahosiga
proporsional ravishda taqsimlash.
Dehqon va fermer xo‘jaliklarining o‘simlikchilik tarmog‘ida
tannarxni hisoblab chiqish obyekti har bir qishloq xo‘jalik ekinidan
olinadigan asosiy va yondosh qo‘shimcha mahsulotlarning har xil turi
paxta, g‘o‘za poyasi, don, don chiqindilari, somon, yog‘li ekinlar urug‘i,
kartoshka, so‘talar, (karam) piyozlar, mevalari va boshqalar. Bundan
tashqari, bu yil keyingi yilgi hosil uchun qilingan va tugallanmagan
ishlab chiqarishga kiruvchi, kelgusi davr xarajatlariga kiruvchi qishloq
xo‘jalik ishlarining tannarxi ham aniqlanadi.
Ma’lumki dehqon va fermer xo‘jaliklarida tovar pul
munosabatlarini rivojlanishida asosiy ishlab chiqarish vositalarining
ahamiyati beqiyosdir. Chunki ishlab chiqarishni modernizatsiyalash,
texnik va texnologik yangilash hamda ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalash tovar mahsuloti ishlab chiqarishni ko‘paytirishga va
tushum hajmining oshishiga olib keladi. Fermer va dehqon xo‘jaliklari
faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsion-investitsion faoliyatni
yo‘lga qo‘yish davr talabiga aylanib bormoqda.
Fermer xo‘jaligida investitsion-innovatsion faoliyatning asosiy
maqsadi investitsiyalar asosida innovatsion imkoniyatlardan
foydalanishni rivojlantirish va jadallashtirish uchun optimal shartsharoitlarni
yaratib berish. Fermer xo‘jaliklari tarmog‘ida investitsioninnovatsion
faoliyat investitsiyalar subyekti va obyektlarining
(innovatsion-investitsion mahsulot) o‘zgarishi sohasidagi o‘zaro
munosabatlarni qamrab oladi. Investitsion majmua turli xil mulkchilik
shaklidagi integrallashgan korxonalarning birlashuvi bo‘lib, ma’lum
turdagi tovar mahsuloti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, investitsiyalardan
unumli foydalanish va to‘g‘ri taqsimlash maqsadida ishlab chiqarish
va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda
bo‘ladi.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatini investitsion-innovatsion
rivojlantirishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda quyidagilarga
e’tibor qaratish lozim:
• lizing faoliyatini faollashtirish, bu esa o‘z navbatida moliyaviy
mablag‘larning yetishmasligini yumshatadi, lizing to‘lovlarini
belgilangan grafik asosida va soddalashgan shartnoma va sxemalar
asosida amalga oshirish imkonini beradi, davlat va lizing
kompaniyalarning o‘zaro manfaatlarini yaqinlashtiradi va pirovard
natijada ASM tarmoqlarida tavakkalchilikni pasaytirish va iqtisodiy
samaradorlikni oshirish uchun optimal iqtisodiy va huquqiy shartsharoitlarini
yaratib beradi;
• qishloq xo‘jaligida yer-ipoteka kreditlash tizimini rivojlantirish;
• budjet ssudalarini, investitsion soliq kreditlarini taqdim etish,
kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini subsidiyalash;
imtiyozli soliq to‘lovlarini joriy etish;
• qishloq xo‘jaligi texnikalari bozorini rivojlantirishning davlat
dasturlarini shakllantirish
• Ushbu takliflarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilar
ta’minlanadi:
• qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etishning jozibadorligi
oshadi;
• ASM korxonalarida investitsion faollik oshadi;
• jami ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibida raqobatdosh va sifatli
mahsulot ishlab chiqarish hajmi ko‘payadi;
• tarmoqda innovatsion faoliyat kuchayadi.
• qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarish jarayoni
barqarorlashadi.
Investitsion-innovatsion faoliyatning tarkibiy elementlari sifatida
nafaqat investitsion davr, investitsion jarayon, investitsion muhit, balki
innovatsiyalar ham kiradi. Sanab o‘tilgan elementlar infratuzilma
tarmog‘ini resurs imkoniyati, investitsiyalar vositalar tarkibi va
maqsadidan kelib chiqqan holda baholash va investitsion-innovatsion
faoliyatning rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
Investitsion-innovatsion faoliyat tarkibidagi innovatsiyalar qishloq
infratuzilmasi tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ko‘rsatiladigan
xizmatlar sifatini takomillashtirishni o‘z ichiga olib, buning natijasida
sohaning innovatsion rivojlantirishda investitsiyalarn ko‘lami ko‘payadi
va uning samaradorligi oshadi.
Agrar sohada investitsion-innovatsion faoliyatning o‘ziga xos jihati
qishloq infratuzilmasi tarmog‘ini investitsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarining xarakteri va shaklidan iborat. Investitsiyalashning
tashkiliy-iqtisodiy mexanizm deganda, investitsiyalarni jalb qilish,
prognozlashtirish va rejalashtirish, kontrolling va kapital harakatini
tashkil etish uslublari va iqtisodiy shakllar tizimi tushuniladi. Ushbu
jarayonlarni boshqarish investitsiya bozorida tashqi va ichki
muhitlarning doimo o‘zgarishi sharoitida yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |