O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti kurs ishi mavzu: “Najib Mahfuzning hayoti va ijodi hamda uning arab adabiyotidagi o’rni” Bajardi: Zokirov G’olib Ilmiy rahbar: Hashem Esmail Ali



Download 87,03 Kb.
bet4/6
Sana28.04.2022
Hajmi87,03 Kb.
#587019
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ğolib

II BOB.NAJIB MAHFUZNING ASARLARI
2.1.Najib Mahfuzning romanlari
Najib Mahfuz ijodini shartli ravishda 3 davrda bo‘lish mumkin:
1. Qadimgi Misr mavzusidagi tarixiy romanlar: «Taqdirlar o‘yini» (1934), «Radobis»
(1943), «Fivlar kurashi» (1944).
2. «Xon al-Xaliliy»dan realistik roman bosqichi boshlanadi. Qohiraning 40-yillardagi
o‘rta va quyi tabaqalari. Qahramonlar - yashash uchun mashaqqatli kurash olib boradigan qo‘li
yupqa, kambag‘al, omadsiz kishilar.
3. 1952 yildan keyingi - falsafiy bosqich - «Mahallamiz bolalari», «Tilanchi» va
boshqalar.
2 - bosqichga oid asarlaridan, ayniqsa, «Qohiradagi janjal» yoki «Yangi Qohira» (1945) ajralib turadi, unda mayda burjua oilasining inqirozi ko‘rsatiladi. Shuningdek, «Xon al-Xaliliy» (1946), bu Qohiradagi bozor nomi bo‘lib, zargarlik buyumlari savdosi bilan mashhur, yozuvchi bu asarida mayda amaldorning murakkab tuyg‘ularini, uning kundalik hayotini aks ettiradi.
1. «Al-Madakk tor ko‘chasi» (1947). Urush Al-Madakk tor ko‘chasida istiqomat qiluvchi oddiy odamlarning muhabbatini barbod etishi, osoyishtaligini yo‘qotishi ko‘rsatiladi.
2. «Ibtido va intiho» (1949) romanida oddiy misrliklarning o‘z farzandlariga bilim berish, doimiy ish va oilaviy baxt uchun kurashlari o‘z aksini topadi.
3. Trilogiya: 1) «Bayn al-Qasreyn» (1956). 2) «Qasr ash-Shauq». 3) «As-Sukkariyya»
(1952). Ushbu trilogiya Mahfuzning eng mashhur asari bo‘lib, unga birinchi arab romannavisi degan shuhrat keltirgan. «Trilogiya»da 1917 yildan 1944 yilgacha bo‘lgan Misr jamiyatining chorak asrlik tarixiy harakati yaxlit tahlil qilinadi. Najib Mahfuz barcha romanlarida o‘rta sinf hayotini katta badiiy mahorat bilan tasvirladi.
Bu asarlarning bosh qahramonlari asosan yolg‘iz, yakka odamlar bo‘lib, ularni ijtimoiy hayot qiziqtirmaydi, ular o‘z huzur-halovatlarini o‘ylaydigan kimsalardir.
«Madokk tor ko‘chasi» romani voqealari ikkinchi jahon urushi yillarida sodir bo‘ladi.
Urush Madokkda yashovchilarga ortiqcha muhtojlik, qashshoqlarga esa mushkulliklar keltiradi. Qahvaxona sohibi Kirshaga urush boyish uchun sharoit yaratadi. Kirshaning ingliz lagerlarida ishlovchi o‘g‘li Husayn esa urushning cho‘zilishini orzu qiladi. Agar bizga oltin keltirsa, «marhabo, ming bir hujum» deydi u. Urush kambag‘al, yetim qiz Hamida va qashshoq sartarosh yigit Abbos Xilvaning fojiali muhabbatiga sabab bo‘ladi. Abbos Hamidaga uylanmoqchi, ammo daromadi tirikchilikka zo‘rg‘a yetadi. Husaynning maslahati bilan ishlash uchun u ingliz lageriga boradi, Hamida esa uni kutishga majbur. Abbosning yo‘qligi chog‘ida Hamida ingliz va Amerika harbiy xizmatchilariga tirik tovar yetkazuvchilarining to‘riga ilinadi. Qohiraga qaytgan Abbos o‘z qallig‘ini mast-alast ingliz askarlari davrasida uchratadi. Uchrashuv fojiaga aylanadi: askarlar Abbosni o‘lguncha kaltaklaydilar.Kafe egasi buzuq «Muallim» Kirsha qiyofasida o‘rta hol shahar burjuasining jirkanch basharasi namoyon bo‘ladi. Kirsha «inqilobiy o‘tmish» egasi: yoshligida u 1919 yil qo‘zg‘olonida faol ishtirok etgan, ammo faqat yahudiy va arman magazinlarining yondiruvchi va vayron qiluvchi sifatida, xolos. Keyinroq esa, parlament saylovlari paytidagi siyosiy o‘yinlarda
bir nomzoddan pora olib, boshqasiga ovoz berib, hunar ko‘rsatgan. Tor ko‘chaning boshqa istiqomat qiluvchilari basharalari ham jonli chizilgan. Mana, tish do‘xtiri Bushi. Davolashning hamma usulidan ko‘ra «tish sug‘urishni» afzal ko‘radi. Uning
«ko‘chma ambulatoriyasi»da bu juda azobli, lekin arzon qilinadi: kambag‘aldan bir piastr, boydan esa ikki piastr olinadi. «Nogiron qilish ustasi» Zita har qanday gado bo‘lishni istaganni chaqqonlik bilan «majruh»ga aylantiradi. Navjuvon uy egasi Saniya, bilimdon avliyo xushomadgo‘y Radvar al-Husayniy va boshqa personajlar ham xiyla esda qolarli va tipikdir. Madakk tor ko‘chasi - Misr jamiyatining jahon urushi yillarida, chet el hukmronligi, feodal va yirik burjuaziya zulmi cho‘qqiga chiqqan davrda boshi berk ko‘chaga kirgani timsolidir. Butun roman chorasizlik va umidsizlik tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan. «Ibtido va intiho» - boquvchisiz qolgan mayda amaldor oilasining achchiq qismati to‘g‘risida hikoya qiladi. «Madakk tor ko‘chasi»ga nisbatan bu romanda personaj oz, ammo uning ijtimoiy doirasi xiyla keng, chunki asarda tasvirlangan oilaviy drama ijtimoiy - siyosiy hayot fonida ko‘rsatiladi. Asar ijtimoiy tengsizlik va byurokratik tartiblarga, o‘z umrini tugatgan
an’ana va odatlarga qarshi isyon tarzida yozilgan. Agar «Madakk tor ko‘chasi» dagi odamlar, nochor vaziyatdan chiqish yo‘lini bilmay, oxirida dindan taskin topsalar, «Ibtido va intiho» qahramonlari baxtlarini o‘zlari yaratadilar. «Sen Olloh o‘z qullarini unutmaydi, deysan. Qani ko‘raylik-chi, qanday eslarkan u bizni. Nega u otamizni oldi, nega biz singari qurbonlar evaziga uni donishmand e’lon qiladi?» 46 - deydi qahramonlardan biri. Voqea Nafisa degan qiz va uning akasi Hasanaynning fojiali halokati bilan tugaydi. Garchi muallif hikoya qilgan voqeaga o‘z munosabatini bildirmasa-da, xulosa o‘zo‘zidan ayon bo‘ladi: Misrda inson baxtli bo‘lishi uchun jamiyatning ijtimoiy va axloqiy ustunlarini sindirish kerak. «Beyn al-Qasreyn» (1956-1957) trilogiya romanida Najib Mahfuz ilk bor xalq hayotini yaxshilash uchun kurashayotgan ijobiy qahramonlarni ko‘rsatdi, ularning dunyoqarashi va xarakteri shakllanishga ta’sir etuvchi tarixiy omillarni ham ochib beradi. Voqealar birinchi jahon urushi yillarida boshlanib, ikkinchi jahon urushidan so‘ng tugallanadi. Bunda mayda burjua Misr oilasining uch avlodi tarixi hikoya qilinadi. Oila boshlig‘i - qohiralik savdogar Ahmad Abdul Javod xonadonning zolim va mustabid hukmdori bo‘lib, jamiyat hayoti uni zarracha qiziqtirmaydi. Abdul Javod - o‘ziga to‘q musulmon, o‘z oilasining boshlig‘i. Uning so‘zi - qonun, xotini Amina esa ertadan kechgacha tinmaydigan ayol, qo‘shni xotinlar ta’biricha, «mirishkor asalari», erining xasmi 25 yillik oilaviy hayotda bir necha martagina ota-onasini ko‘rgani ko‘chaga
chiqqan, o‘shanda ham eri bilan birga. Lekin kunlardan bir kun ko‘chaga chiqishga jur’at etgan. Janjal boshlangan. Bolalari va qarindoshlari tarafini olmasa, Javod Amina bilan ajrashar edi. An’ana va odatlarni muqaddas biladigan musulmon Abdul Javod shunaqa odam. Bu tashqi ko‘rinish, xolos. Uning bir qancha o‘ynashlari borligi, kechalarni restoran va islavotxonalarda o‘tkazishi faqat do‘stlariga ma’lum. Muallif qahramonning kechmishlari va ulfatlarini tasvirlarkan, kinoyaviy tashbehlarni ayamay ishlatadi. Javodning 3 o‘g‘il va bir necha qizlari bor. To‘ng‘ich o‘g‘li Yasin ota izidan ketgan. U otasidek subutsiz va ayovsiz, lekin undan behayoroq. Axloqiy qiyofasini butkul yo‘qotgan Yasin fohishalarni xonadoniga olib kelib, xotinini ko‘chaga haydaydi. Javodning ikkinchi o‘g‘li Fahmi otasi va akasidan pokligi va tabiatan sofligi bilan ajralib turadi. Talabalar orasida bo‘lgani uchun unga milliy-ozodlik g‘oyalari yuqqan. Fahmi ingliz bosqinchilaridan nafratlanadi. «Chet ellik boshqaradigan bo‘lsa, xalq yashay olmaydi», - deydi u. 1919 yilgi qo‘zg‘olon kunlarida biz uni Misrdan ingliz qo‘shinlarini olib chiqib ketish va mamlakatning to‘la mustaqilligini talab qilayotgan namoyishchilar safida ko‘ramiz. Namoyishchilar o‘qqa tutilgan paytida u halok bo‘ladi. Ammo Fahmining yorqin qiyofasi ukasi Kamol va jiyani Ahmad qalblarida yashaydi.Kamol akasi qarashlarini qo‘llab-quvvatlasa ham jo‘shqin Fahmiga o‘xshamaydi. Otasi irodasiga qarshi borib, Kamol kelajagi moddiy jihatdan ta’minlangan yurist bo‘lishdan oddiy muallimlikni afzal biladi. Kamol yuksak madaniyatli inson bo‘lib, uning uchun «haqiqiy xudo - bilim». Ammo Kamol taraqqiyparvar kuchlar kurashiga qo‘shilishga intilmaydi. U falsafaga,
mushohadaga moyil. Tabiatan passiv bo‘lgan Kamol siyosiy hayotga faol ishtirok etish fikridan uzoq, uning ijtimoiy tuzumdan noroziligi so‘zda qoralashdan nariga o‘tmaydi. Kamol milliyozodlik kurashidan chekingan davr Misr burjuaziyasining tipik vakili. Chinakam vatanparvar, Fahmining ma’naviy merosxo‘ri bo‘lgan Kamol va Fahmining jiyani Ahmad Ibrohim Shuket yetishib chiqadi. U urush oldi yillarida, Misrda fashist agenturasining suqulib kirishiga qarshi kurash boshlangan davrda ulg‘aydi, antifashist jurnalistika xodimlari bilan yaqinlashdi. Ahmad marksizm bilan qiziqadi. Ammo bolalikdan o‘zlashtirilgan mayda burjua g‘oyalari unga xalaqit beradi. Ahmadning qayta tarbiyalanishiga jurnal tahririyati kotibasi, matbaachi ishchining qizi Susen Hamad katta ta’sir ko‘rsatadi. Susen arab adabiyotida kam yaratilgan, mustaqil yashashga intiluvchi ayollar obrazidan biri. Susen o‘z ma’lumotini oshirishga harakat qiladi, marksistik adabiyotlarni mutolaa qiladi, sho‘ro yozuvchilari asarlari bilan qiziqadi. U taraqqiyparvar yoshlar orasida nom qozonadi. Susen Hamad obrazi Amina timsoliga qarama-qarshi o‘laroq, yangi mustaqil va demokratik Misrni gavdalantiradi. Ahmadning qarindoshlari ishchi qiziga uylanishiga qarshilik qiladilar, Ahmad o‘z muhiti bilan aloqasini uzib Susenga uylanadi. Ahmad
antifashist yo‘nalishdagi jurnal xodimi bo‘ladi, maqolalar yozadi, ishchilar oldida nutqlar so‘zlaydi. Roman so‘nggida polisiya Ahmadni hibsga oladi, lekin kitobxon Ahmadning do‘stlari va hamfikrlari xalq manfaati yo‘lida imperializm va feodal reaksiyasiga kurashni to‘xtatmasliklariga ishonadi. Uslub jozibadorligi jihatdan hozirgi arab adabiyotida Najib Mahfuz oldiga tushadigan adib yo‘q. Romandagi dialoglar biroz qo‘polroq yumor bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsa ham, mahorat bilan yaratilgan. Asar sentimentallikdan butunlay xoli. Muallif ko‘p sonli personajlardan har birining xatti-harakatini psixologik jihatdan asoslagan. U xalqning yaratuvchilik kuchiga ishonmaydi va ziyolilarni Misrdagi hayotni yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi yagona kuch deb biladi. Ammo ziyolilar, muallif fikricha, xalq manfaati deb yashashi, uning istiqboli uchun kurashishi, mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etishi lozim - «fallohlarning ochlikdan iztirob chekayotganini bila turib, tafakkur qilish qobiliyatiga ega odamlar qanday qilib hayotdan bahra olishlarini men tushunolmayman», deydi Mahfuz qahramonlaridan biri. «Trilogiya» ning ijobiy tomoni-romanning tanqidiy va haqqoniy yo‘nalishini his etib turamiz. Jamiyat ko‘z o‘ngimizda tinimsiz harakatda o‘ziga xos ijtimoiy xususiyatlari bilan namoyon bo‘ladi. Mahfuz romanlarida jamiyat taraqqiyoti shubha va umidsizliklar tumani bilan yoxud xira umidlar shubhasi bilan qoplangan. Ammo uning romanlari tufayli kitobxon jamiyat ijtimoiy illatlaridan boxabar bo‘ladi va voqelikni chuqur anglaydi. Najib Mahfuz trilogiyasi 1957 yilda davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan va urushdan keyingi arab adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namunasidir. Uning yuzaga kelishi Misrdagi adabiy harakatning yuksalishi, taraqqiyparvar Misr yozuvchilarining o‘z ijodiy kuchlarini xalq manfaatiga baxshida etganidan dalolatdir. Barcha arab mamlakatlarining adabiy tanqidi Mahfuz trilogiyasini quvonch bilan olqishladi va roman mazmuni va tasviriy vositalari ahamiyatini yuksak baholadi. Mana, Taha Husaynning roman haqidagi fikri: «Misrliklar roman yoza boshlagandan buyon men o‘qigan romanlarining eng yaxshisi - mana shu». Fransuz adibi Jak Jome «Najib Mahfuz trilogiyasini «arab adabiyotidagi, hozirgi Misr taraqqiyotidagi o‘ziga xos davrining boshlanishi» deb hisoblaydi. Yana u «trilogiyaning jahon darajasiga ko‘tariladigan romanlar sirasiga kiritishini» ta’kidlaydi. Arab tanqidchiligi Mahfuz trilogiyasini Drayzer romanlariga qiyoslaydi. Ammo Mahfuzning o‘zi haddan ziyod mubolag‘aga moyil emas. «Biz jahon adabiyoti eshigini qoqayapmiz - deydi yozuvchi. - ammo men uyoqqa kirishimizga shubhalanaman. Ehtimol, yangi avlod yangi mavzu, yangi yozish malakasi bilan unga kirishga muyassar bo‘lar».

Download 87,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish