O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 6,68 Mb.
bet44/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

Agrotexnikasi. Soya uchun yaxshi o’tmishdoshlar o’g’itlangan kuzgi don ekinlari, g’o’za, kartoshka, sholi, jo’xori va boshqa qator oralari ishlanadigan ekinlar hisoblanadi. Bu ekinni kungaboqar, akasiya daraxtlari yonlariga ekish yaramaydi, chunki zararkunandalar soyani zararlaydi.
Soya donli va boshqa ekinlar uchun yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Masalan, D. Yormatova (2000 y) ma’lumotlariga ko’ra Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida soyadan keyin g’o’za ekilganda paxta hosili 0,7-0,8 tonnaga ortgan.
Tuproqqa asosiy ishlov berish erta kuzgi shudgorlash bo’lib, bu tadbir 25-27 sm chuqurlikda, chimqirqar plug bilan o’tkaziladi. Tuproqni ekishga tayyorlash erta bahorgi boronalashdan boshlanadi, tekislanadi, kerak bo’lganda begona o’tlarni yo’qotish uchun tuproq kultivasiya qilinadi.
Soya don olish uchun, asosan, keng qatorlab, qator oralarini 60-70 sm qilib ekiladi. Ozuqa uchun ekilganda yoppasiga qatorlab ekiladi.
Bu ekin o’g’itlarga juda talabchan, ayniqsa, fosforli o’g’itlar yaxshi natija beradi. Soya 1 t don va shunga muvofiq poxoli bilan 70 kg azot, 16 kg fosfor va 18 kg kaliy olib chiqib ketadi. Azotga talabining asosiy qismini o’zi to’plagan azot hisobiga qoplaydi. Shuning uchun ekish oldidan yoki ekish bilan 40-60 kg azot beriladi. Tuproq sharoitiga qarab gektariga 60-90 kg fosfor va 90-100 kg kaliy sof holda beriladi. Fosforli va kaliyli o’g’itlarning asosiy qismi shudgor oldidan, qolgani vegetasiya davrida solinadi.
Soya urug’lari ekishdan oldin nitragin (rizotorfin) bilan ishlanadi, bu havodagi erkin azotni o’zlashtirishni faollashtiradi.
Soya O’zbekistonda asosiy ekin sifatida ekilganda aprel oyi oxiri va may oyi birinchi o’n kunligida ekiladi. Tuproq harorati 14-16S, kamida 10-12S bo’lishi kerak. Kuzgi don ekinlaridan keyin esa 10 iyulgacha ekish ma’qul hisoblanadi.
Urug’ ekish me’yori nav xususiyati va foydalanish maqsadiga bog’liq. Kechpishar navlar gektariga 300-400 ming dona, tezpishar navlar 350-400 ming dona unuvchan urug’ hisobida ekiladi.
Ekish SPCh-6, SON-2,8 yoki chigit ekiladigan seyalkalarda o’tkaziladi.
Ekinzor 2-3 marta kultivasiya qilinadi, bu tadbirni sug’orish bilan bog’liq holda o’tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tuproq iqlim sharoitiga qarab gektariga 3-5 marta 600-800 m3 me’yorida sug’oriladi. Begona o’tlarga qarshi ekishdan oldin treflan (1-1,5 kg/ga), unib chiqqandan keyin bazagran (1,5-3,0 kg/ga) qo’llaniladi.
Hosilni yig’ishtirish donlari qotib to’la pishganda (don namligi 14-16%) moslashtirilgan don kombaynlari (aylanish-lar soni minutiga 500-600 martaga keltirib) o’rib-yanchib olinadi. Takroriy ekin sifatida ekilganda pishishni tezlatish maqsadida o’simliklarni quritish uchun desikasiya qilinadi. Buning uchun magniy xlorat (20 kg) yoki reglan (3 l) ishlatiladi. Bu tadbir dukkaklar 45-55% pishganda o’tkaziladi.

Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish