O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 6,68 Mb.
bet52/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

Nazorat uchun savollar:
1.O‘zbekistonda ekiladigan qo’ng’irboshli yem-xashak ekinlari.
2.Sudan o’tining ahamiyati nima?


6-MAVZU: DUKKAKLI YEM-XASHAK O’TLAR AHAMIYATI. BEDA YETIShTIRISh TEXNOLOGIYaSI.
Reja:
1.Yem-xashak o‘tlarining axamiyati, turlari.
2.Ko‘p yillik o‘tlarining axamiyati.
3.Bedaning morfologik va biologik xususiyatlari. Mahalliy va seleksiya navlari
Tayanch iboralar: Qurg‘oqchilikka chidamli, ko‘p o‘rimli, qisqa kun o‘simligi, issiqsevar, tezpishar.
BEDA
Ahamiyati. Beda barcha turdagi hayvonlar uchun to’yimli, mineral moddalarga va vitaminlarga boy ozuqA*. Beda ko’k o’ti va pichanining to’yimliligi o’simlikdagi poya, barg, gul va dukkaklarning o’zaro nisbatiga, shuningdek, o’rish muddatiga bog’liq. Bulardan tashqari, quritish va qayta ishlash usullariga ham bog’liq. 100 kg beda pichanida 49 ozuqa birligi bo’ladi, 1 ozuqa birligida 116 gr hazm bo’ladigan protein 17,7 g Sa, 2,2 g fosfor va 45 g karotin bo’ladi. 100 kg bedaning ko’k o’ti 17 ozuqa birligi va 1 ozuqa birligida 200-220 g hazmlanadigan protein, 6,4 g Sa, 0,6 g fosfor va 50 g karotin bo’ladi. Beda tarkibida V, V1, D, F, K, S, R vitaminlari bor.
Beda baquvvat ildiz sistemasi hosil qiladi, tuproqni azot va organik moddalar bilan boyitadi.
Uch yillik bedapoya 1 ga maydonda 300-400 kg azot to’playdi, bu biologik azot bo’lib, keyingi ekiladigan ekinlar hosildorligi uchun juda ahamiyatlidir. Gektariga 180 kg fosfor solinganda 3 yilgi beda 296,7 s ildiz massasi qoldirgan. Uning organik modda qoldirishi o’g’itga, ekish muddati, sug’orish va boshqalarga bog’liq. Bedadan keyin g’o’za va boshqa ekinlar hosili keskin ortadi.
Tuproq sho’rini yo’qotishda beda katta ahamiyatga egA*. Beda tuproq sho’riga chidamsiz ekin, lekin o’simlik to’g’ri parvarish qilinganda u tuproq sho’rlanishini kamaytiradi. Bu uning quyidagi xususiyatlari bilan bog’liq:
- beda qalin o’sadi va yer betini qoplaydi, bu tuproqni qizishdan saqlaydi va suvning bug’lanishi kamayadi. Tuproq yuzasi harorati qancha kam bo’lsa, zararli tuzlarning ko’tarilishi shuncha kam bo’ladi. Tuproq harorati 6-8S kam bo’ladi.
- o’suv davrida bir necha marta bostirib sug’oriladi, natijada tuzlar yuvilib ketadi.
- mavsumda bir necha marta o’riladi, shunda o’simlik ko’k massasi bilan birgalikda tuzlar ham chiqib ketadi;
- beda sershox va serbarg bo’lganligi uchun barglar orqali ko’plab suvni bug’lantirib yuboradi. Bedaning transpirasiya koeffisiyenti ob-havo, tuproq, iqlim, o’simlikni o’suv fazalari va o’rish muddatiga qarab har xil bo’ladi.2-3 o’rimlarda yuqori bo’ladi.
- bedaning ildiz sistemasi juda yaxshi taraqqiy etib, hatto pastki qatlamlardagi sizot suvlarini tortib olib, uning sathini pasaytirishga yordam beradi.
Hosildorligi. Beda Markaziy Osiyoning sug’oriladigan yerlarida yuqori pichan hosili bera oladi. Birinchi yilgi bedadan gektaridan 12 tonnagacha, ikkinchi va uchinchi yilgi bedadan 24-25 tonnagacha pichan hosili olish mumkin.
O’rtacha hosildorligi 1-yilgi beda 2,3-2,6 t, 2-3-yilgi beda 7,0-8,0 t pichan hisoblanadi.

Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish