Jo‘xori morfologiyasi
Ildiz - Jo‘xori ildizi sochoq ildiz bo‘lib, juda ko‘p mayda, uzun ildizchalardan tashkil topgan. Bu ildizchalar tuplanish bo‘g‘inidan hosil bo‘ladi. Asosiy ildizdan tashqari poyaning pastki bo‘g‘inlarida tayanch ildizlari ham hosil bo‘ladi. SHu sababli ildizi juda baquvvat, tuproqqa 2,5m.gacha ketadi va yon tamonga 60-90 sm.uzunlikda rivojlangan bo‘ladi.
Poyasi - tik o‘sadigan silindrsimon bo‘lib o‘zak bilan to‘lgan, bo‘yi o‘rtacha 2-3 metr, biroq 4-5m ham etishi mumkin. Poyasida 8 tadan 25 tagacha silindrsimon bo‘g‘in oraliqlari bo‘ladi. Lekin ularni soni jo‘xorini navlariga qarab har hil bo‘lishi mumkin. Erta pishar navlarda 5-10, o‘rtapisharlarda 11-15 ta va kechpishar navlarida 16-25 tagacha bo‘g‘in oraliqlari bo‘ladi. Jo‘xori tuplanish bo‘g‘indan qo‘shimcha poyalar ya’ni bachki poyalar hosil bo‘ladi, ya’ni tuplanadi. Tuplanish darajasi gurux va navlariga qarab har xil bo‘ladi. Donli navlari kamroq tuplanadi, shirin jo‘xori navlari ko‘proq tuplanadi. Poyasini uchi to‘p gul bilan tugallanadi.
R asm-2. Jo‘xori ro‘vagi
Bargi - yirik enli lansetsimon shaklda, kulrang-oqish g‘ubor bilan qoplangan bo‘ladi. Bargi boshqa donli o‘simliklariga o‘xshab barg qini va barg shapolog‘idan tashkil topgan. Barg qini poyani o‘rab turadi, barg shapalog‘i 40-80 sm gacha uzunlikda, cheti o‘tkir bo‘ladi. Barglari poyada navbat bilan joylashadi. Barg soni ertapishar navlarda 5-9 ta, o‘rtapishar navlarda 10-15 tagacha va kechpishar navlarda 16-25 va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. Poyaning o‘rta qismidagi barglar eng yirik bo‘ladi.
To‘pguli - ro‘vak. To‘pgulining o‘qi uzun yoki kalta bo‘lishi mumkin. Asosiy o‘qdan bir nechta yon shoxlar, ulardan esa ikkinchi va uchinchi tartibdagi yon shoxlar paydo bo‘ladi. Ro‘vagi tik o‘sadigan, egilgan va osilib turadigan bo‘ladi. Ro‘vagidagi yon shoxlarni ko‘p kamligiga qarab zich, siyrak va g‘uj ro‘vaklarga, shakliga qarab silindrsimon, yumaloq, tuxumsimon ro‘vaklarga ajratiladi. Ro‘vakning yon shoxlarining uchida juft sonda yoki uch qo‘sholoq boshoqchalar joylashadi, bularning biri yon shoxchaga taqalib turadi, bunda onalik gullari bo‘lib, meva beradigan boshoqcha qolgan ikkitasi yoki bittasi kalta bandli bo‘lib hosil bermaydi, chunki bu boshoqchalarda otalik gullari bo‘lib, gullagandan keyin to‘kilib ketadi. Boshoqchalarning hammasi bir gulli, hosil tugadigan boshoqchasini gullari ikki jinsli, hosil bermaydigan boshoqchalarda otalik gullari bo‘ladi. Gullagandan so‘ng ular to‘kilib ketadi yoki bir qismi boshoqcha qobig‘i sifatida saqlanib qoladi. Boshoqcha qobiqlari pishiq terisimon enli va qavariq, odatda yaltiroq. Ko‘pincha tukli, har xil rangda bo‘lib, donni butunlay yoki qisman o‘rab turadi. SHunga ko‘ra yanchilganda jo‘xorida qobiqli shakllarida don qobiqlari o‘ralgancha qoladi. Qobiqsiz shakllarida esa ulardan ajraladi. Gul qobiqlari nozik, pardasimon bo‘ladi. Jo‘xorini doni yumshoq, oval, tuxumsimon, ikki cheti bir muncha siqiq, qobiqli yoki qobiqsiz bo‘ladi. Donning rangi har xil. 1000 ta donasining vazni 20-30 g keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |