Topshiriqlar variantlari:
1.Xashaki ildizmevalarni morfologiyasini bilish, ildizmeva, urug’lari, maysalari va barglariga qarab aniqlashni o’rganish.
2.Dars mazmunini daftarga qayd etish. Idizmevalar tuzilishining rasmini chizing.
3.Ma’lumotlarga asoslanib quyidagi jadvalni tuldirish.
4.Xashaki sabzi, xashaki lavlagi yetishitirish texnologik xaritasini tuzish.
1- jadval
Ildizmevalarni ruglari, maysalariga karab bir – biridan fark kiladigan belgilar
Ildiz-mevalar
|
Uruglar
|
Maysalar
|
|
Meva yoki urug
|
Shakli
|
Kat-tali-gi
|
Yuza-si
|
Ran-gi
|
Urug pal-lasi
|
Xakikiy bargning tuzilishi
|
Plas-tinka-si
|
Shakl-li
|
Plas-tinka-sining yuzasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat uchun savollar
1.Xashaki lavlagining lotincha nomini ayting?
2. Sabzining barglarining shakli?
3.Xashaki lavlagida necha % qand bo‘ladi?
4.Sabzining 1000 dona urugining vazni necha gramm?
9-Amaliy mashg‘ulot
XAShAKI TUGANAKMEVALI EKINLARNING MORFOLOGIYASI
Dars maqsadi:Tuganakmevaning va yer noki tuzilishi, kartoshka va yer nokining sistematikasi, morfologiyasi va navlarini o‘rgatish, ajrata bilish va talabalarda ma’lum ko‘nikmalarni hosil qilish
Ko‘rgazma material: Kartoshka turlari, o‘simlik bog‘lami, mevasi, rasmi, plakatlar
Uslubiy materiallar- tarqatma materiallar, o‘quv qo‘llanmalar, rasmlar.
Tuganakmevalilarga har xil botanik oila va turlarga mansub tuganakmeva hosil qiladigan o‘simliklar kiradi. Tuganakmevalilar oziq-ovqatda, em-xashak va texnikada xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Kartoshka - Solanum tuverosum L – Solanaceaeoilasiga mansub ko‘p yilliko‘tsimon o‘simlik, dexqonchilikda bir yillik ekin sifatida etishtiriladi. Kartoshka tomatdoshlar – Solahaceae oilasiga mansub bo‘lib, bizning sharoitimizda tuberosum turi etishtiriladi.
Kartoshkaning boshqa turlari ishlab chiqarishda ekilmaydi, ammo seleksiya ishlarida qo‘llash mumkin. Bu quyidagi turlar:
1.SolahumahdigehumJuzetBuk tetraploidli (2p-48) madaniy tur – Argentinada uchraydi.
2.SolahumIeptostigmaZuz – tetraploidli tur, ser kraxmalli, rak kasaliga chidamli.
3.SolahumphurejaefBukSolahumrubihiJuzBuk diploidli (2p-24) turlar Janubiy Amerikada uchraydi.
4.SolahumdevissumLahdli –yovvoyi gaploidli tur (2p-72) meksikada uchraydi.
5.Solahumstohiferum – allotetraploidli tur, And tog‘larida uchraydi
Kartoshka - tuganak mevasidan etishtirilganda popuksimon ildiz rivojlanadi. Urug‘ ekib kartoshka etishtirilganda o‘q ildiz rivojlanadi, bu ildiz sershoxli bo‘ladi. Kartoshka tupidagi har poya o‘z ildiziga ega bo‘ladi, shuning uchun bir tup kartoshkaning ildizi - bu ildiz tizim majmuasidir. Ildiz boshlang‘ich (ko‘zchalardan rivojlanadigan) er osti poyasidan rivojlanadigan ikkilamchi ildizlardan iboratdir, umuman kartoshkaning ildizi tuproqning 70sm gacha o‘sib boradi, yon tomonga 50 sm gacha tarqaladi.
Poyasi - o‘tsimon, tik o‘sadi, goho yon tomonga egiladi, uch-to‘rt qirrali, pastki qismining ichi kovak, balandligi 0,3-1,5m, rangi yashil, ba’zan qizil, och qizil jigar rang, har hil tuklangan bo‘ladi. Poya sershoxli bo‘ladi, shoxlanish darajasi navning xususiyatiga bog‘lik bo‘ladi.
Kartoshkaning er osti qismida oq rangli poyalar stolonlar bo‘ladi. Bu poyalar shakli o‘zgargan barglar qo‘ltig‘ida hosil bo‘ladi, er tagida deyarli gorizontal yo‘nalishda o‘sadi va shoxlanadi stolonlarda ildizchalar hosil bo‘ladi,shuning uchun ular mustaqil ildizga ega bo‘lishi mumkin. Stolonlar ekilgan nav xususiyatiga mos uzunlikka etganda o‘sishdan to‘xtaydi va uchi yo‘g‘onlashib tuganakmevaga aylanadi. Tuganaklar o‘simliklar uchun oziqa moddalar, asosan, kraxmal saqlanadigan joydir.Har bir poyada bo‘yi 15- 20 sm. ga etadigan 4 -6 ta stolon hosil bo‘ladi. Ba’zan stolonlarning uzunligi 30 -40 sm ga etadi.
Bargi -tuganak meva yoki urug‘ o‘sa boshlaganda oddiy barg hosil bo‘ladi, keyinroq paydo bo‘ladigan barglari murakkab toq-patsimon, 3 -7 ta bargchadan va ular orasida joylashgan har xil kattalikdagi bargchalardan iborat. Bargning uchida kattaligi va shakli har xil bo‘ladigan toq bargi bo‘ladi. Kartoshka bargi, bargchalarning soniga va kattaligiga qarab 3 xil guruhga bo‘linadi:
1.kam qirqilgan, mayda bo‘lakchalari yo‘q.
2.o‘rtacha qirqilgan, barg bo‘laklar soni 2- juftgacha, orasida bo‘lakchalari kam bo‘ladi.
3.ko‘p qirqilgan barg, bo‘laklari 2 -3 juft, bo‘lakchalari ko‘p.
Barg va poyalar yuzasi tuk bilan qoplangan, barglarning rangi sariq -yashil.Barglar poyada spiral shaklda joylashadi
Guli-ikkijinsli bo‘lib, kosacha, gultoji, beshta changchisi bo‘ladi. Gullar jingalak shakldagi gulto‘plamga to‘plangan. Bir gulto‘plamda 3-15 ta gul bo‘ladi.Gulning rangi oq, ko‘k, binafsha va har xil bo‘ladi. Ayrim navlarda shonasi to‘kilib gul hosil bo‘lmaydi. Kartoshka o‘zidan changlanadi, ammo havo issiq va quruq bo‘lganda meva hosil qilmaydi.
Meva-sharsimon yoki ponasimon, sariq-yashil rangli, ikki uyali, ko‘p urug‘li bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |