O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 6,68 Mb.
bet122/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

Issiqlikka talabi. Urug’i ekilgan chuqurlikda harorat 1S bo’lganda una boshlaydi. Unib chiqishi uchun 18-20S qulay harorat hisoblanadi. Yosh maysalari 6S sovuqqa chidaydi. Qish davrida qalin qor qatlami ostida 40S sovuqqa chiday oladi.
Bedaning qishga chidamliligi qishga kirish oldidan oxirgi o’rish muddatiga bog’liq bo’ladi. Oxirgi o’rimni qishki sovuq tushishidan 30-45 kun oldin o’tkazish lozim, bu vaqt orasida beda o’sib, ildiz qatlamida yetarli miqdorda zahira ozuqa moddalar to’plab oladi.
Bahorgi o’sish o’rtacha sutkalik harorat 7-9S bo’lganda boshlanadi. O’rtacha sutkalik harorat 22-23S bo’lganda 42 kunda o’rimga keladi, undan yuqori bo’lsa, oldinroq o’rimga kirishi mumkin. O’sish boshlangandan to gullaguncha beda uchun 800S atrofida harorat yig’indisi zarur bo’ladi.
Yorug’likka talabi. Beda uzun kun o’simligi, yorug’ kun qanchalik uzun bo’lsa, yer usti massasi hosili shuncha yuqori bo’ladi. Beda yorug’sevar o’simlik, shuning uchun unga baland o’sadigan donli ekinlar qoplovchi qilib ekilganda ko’pincha siyrak bo’lib qoladi.
Tuproq va ozuqa moddalarga talabi. O’simlik unumdor, yumshoq tuproqlarda yaxshi o’sadi. Yer osti suvlari yuza joylashgan, toshli, shag’alli tuproqlarda yaxshi o’smaydi. Beda tup-roqning kislotali bo’lishiga chidamaydi. Tuproq rN5 bo’lganda ildizida azot to’plovchi bakteriyalar juda oz bo’ladi va ular azot to’plamaydi.
Beda tuproq sho’riga chidamli. Ammo xlorli tuzlar sulfatli tuzlarga nisbatan beda uchun ko’proq zararlidir. Yosh o’simliklar tuproq sho’riga chidamsiz.
Kuchli sho’rlangan yerlarga beda ekishdan oldin sho’r yuvilishi kerak. Ekin tuproqdan ko’p miqdorda ozuqa moddalarni olib chiqib ketadi. Bedaning ozuqa moddalarga talabi yuqoriligi uning ko’p yer usti massasi hosil qilishi va tarkibida oqsil ko’p bo’lishi bilan tushuntiriladi.
1 t pichan hosili uchun 6 kg R2O5, 17-20 kg K2O va ko’p miqdorda kalsiy va magniy iste’mol qiladi.
Beda biologiyasi nuqtai nazardan bahori o’simlik hisoblanadi. Urug’i unganda bitta poya chiqaradi. Keyin yangi poyalar ildiz kallagidagi kurtaklaridan chiqadi bu poyalar dastlabki o’suv davrida o’zidan oldingi poya ildizida to’plangan oziq moddalar hisobiga yashaydi, bedaning yangi poyalari o’sish va rivojlanish davrida paydo bo’ladigan poyalar uchun ildiz kallagida zaxira organik moddalar to’playdi va ular erta bahorda hamda o’rimdan keyin paydo bo’ladigan yangi poyalar uchun sarflanadi. Yangi poyalarda normal barg sathi paydo bo’lgach, oziq moddalar qayta to’planaveradi.
Har bir poya, o’rilmasdan qoldirilganda ham bir yil yashaydi. Ko’p marta o’riladigan bedada poyaning o’sishi va rivojlanishi 25 - 45 kun davom etadi. Eski poyalar quriganda ildizining bir qismi, yon shoxlari nobud bo’ladi. Yangi poyalar paydo bo’lishi ildizida yangidan yon ildizchalar hosil bo’lishiga olib keladi.
O’simlikda yangi poyalar chiqishi ildiz kallagining va undagi kurtaklar faoliyatiga bog’liq, shuning uchun bedani o’rishda va bedapoyada hayvonlar boqilganda ular saqlanishiga e’tibor berish lozim.
Beda katta barg sathi hosil etadi, olimlarning fikricha, o’rtacha rivojlangan bedapoyaning bir gektarida 50 gektar barg sathi paydo qiladi, shuning uchun bedapoyada ko’p suv bug’lanadi.
Ikkinchi va keyingi yilgi beda quyidagi asosiy rivojlanish fazalarini o’taydi: bahorgi o’sish boshlanishi, poya hosil bo’lishi, shonalash, gullash, dukkaklar paydo bo’lishi va qo’ng’ir rangga kirishi.
Gullash ancha cho’ziladi, ya’ni ikki uch hafta davom etadi. Pichan uchun foydalaniladigan bedada har poyaning o’sish davri o’rim oralig’idagi vaqtga, ya’ni 25-45 kunga to’g’ri keladi.

Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish