Tugatish qiymati bu asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddati
oxirida asosiy vositalarni tugatishda paydo bo‘ladigan qiymatdan taxmin
qilinayotgan chiqib ketish harajatlarlarini ayirgandan keyin qolishi kutilayotgan
qiymatdir.
Asosiy vositalarni baholash tamoyillari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar
barcha korxonalar uchun bir xildir. Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatlari
ularga qo‘shimcha qurishlar, qo‘shimcha jihozlashlar, rekonstruksiya qilishlar va
qisman tugatishlar natijasida o‘zgarishi mumkin.
Asosiy vositalarni qayta baholash 1. Asosiy vositalarni qayta baholash - asosiy vositalar ob’ektlarining tiklash
qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti
bilan aniqlashtirishdir.
2. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat
bo‘yicha aks ettiriladi.
24
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati qayta baholanishi mumkin (shu
jumladan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan).
3. Asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati qayta baholangan
holatlarda qayta baholash o‘tkazilgan sanadagi ularning jamlangan amortizatsiyasi
asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati o‘zgarishining tegishli
indekslariga tuzatiladi hamda keyingi hisoblanadigan amortizatsiya qayta
baholangan qiymati hisobidan amalga oshiriladi.
4. Asosiy vositalar hujjatlar bo‘yicha tasdiqlangan bozor narxlarida
indeksatsiyalash yoki bevosita qayta hisob-kitob qilish yo‘li bilan qayta
baholanadi.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar ob’ektini qo‘shimcha baholash
summasi zaxiraviy sarmoya tarkibi “Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha
tuzatishlar” hisobvarag‘iga hisobga kiritiladi.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar ob’ekti narxining arzonlashgan
summasi avvalgi hisobot davrlarda o‘tkazilgan ushbu ob’ektni qo‘shimcha
baholash summalari doirasida “Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”
hisobvarag‘iga zaxira sarmoyasining kamayishiga kiritiladi. Ob’ekt narxining
arzonlashgan summasi uni qo‘shimcha baholash summasidan yuqori bo‘lganda
boshqa operatsion xarajatlarga kiritiladi
5. Asosiy vositalarni qayta baholash natijalari moliyaviy hisobotda asosiy
vositalarni qayta baholash o‘tkazilgan joriy davrda aks ettiriladi.
Hisobot yilining dastlabki sanasidagi holatga ko‘ra o‘tkazilgan asosiy
vositalarni qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Qayta
baholash natijalari avvalgi hisobot yilidagi moliyaviy hisobot ma’lumotlariga
kiritilmaydi hamda hisobot yili boshida moliyaviy hisobot ma’lumotlarini
shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda o‘tgan yil yakuni va hisobot yili boshidagi
ma’lumotlarning mos kelmasligi hisobot yilining dastlabki sanasidagi holatga
ko‘ra o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholash natijasi sifatida tushuntiriladi
hamda joriy davrdagi moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida bayon etiladi.