O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet Bank – moliya xizmatlari Kafedra Buxgalteriya hisobi va audit «Himoyaga tavsiya etiladi»



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/34
Sana17.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#558972
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
asosiy vositalarni qayta baholash usullari hisobi va auditi. quyi tegana quruvchi xususiy korxonasi misolida

Jami; 
113 953 
461,2 
123 495 040,2 
 
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati qayta baholashda pasaytirilganda 
yangi va eski qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farq summasi ikki usulda hisobdan 
chiqariladi.
 
(6-ilova).

1-usul
. Korxonada oldindan asosiy vositalarni qayta baholash natijasida rezerv 
kapitali shakllantirilgan bo‘lsa, u holda pasaytirilgan qiymat shu rezerv kapitali 
evaziga hisobdan chiqariladi. Bunda, mos ravishda, qo‘yidagi yozuvlar kilinadi: 
a) boshlang‘ich qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farqga: 
Debet_8510_«Aktivlarni_qayta_baholash_bo‘yicha_tuzatishlar»_Kredit'>Debet
8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» 
Kredit 
0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»


48 
b) eskirish summalari o‘rtasidagi salbiy farqga: 
Debet
0211-0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari»
Kredit 
8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» 
2-usul
. Rezerv kapitali mavjud bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Bu holda qayta 
baholash natijasida asosiy vositalarning qiymatlari o‘rtasidagi salbiy farq 
summasi korxona harajatiga olib boriladi va hisobda qo‘yidagicha aks 
ettiriladi: 
a) boshlang‘ich qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farqga: 
Debet
9430 «Boshqa operatsion harajatlar» 
Kredit 
0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
b) eskirish summalari o‘rtasidagi salbiy farqga (storno yozuvi ) 
Debet
9430 «Boshqa operatsion harajatlar» 
Kredit
0211-0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari»
Asosiy vositalar hujjatlar bo‘yicha tasdiqlangan bozor narxlarida 
indeksatsiyalash yoki bevosita qayta hisob-kitob qilish yo‘li bilan qayta 
baholanadi. 
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar ob’ektini qo‘shimcha baholash 
summasi zaxiraviy sarmoya tarkibi “Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar” hisobvarag‘iga hisobga kiritiladi. 
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar ob’ekti narxining arzonlashgan 
summasi avvalgi hisobot davrlarda o‘tkazilgan ushbu ob’ektni qo‘shimcha 
baholash summalari doirasida “Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” 
hisobvarag‘iga zaxira sarmoyasining kamayishiga kiritiladi. Ob’ekt narxining 
arzonlashgan summasi uni qo‘shimcha baholash summasidan yuqori bo‘lganda 
boshqa operatsion harajatlarga kiritiladi. 
Asosiy vositalarni qayta baholash natijalari moliyaviy hisobotda asosiy 
vositalarni qayta baholash o‘tkazilgan joriy davrda aks ettiriladi. 
Hisobot yilining dastlabki sanasidagi holatga ko‘ra o‘tkazilgan asosiy vositalarni 
qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Qayta baholash 
natijalari avvalgi hisobot yilidagi moliyaviy hisobot ma’lumotlariga kiritilmaydi 


49 
hamda hisobot yili boshida moliyaviy hisobot ma’lumotlarini shakllantirishda
qabul qilinadi. Bunda o‘tgan yil yakuni va hisobot yili boshidagi
ma’lumotlarning mos kelmaslig i hisobot yilining dastlabki sanasidagi holatga 
ko‘ra o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholash natijasi sifatida tushuntiriladi
hamda joriy davrdagi moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida bayon etiladi. 
Asosiy vositalarni saqlanishini nazorat qilish maqsadida har bir inventar ob’ektga 
inventar raqam beriladi. Inventar raqamlar bir marotaba ishlatiladi. U asosiy vosita 
korxonaga keltirilgan vaqtda beriladi, u belgi tariqasida ob’ektga va boshlang‘ich 
hujjatlarda qayd qilinadi hamda ob’ekt korxonada bo‘lgan davr mobaynida 
saqlanib turiladi. Asosiy vosita chiqib ketgandan keyin inventar raqam boshqa
ob’ektga berilmaydi. 
“QUYI TEGANA QURUVCHI” xususiy korxona tiklanish qiymati
1 393 702 013 so‘m bo‘lgan po‘lat elektr payvandlash quvurlarini ishlab 
chiqaruvchi texnologik uskunaga ega. Uning eskirishi 100% ni tashkil qiladi, 
qoldiq qiymati nolga teng. Uskuna soz holatda, undan mahsulot ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. Uning qiymatini bozor baholariga muvofiqlashtirish va ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot tannarxini real hisob-kitob qilish uchun uskuna mustaqil 
baholovchi tomonidan baholandi. Baholash dalolatnomasiga ko‘ra mazkur 
uskunaning bozor qoldiq qiymati baholash kunida 1 200 047 119 so‘mni tashkil 
etadi. Amortizatsiyalangan uskunaning xizmat qilish muddati 20 yildan 35 yilga 
uzaytirildi. Uning to‘liq amortizatsiyasi paytidan 2015 yil 1 yanvargacha 2,25 yil 
o‘tgan. 
Auditor bevosita auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda 5-son BHMS 
«Asosiy vositalar»ning
8
45-bandiga asosan asosiy vositalarning foydali xizmat 
muddati asosiy vositalar holatini yaxshilaydigan, binobarin, xizmat muddatini 
uzaytiradigan xarajatlarni hisobga olgan holda korxona tomonidan qaytadan ko‘rib 
chiqilishi mumkin. Siz uskunaning foydali xizmat muddatini uzaytirishingiz va 
texnik hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishingiz lozim. 
8
Moliya vazirining AV tomonidan 20.01.2004 yilda 1299-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 


50 
Uskunaning joriy qiymatini belgilash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta baholash 
usulini qo‘llash kerak. 5-son BHMSning 26-bandiga ko‘ra asosiy vositalarning 
boshlang‘ich (tiklash) qiymati qayta baholangan holatlarda qayta baholash o‘tka-
zilgan sanadagi ularning jamlangan amortizatsiyasi asosiy vositalarning 
boshlang‘ich (tiklash) qiymati o‘zgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi. 
Keyinchalik amortizatsiya qayta baholangan qiymatdan hisoblanadi. 
Baholash dalolatnomasida uskunaning faqat qoldiq qiymati (dastlabki qiymat 
bilan eskirish summasi o‘rtasidagi ayirma) belgilanganligi bois, 5-son BHMS va 
21-son BHMSga
9
ko‘ra, qayta baholash uchun hisob-kitob yo‘li bilan uskunaning 
boshlang‘ich qiymati va 2015 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra eskirish summasini 
belgilash lozim. 
Siz uskunaning «eski» va «yangi» xizmat muddatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni 
keltirmaganingiz bois uning boshlang‘ich qiymati va eskirish summasini hisob-
kitob qilishning quyidagi uslubiyatini taklif etamiz. 
1. Qayta baholash sanasida uskunaning eskirish darajasi foizlarda belgilanadi. U 
uskunaning to‘liq amortizatsiyasigacha va undan keyin qayta baholash sanasiga 
qadar xizmat qilish muddatlarining yangidan belgilangan xizmat qilish muddatiga 
bo‘lingan va 100%ga ko‘paytirilgan summasiga teng. 
Masalan. Amortizatsiyalangan uskunaning xizmat qilish muddati 20 yildan 35 
yilga uzaytirildi. Uning to‘liq amortizatsiyasi paytidan 2015 yil 1 yanvargacha 2,25 
yil o‘tgan. Uskunaning eskirish darajasi 1.01.2015 yilda: 
(20 + 2,25) / 35 x 100% = 63,6%ga teng. 
2. Uskunaning boshlang‘ich qiymati qayta baholash sanasida 100 va uskuna 
eskirish darajasi ayirmasining 100 ga ko‘paytmasiga bo‘lingan baholash 
dalolatnomasi bo‘yicha uning qoldiq qiymatiga teng. 
Masalan. Baholovchining hisobotiga ko‘ra uskunaning qoldiq qiymati 1 200 
047 119 so‘mni tashkil etadi. Uning eskirish darajasi 1.01.2015 yilda 63,6%ga 
teng. Xuddi shu sanadagi uskunaning boshlang‘ich qiymatini hisoblaymiz: 
9
Хo`jalik yurituvchi sub`ektlarning moliyaviy-xo`jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schlari rejasi va uni qo`llash bo`yicha 
yo`riqnoma (moliya vazirligining АV tomonidan 23.10.2002 yilda 1181-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan buyrug`I bilan 
tasdiqlangan).


51 
1 200 047 119 / (100 – 63,6) x 100 = 3 296 832 745 so‘m. 
3. Qayta baholash sanasida eskirish summasi uning eskirish darajasiga 
ko‘paytirilgan, 100 ga bo‘lingan qayta baholash sanasida uskunaning boshlang‘ich 
qiymatiga teng. 
Masalan. 2015 yil 1 yanvarda uskunaning boshlang‘ich qiymati 3 296 832 745 
so‘mga teng, uning eskirish darajasi – 63,6%. 
Eskirish summasini aniqlaymiz: 
3 296 832 745 x 63,6 / 100 = 2 096 785 626 so‘m.
Uskunaning boshlang‘ich qiymati va eskirish summasi belgilanganidan keyin 
qayta baholash hisobi 21-son BHMS va 1 yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni 
har yili qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizomga
10
muvofiq 
namunaviy buxgalteriya provodkalari asosida yuritiladi. Sizning uskunangizni 
qo‘shimcha baholash summasi 2015 yil 1 yanvardagi boshlang‘ich qiymat bilan 1 
393 702 013 so‘m o‘rtasidagi ayirma, uskunaning eskirishini qo‘shimcha baholash 
summasi esa 2015 yil 1 yanvardagi eskirish summasi bilan 1 393 702 013 so‘m 
o‘rtasidagi ayirma bo‘ladi. 
Uskunani qayta baholash natijasi buxgalteriya hisobida quyidagi provodkalar 
bilan aks ettiriladi: 
Dt 0130 – uskunaning boshlang‘ich qiymatini qo‘shimcha baholash summasiga; 
Kt 0230 – uskunaning eskirishini qo‘shimcha baholash summasiga; 
Kt 8510 – boshlang‘ich qiymatni qo‘shimcha baholash summasi va uskunaning 
eskirishi summasi o‘rtasidagi farq summasiga. 
Soliq kodeksining 355-moddasiga ko‘ra uskuna qiymatini qayta baholash 
korxona daromadi hisoblanmaydi va unga yagona soliq to‘lovi solinmaydi. 
10
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, MV va DSQning AV tomonidan 4.12.2002 yilda 1192-son bilan ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan 


52 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish