3.1. Tizimning konseptual modeli
Har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash bu tizim kelajakda qanday faoliyat yuritishi aniqlovchi konseptual modelni ishlab chiqish bilan boshlanadi. Ushbu modelni yaratishga kirishishdan oldin kelgusidagi tizimni joriy etish istiqbollarini baholash, tizim hosil qilish belgilarini aniqlash zarur: maqsadi, masalasi, vazifasi, strukturasi, faoliyat yuritishi texnologiyalari, samaradorligi, o‘zaro va boshqa tashqi axborot tizimlari bilan aloqasi. Tizim belgilarini aniqlashda, birinchi navbatda, uning mavjud bo‘lish fazasi e’tiborga olinadi. Ushbu faza o‘zida tizim mavjud bo‘lish strukturasida ma’lum davrlarni ifodalaydi va xayotiy sikl ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining xayotiy sikli keng ma’noda - bu tizimni yaratish zarurati to'g'risida qaror qabul qilish paytidan boshlab va faoliyatdan to'liq olib tashlanganda tugaydigan uzliksiz jarayon. Shuningdek, xayotiy sikli tizimning mavjudligi shaklini ifodalovchi vaqt oralig'i sifatida ko'rib chiqishish mumkin. Xayotiy siklining tuzilishi ierarxik bo'lib, fazalar, bosqichlar bo'yicha taqsimlanadi.
Xayotiy sikli O'z DSt ISO / IEC 12207-2010 da quyidagi ta’rif beriladi: tizim, mahsulot, xizmat, loyiha yoki boshqa inson tomonidan ishlab chiqilgan obyektlarni kontseptsiyasini ishlab chiqish bosqichidan tortib qo’llanilishi bilan yakunlanadigan rivojlanish. Ushbu standart quyidagi xayotiy sikl modellarini belgilaydi: kaskadli, qadam ba qadam ishlab chiqish, evolyutsion, spiral ishlab chiqish [8]. Shu bilan birga, ushbu standart biron-bir bosqichlar majmuasini yoki muayyan modelni qo'llashni talab qilmaydi, faqat avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish xayotiy sikl jarayonlarining umumiy tuzilishini belgilaydi. Standart xayotiy sikl davomida amalga oshiriladigan etti jarayonlar guruhida faoliyatning turli ko‘rinishlarini guruhlarga ajratiladi:
1. Jarayonlar bitimi (ikki jarayon);
2. Loyihani tashkiliy jihatdan qo'llab-quvvatlash jarayoni (beshta jarayon);
3. Loyiha jarayonlari (etti jarayon);
4. Texnik jarayonlar (o'n bitta jarayon);
5. Dasturiy vositani amalga oshirish jarayonlari (etti jarayon);
6. Dasturiy vositani qo'llab-quvvatlash jarayonlari (sakkiz jarayon);
7. Dasturiy vositani qayta qo‘llash jarayoni (uch jarayon).
Bu guruhlar doirasida hayotiy sikl jarayonlarnig har biri maqsadlar va natijalarga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan xarakatlar va masalalar ro'yxati terminlarida tavsiflanadi. Hayotiy sikl jarayonlarining maqsadlari va natijalari jarayonlarning etolon modelini shakllantiradi.
Dasturiy vositalarni amalga oshirish jarayoni quyi darajadagi bir nechta maxsus jarayonlarni o'z ichiga oladi, ularning har birini batafsilroq ko'rib chiqamiz:
Dasturiy vositaga talablarni tahlil qilish jarayoni
Jarayonning maqsadi - tizimning dastur elementlariga bo'lgan talablarni aniqlash. Dasturiy vositaga talablarni tahlil qilish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida tizimning dasturiy elementlari va ularning interfeyslari uchun talablarni aniqlaydi, dasturiy vositaga talablar to'g'riligiga va sinovga layoqatliligiga tahlili bajariladi.
Bajaruvchi dasturiy ta'minotni va qo'llab-quvvatlash jarayonlarini amalga oshirish jarayonida tashkilot tomonidan muvofiqlashtirilgan va hujjatlashtirilgan standartlarni, usullarni, vositalari va dasturlash tillarini (hujjatlashtirilgan) tanlashi va qo'llanishi kerak.
Dasturiy ta'minot arxitekturasini loyihalash jarayoni
Jarayonning maqsadi - talab qilinadigan dasturiy vositani amalga oshiradigan va tasdiqlangan talablarga javob beradigan loyihani ta’minlash. Jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida dasturiy ta'minot arxitekturasi loyihasi ishlab chiqilib, dasturiy ta'minot talablarini bajaradigan dastur komponentlarini, shuningdek, har bir dastur komponentining ichki va tashqi interfeyslarini tavsiflovchi bazaviy ma'lumotlar bazasi yaratiladi.
Dasturiy vositalarni bastafsil loyihalash jarayoni
Jarayonning maqsadi – dasturiy vositaning qo`yilgan talablar va arxitekturani amalga oshiradigan dasturiy vosita uchun loyihani ta’minlash hamda kelgusida kodlashtirish va testlash uchun qulay tarzda detallashtirish. Jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida yaratilayotgan dasturiy modulni tavsiflovchi dasturiy har bir dasturiy komponentning detalli loyihasi ishlab chiqiladi va har bir dasturiy modulning tashqi interfeysi aniqlanadi.
Bajaruvchi dasturiy tarkibiy qismning har bir dasturiy komponent uchun detalli loyihani ishlab chiqishi kerak. Dasturiy komponentlar keraklicha detallashtirilishi shart. Detalli loyiha hujjatlashtirilishi lozim. Bundan tashqari, bajaruvchi ma’lumotlar bazasini detalli loyihasini ishlab chiqish va hujjatlashtirish zarur.
Dasturiy vositaning konstruksiyash jarayoni
Dasturiy vositaning konstruksiyash jarayonining maqsadi – dasturiy vosita loyihalashini to'g'ri aks ettiradigan bajaruvchi dasturiy bloklarni yaratish.
Dasturiy vositani uyg`unlashtirish jarayoni
Dasturiy vositani uyg`unlashtirish jarayoni maqsadi - dasturiy bloklar va dasturiy komponentlarni birlashtirish, dasturiy vosita loyihasiga mos dasturiy elementlarning integratsiyasinin yaratish.
Dasturiy vositani malakali testlash jarayoni
Dasturiy vositani malakali testlash jarayoni maqsadi tugallangan dasturiy mahsulotning belgilangan talablarga javob berishini tasdiqlashdan iborat. Dasturiy vositani malakali testlash jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida:
1. Dasturiy vosita talablarga muvofiqligini ko'rsatish maqsadida tugallangan dasturiy vosita uchun mezonlar aniqlanadi;
2. Tugallangan dasturiy vosita aniq mezonlardan foydalangan holda tekshiriladi;
3. Testlash natijalari qayd etiladi.
Bajaruvchi dasturiy elementni malakaviy talablarga muvofiq malakali testlashni o'tkazishi kerak. Har bir dasturiy vosita talabining bajarilishi muvofiqlik uchun testlashdan o'tkazilishi kafolatlangan bo'lishi lozim. Malakali testlash natijalari hujjatlashtirilishi kerak.
Bajaruvchi quyidagi mezonlarni hisobga olgan holda loyihani, kodni, testlarni, test natijalarini va foydalanuvchi hujjatlarini baholashi kerak:
1. Dasturiy tarkibiy qismga qo'yiladigan talablarni testdan o'tkazish;
2. Kutilayotgan natijalar muvofiqligi;
3. Faoliyat yuritish va kuzatish maqsadga muvofiqligi.
Baholash natijalari hujjatlashtirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |