O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi



Download 4,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/230
Sana07.04.2022
Hajmi4,51 Mb.
#534719
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   230
Bog'liq
gidrobiontlar ekologiyasi

Infiltrasiya
nazariyaga binoan atmosfera yog’inlari er qatlamlariga sizib kiradi va er 
osti suvlari uchun manba vazifasini o’taydi. Bu nazariyani ham Lebedev asoslagan.
Atmosfera yog’inlarining erga sizib kirish tezligi bir xil bo’lmay maxalliy sharoitga, 
yog’inning miqdoriga, turiga va er po’stlog’idagi qatlamlarning litologik tuzilishiga bog’liq.. 
Atmosfera yog’inlari ko’p bo’lsa, u gravitasion suv shaklida tuproqda to’xtalib sekin oqa 
boshlaydi va bug’lanish bo’lmaydigan chuqurlikkacha kirib boradi. Shu tariqa er osti suvlari 
ta’minlab turiladi. Daryo o’z etaklarida nuroq materialni ko’p miqdorda qoldirib ketadi va uning 
o’zani sekin-asta ko’tarila boradi.
Bizga uch xil holatdagi suv ma’lum; bug’, qattiq (muz), suyuq holatdagi. Er osti suvlari 
sathidan to er yuzasigacha bo’lgan qatlamda tog’ jinslarining mayda, hatto ko’zga ko’rinmas 
bo’shliqlarini suv bug’lari egallaydi. Ular yuqoridan pastga tomon o’tib kondensasiyalanadi va 
fizik bug’li suvni hosil qiladi. Qattiq va muz holatidagi suvlar er po’stida asosan doimo muzloq 
jinslar qalinligida (1,5 km.gacha chuqurlikda yotadi) uchraydi.
Er osti suvlarining yuza suv deb ataladigan turi er yuzasining uncha chuqur bo’lmagan 
aerasiya zonasida ma’lum maydonlarda zarrabilsimon ko’rinishda hosil bo’ladi. Yuzasuv 
yog’ingarchilik davrlarida yuqolib ketishi ham mumkin. Aksariyat qumli massivlarda dengiz va 
okean sohillarida hamda orollarda suv singib o’tishi yoki atmosfera yog’inlarini shimilishidan 
paydo bo’ladi.
Er yuzasidagi suv tuproqqa singishi bilanoq erning chuqur qismigacha suvni nihoyatda 
sust o’tkazadigan qatlamgacha bora oladi, so’ngra shu qatlam ustida to’planib grunt suvlari 
deyiladigan suvli qatlamni hosil qiladi. Shu boisdan grunt suvlari atmosfera bilan mustahkam 
munosabatdadir. Uni muttasil to’ldirib turadigan manbaa er usti suvlari va atmosfera yog’inlari 
hisoblanadi.
Grunt suvlarining sathi er yuzasiga nisbatan turli chuqurliklarda daryo, ko’l, kanal va 
dengizlar yaqinida 0-1 metr, cho’lu-sahrolarda va tog’li rayonlarda 10 metrgacha bo’ladi. Iqlim 
va suv sathining o’zgarishi bilan birga suv tarkibi va harorati ham o’zgaradi. Aksariyat daryolar 
grunt suvlaridan ta’minlanadi, chunki grunt suvlarining oqimi daryo o’zaniga yo’nalgan va sathi 


167 
daryodagi suv sathidan balandroq bo’ladi, aks holda daryolar tog’dan kelayotgan suvni erigan 
qorlar, yomg’ir suvlarini yig’ib qurg’oq, namga tashna joylarga olib ketadi.
Grunt suvlari deyarli hamma erlarda har xil qalinlikda va har xil chuqurliklarda tarqalgan. 
Er yuzasining sathi suv sathidan past bo’lsa, suvning burg’ulash skvanjinasidan buloqqa o’xshab 
bir maromda miltillab chiqishi asta qaynayotgan suvni eslatadi, ba’zida kuchli favvoralar 
ko’rinishida otilib chiqadi va tabiiy fontan hosil qiladi. Bunday suvlar fanda tabaqalar 
oralig’idagi
bosimli suvlar deyiladi
. Agar tabaqalar orasidagi suv sathining bosimi atmosfera 
bosimiga teng bo’lsa, ular tabaqalar orasidagi 
bosimsiz suvlar
deyiladi.
Bosimli suvlar
– ko’pincha grunt suvlari gorizontidan quyida joylashadi va o’ziga xos (er 
yuzasidagi suv havzasiga quyilishini yoki er yuzasiga chiqish) sharoitlari bilan xarakterlanadi.
Ahamiyati beqiyos bo’lgan bunday bosimli er osti suvi 1 chi bor Fransiyaning Artua 
viloyatida 
skvajina
orqali chiqarilgan. Shu boisdan bosimli er osti suvi mavjud bo’lgan 
qatlamlarning suvi artezian suv va mazkur suvlar tarqalgan rayonlarni 
artezian havzasi
deb atash 
qabul qilingan.

Download 4,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish