138
2. Bo‘g‘in yoki tovush oldidan tovush qo‘shish asosida hosil qilingan yashirin
tillar.- Chmen chga chdaf chta chring chni chbe chrib chtur.- Cho‘z chimchga
chkerchak.( - Menga daftaringni berib tur.- O‘zimga kerak).
3. So‘zni teskari aytish.- Inamirak imgnidro‘k?- Qo‘y.( - Karimani ko‘rdingmi?-
Yo‘q). Yuqorida qayd qilingan asosiy usullar ichki kelishilgan tartib bilan boshqacha
qoidalar bilan boyishi natijasida yangi-yangi yashirin til ko‘rinishlarini kasb etishi
mumkin. Bolalar folklori haqida avvalgi sahifalarda yuritilgan munosabatlar
xalqimizning farzand tarbiyasiga, xalq va yurt kelajagiga o‘ta mas’uliyat bilan
munosabatda bo‘lish tuyg‘usi qanchalar kuchli ekanini dalillaydi. Ikkinchi tomondan,
avlod ham voyaga yetganidan so‘ng ajdodlar xotirasiga hurmat bilan munosabatda
bo‘lgan. Chunki xalq qadriyatlarini e’zozlash, tariximizga ehtirom bilan munosabatda
bo‘lish alla ohangi bilan jismimizga singib ketgan. Ertaklar, tez aytish, topishmoq,
sanamalar, qo‘shiqlar bilan ovunganmiz. Oxir-oqibat bu asarlar bizning ruhan, tabiatan
o‘zbek bo‘lib voyaga yetishimizga xizmat qilgan.
Tez aytishlar
ma’lum so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovushni to‘g‘ri talaffuz
qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga, nutqini o‘stirishga, o‘qish sur’atini
oshirishga, shu bilan birgalikda ko‘p raqamli sonlarni xotirada mustahkamlashga
o‘rgatuvchi janr hisoblanadi. Qadimgi qoidalarga binoan tez aytishni bir nafas olish
bilan aytish talab qilingan. Masalan:
1.Tangritog‘ tog‘ining tagida Tursunboyning traktori tirillab turibdi.
2.Tursunboyning tirillab turgan traktorining tagidan 9999 ta tulki terisini topdim.
3.Tursunboyning tirillab turgan traktorining tagidan topilgan 9999 ta tulki terisidan
9999 ta telpak tiktirdim.
4.Tulki terisidan tikilgan 9999 ta telpakning tepasiga 9999 ta tumor tiktirdim.
5.Tangritog‘ tog‘ining tagida Tursunboyning tirillab turgan traktorining tagidan
topilgan 9999 ta tulki terisidan tiktirilgan, tepasiga 9999 ta tumor taqilgan telpaklarni
Toshkentdagi Toshmat tog‘amga to‘yonaga topshirdim. Ushbu tez aytishlarning
mazmuni bir-biri bilan bog‘liq holda bo‘lganligi bois, hammasini birdan ham aytish
mumkin. Bu esa bolalarning zehniga qarab talab qilinadi.
Nazorat savollari:
Bolalar folkloriga mansub asarlarning janrlarini ayting.
Tez aytishlarning mazmun va kompozitsiya jihatdan turlarini ko‘rsating.
“Tez aytishlar”, “Sanamalar”, “Yashirin til” janrlarining bir-biriga o’xshash
jihatlari haqida ma’lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: