3.2.1-rasm “Registon ansamli”
So‘nggi yillarda jahon bo‘ylab turizmning unutilgan, yangi, innovatsion
ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Keling, ushbu multimediali maxsus loyihada
ana shunday yangi yo‘nalishlarning o‘zbekona mentalitetimizga mos keladigani
hamda yurtimizda rivojlantirsa bo‘ladiganlarini ajratib olib, o‘rganib chiqamiz.
Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda koʻp mamlakatlarida ommaviy tus
olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari boʻyicha
uyushtiriladi. Turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro,
havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim
saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm,
piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar)."Oʻzbekturizm" milliy
kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab
chiqqan: klassik yoʻnalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent;
Toshkent, Samarkand, BuxoroShahrisabz, Toshkent). Bu yoʻnalish eng qad.
yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bogʻliq; ekologik
turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin
qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar). Bu yoʻnalish alohida muhofaza
qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay gʻamda
foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogʻliq; arxeologik turizm yoʻnalishi
(Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo, Samarkand hududdari boʻylab). Bu yoʻnalish
Oʻzbekistonning eng qad. topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan
joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoʻyadi; ekstre mal turizm yoʻnalishi
(Chimyon, Fargʻona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari
boʻylab); liniy turizm yoʻnalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent) —
mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogʻliq.
Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik
xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat
subʼyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida u
300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada boʻlib faoliyat olib
boradi. Oʻzbekistonda "Kumushkon" turistik bazasi va "Sanzar" kemping
majmuasi mavjud boʻlib, ular "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi tizimi
tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish
oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda
koʻplab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega
boʻlgan mehmonxonalar soni tobora oʻsib bormoqda. Ko’plab mashxur tarixiy
obidalarimiz haqida sayyohlar ma’lumotlarga ega bo’ladilar, lekin ular bilmagan
va ko’rmagan tarixiy yodgorliklarimiz va madaniy meroslarimiz talaygina. Bunda
biz ularni reklama orqali tanita olamiz. Turizm sohasida reklama asosiy o’rinni
egallaydi, sayyohlar tashrif buyurgach asosan xaritadan foydalanadi lekin xaritaga
ko’plab madaniy yodgorliklarimiz va tarixiy obidalarimiz kerakli ob’yektlarimiz
ko’chalarimiz kata va kichik bo’lgan mehmonxonalar, mehmon uylari, restoranlar,
dam olish maydonchalari, ovqatlanish shahobchalari va shunga oxshash ko’plab
ob’yektlar kiritilmagan. Bunday holda biz qanday yo’l tutishimiz kerak? Turizm
salohiyatiga qanday o’z hissamizni qo’sha olamiz? Nimadan qanday foydalangan
holda sayyohlarga qulaylik yarata bera olamiz? Bunda bizga asosan axborot
texnologiyalari ya’niy GAT (Turizmda Geoaxborot Tizimlari)ni o’rni katta va
ulardan foydalangan holda turizm infratuzilmasiga muayyan tarzda o’z hissamizni
qo’sha olgan bo’lamiz. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda turistik faoliyatda
axborot ta’minoti samaradorligini oshirishda mamlakatimiz sayyohlik
imkoniyatlaridan unumli foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar sohani sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotgani, mamlakat turizm
sanoatini rivojlantirish, iqtisodiyotning tez o‘sishini ta’minlashda uning rolini
oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, dunyo bozorida milliy turistik mahsulot
salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi barcha sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur
faoliyat milliy turizm sohasini axborot bilan ta’minlash, turistik operatorlar uchun
zamonaviy axborot texnologiyalari yechimlari va komputer dasturlarini ishlab
chiqish, axborot bozori subyektlariga uyg‘unlashgan holda ishlash, xalqaro
miqyosda mamlakatimiz nufuzini oshirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida
keng targ‘ibot ishlarini olib borishni taqozo etadi. Turizm faoliyatini jadal
rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar «Turizm to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni yangi tahririni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda, – Bu
borada amaldagi qonunchilikka turizm faoliyatini axborot bilan ta’minlashga doir
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish muhim omillardan biri hisoblanadi.
30
Turizim sohasini keng miqyosda o’rganishda turizimga oid bo’lgan barcha tarixiy
yodgorliklarni va ob’yektlarni chuqur o’rganishda GAT ning o’rni muhim. Hozirki
vaqtda mos ravishdagi axborot ta’minotisiz turistik mahsulotni shakillantirish,
siljitish va realizatsiya qilish mumkin emas. Turizmni boshqarish tashkilotlari va
turistik firmalarv o’z ishida doimo axborot texnalogiyalari-turizm biznesining
xalqaro integratsiyasini axborot bilan to’yingan sohasi sifatidagizaruriy shart-
30
www.stansart.uz
sharoitlari hisoblanadi.
31
GAT – vazifalari fazoviy geografik ma’lumotlarni
to’plsh, saqlash, boshqarish tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat
bo’lgan mutahassis tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan kompyuter
tizimidir undagi barcha ma’lumotlar qayta ko’rib chiqiladi va o’rganiladi.GAT
foydalanuvchilari doirasi juda keng qo’llaniladi: madaniyat va turizm bo’yicha
mintaqaviy ma’muriyat idoralari, sayyohlik va rekriatsion xizmatlarni
rivojlantirishni rejalashtirish, sayyohlar uchun qulay joylarni tanlash yoki
sayyohlik yo’nalishlarini ko’rishni xoxlaydigan oddiy fuqarolarga. Shunday qilib
geoaxborotdan foydalanishning bir necha darajasini ta’minlshi va tarqatilgan
xizmatlar sifatida ko’rilishi kerak. Turizmni rivojlanishi davlatimiz iqtisodiyoti
uchun ham juda istiqbollidir. Xususan turizmni rivojlantirish evaziga
iqtisodiyotining yuksalishiga erishiladi, davlat byudjetiga keladigan tushumlar
ortadi, tabiiy resurslarni asrab-avaylanadi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini
ta'minlashga harakat qiladi va unga erishadi, xalqaro aloqalarni yanada
mustahkamlaydi, valyuta tushumi ko`payadi va hk. Bularning negizida albatta
sayyohlarning tashrifi yotadi. Kiruvchi chiquvchi va ichki turizmni rivojlantirishda
axbarot texnalogiyalari va GIS ning o’rni yuqoridir. Hammaga ma’limki yurtimiz
uzoq tarixiy o’tmishga boydir va shu bilan birgalikda tarixiy va madanoy
yodgorliklarga egadir. Yildan -yilga sayyohlar soni ortar ekan ularni joylashtirish
vositalariga talab ortadi. Biz bilamizki yurtimizda mehmonxonar soni ortmoqda va
shubilan bir qatorda mehmonuylariga bo’lgan talab kuchaymoqda. Joylashtirish
vositalarini o’rganishda ularning joylarini aniqlashda ularni kartaga kiritishda GIS
bizga katta yordam beradi. GIS yordamida mehmon uylari haqida sayyohlarga
ko’proq ma’lumot berishga erishamiz. Nafaqat xalqaro turizm balki ichki turizmni
rivojlantirishda yuqori darajada o’z xissasini qo’shadi. Taklif o’rnida shuni aytgan
bo’lardim mehmon uylariga bo’lgan talabni yuqorida aytdik yani bugungi kunda
mehmon uylarining soni kundan kunga oshib bormoqda mehmon uylari uchun
yanada mijozlarni ko’payishini istasak mehmon uylari zanjirlari ortishini istasak
31
https://kun.uz/uz/news/2019/05/31/ozbekistonda-besh-oyda-245-ta-mehmon-uyi-tashkil-etildi
mehmon uylari uchun standart ishlab chiqish va reklama turlarini ko’paytirish
kerak deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |