2.3 Samarqand viloyatida mehmon uylari tashkil etish
muammolari
Samarqandlik tadbirkor norasmiy faoliyat yuritayotgan uy-mehmonxonalardan
norozi yoki «bir kecha ming kecha emasku», deb arzoniga uchayotganlar.
2.3.1-rasm “SHER”mehmon uyi.
23
23
http://zarnews.uz/uz/post/samarqandlik-tadbirkor
Keyingi kunlarda shaharlarimizda mahalliy sayyohlarning ko‘payayotganini,
ayniqsa, samarqandliklar yaxshi his qilayotgan bo‘lsa kerak. Tabiiyki, bu holat
turizm bilan bog‘liq barcha sohalarda o‘zgarish bo‘lishini taqozo qiladi. Sababi,
sayyoh ko‘paygani sari xizmat ko‘rsatish shoxobchalarga ehtiyoj ham ortib boradi.
Agar tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, boshqa viloyatlardan Samarqandga kelgan
sayyoh o‘rtacha kamida ikki kun vaqtini ushbu shaharda o‘tkazishni istaydi.
Ayniqsa, kichik guruhlarda, 10 kishidan oshmagan jamoa bilan kelganlar. Oilaviy
kelganlar ham xuddi shunday. O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqidan kelib
chiqadigan bo‘lsak, ular uchun Samarqanddagi yirik mehmonxonalarda joylashish
ancha qimmatlik qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, «tadbirkorlar» bunday
sayyohlardan yaxshigina daromad olishini anglab qoldi. Hozir, ayni sayohatga
qulay bo‘lgan oylarda Samarqanddagi Registon maydoni atrofiga chiqsangiz,
boshqa viloyatdan kelgan mahalliy aholiga uy taklif qilayotgan shovvozlarni
uchratasiz. Ularning aksariyati o‘z xizmatini rasmiylashtirmagan. O‘tgan yildan
boshlab, xonadonlardan birida uy-mehmonxona tashkil qilgan tadbirkor bu
holatdan noroziligini bildirib, tahririyatga murojaat qildi. Bundan ko’rinib turibdiki
qalbaki mehmon uylarini sonini ortishiga yo’l qo’ymaslik kerak va buni nazorat
ostiga oilish kerak. Berilgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘tgan yili uy-
mehmonxona tashkil qildim, - deydi Nodir Xoliqulov. – Tabiiyki, rasman
ro‘yxatdan o‘tganimdan so‘ng soliq to‘layman, kommunal to‘lovlarim ham oddiy
to‘lovlardan farq qiladi. Ammo atrofimdagi o‘nlab uylar ham shu xizmatni
norasmiy tarzda bajarmoqda. Tabiiyki, u taklif etayotgan narx menikida ancha
arzon bo‘ladi. Deylik, bir kunga bir mehmonga joy berishni men 30 ming so‘m deb
belgilasam, norasmiy faoliyat yurituvchilar 10 ming so‘mga ham rozi bo‘lib,
sayyohlarni jalb qiladi. Boshqa viloyatdan kelib, Samarqandni tomosha qilsak
bo‘ldi-da, bir kecha ming kecha emasku, deya bunga rozi bo‘layotganlar ham
ko‘p. Xo‘sh, endi ayting, menga o‘xshab, rasman ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat
yuritayotgan tadbirkorlar bu holatni ko‘rib, noqonuniy ishlaganim yaxshiroqku,
degan fikrga bormaydimi? Mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish, ya’ni ularga
samarqandliklar tomonidan yotoq joylar taklif qilish avj olmoqda. Ammo
mehmonning xavfsizligini kim ta’minlaydi? Qolaversa, o‘sha yerda yashovchi
kishilarning
maqsad-muddaolarini
ham
bilish
mushkul.
Norasmiy
uy-
mehmonxonalarga,
avvalo,
aholining
o‘zi
joylashayotgani
masalani
murakablashtirsa-da, ammo bu masalada jiddiy choralar olib borish lozim,
nazarimizda.
24
Shu o’rinda yana bir masalani ko’rib chiqishimiz mumkin ya’niy
bu aynan mehmon uylari ochishdagi yoki mehmon uyi ichidagi muammolar balki
umiy turistlar ya’niy xorijiy sayyohlar e’tiroziga sabab bo‘layotgan omillar,
masalan, kafe va restoranlarning tungi ishlash vaqti cheklangani, bir-ikki yulduzli
mehmonxonalarga kam e’tibor qaratilayotgani, avtobuslar yetishmasligi,
hududlarda sanitariya-gigiyena maskanlari yetarli emasligi kabi masalalar haqida
ham so‘z yuritilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar izchil amalga
oshirilishi ko’zda tutilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha,
O‘zbekiston turistik brendini rivojlantirish yagona strategiyasini yaratish va
kengaytirish uchun yetakchi kompaniyalar jalb qilinadi, ayni damda Saatchi
kompaniyasi bilan ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, ko‘rgazmalar, tanlovlar
o‘tkazish hamda O‘zbekistonni festivallar mamlakatiga aylantirish, shu tariqa
ivent-turizmni rivojlantirish rejalashtirilgan.
25
Bugungi kunda yana bir masalaga
to’xtalib o’tmasligning iloji yuq aynan biz to’xtalib o’tadigan masala mehmon
uylariga ham,yirik mehmonxonalargaham butun dunyo turizm rivojiga o’z salbi
ta’sirini ko’rsatmay o’tmadi yaniy bu COVID-19.
Bugungi kunda eng dolzarb
mavzulardan biri bo‘lgan koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotining barcha
jabhalariga o‘z taʼsirini o‘tkazmay qolmadi. Shu qatorda turizm ham eng zarar
ko‘rgan sohalardan biriga aylandi. So‘nggi haftalarda O‘zbekistonda virus tarqalish
surʼatlari pasayib bormoqda, shu bois hukumat asta-sekinlik bilan iqtisodiy faollik
va zarur infratuzilmalarni qayta tiklamoqda.
Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish obyektlaridagi sanitar sharoitlarni o‘rganish
va ularning xavfsiz faoliyat yuritishga tayyorgarligini tekshirish maqsadlarida
Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga muvofiq ishchi guruh tashkil etilib, uning
24
http://zarnews.uz/uz/post/samarqandlik-tadbirkor
25
https://kun.uz/news/2019/01/06/6-yil-uchun-rejalar-aziz-abduhakimov-prezidentning-farmon-va-qarori-boyicha-
sharh-berdi
tarkibiga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa vazirlik, idora, jamoat
tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) kiritildi. 11-16 may kunlari
ishchi guruh tomonidan mehmonxonalar, markaziy avtovokzal, markaziy temir
yo‘l vokzali hamda Toshkent xalqaro aeroporti kabi infratuzilmalar holatining
dastlabki monitoringi o‘tkazildi.
Obyektlar ishchi guruh vakillari tomonidan ko‘zdan kechirilib, personal
bilan sayyohlar tashrifi, vaqtincha mamlakatimizda bo‘lishi va ularning jo‘nab
ketishi bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilindi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, mehmonlar xavfsizligiga oid baʼzi kamchiliklar
aniqlandi. Ishchi guruh mutaxassislari tomonidan ularni bartaraf qilish va turli
obyektlarda sanitar xavfsizlik normalarini ishlab chiqishda jamoaviy faoliyatni
yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.
Ishchi guruh tomonidan joylashtirish vositalari uchun yangi sanitar normalar
loyihasi tayyorlanmoqda, barcha turistik obyektlarini sanitar xavfsizlik vositalari
bilan taʼminlash bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan muzokaralar olib
borilmoqda, O‘zbekistonning turizm sohasidagi sanitar xavfsizligini aprobatsiya
qilish uchun sinov tizimini joriy etish maqsadida har bir hududdagi obyektlar
ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Bundan tashqari, Ecolab (AQSH), Dıversey (Turkiya), Saraya (Yaponiya) va
boshqa yirik sanitar-gigiyenik vositalar yetkazib beruvchilar, inshootlarni
xavfsizlantiruvchi protokollar va turli darajadagi mezonlar ishlab chiquvchilari
bilan muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda. Maqsad sanitar ishlov berish va
gigiyenaga doir xalqaro mezonlarni tatbiq qilish, shuningdek, sayyohlar
harakatlanishining barcha bosqichlarida tegishli vositalarni yetkazib berish
imkoniyatlarini o‘rganishdan iboratdir.
Shu bilan birga, mahsulotlarni O‘zbekistonga keltirish jarayonlari bilan
bog‘liq masalalar va ularning muddatlari, turistik biznes vakillari uchun
chegirmalar taqdim etish, mavjud mezonlar bo‘yicha hududlar kesimida ham
sertifikatsiya o‘tkazish masalalari muhokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |