O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: Magistratura bo‘limi Kafedra: Xalqaro turizm va turizm servisi «Himoyaga tavsiya etildi»



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/42
Sana31.03.2022
Hajmi2,2 Mb.
#521401
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
oilaviy mehmon uylari xizmatlarini takomillashtirish yollari samarqand viloyati misolida.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Har bir inson uzoq ish faoliyati davomida sayohat qilgisi keladi. Ayniqsa bu 
sayohat o‘z yaqinlari, oilasi, hamkasblari, do‘stlari bilan bo‘lsa unutilmas bo‘ladi, 
shunday kunlar butun umr yodda qoladi. Mamlakatimizda turistik mavsum vaqtida 
sayyohlar tashrif buyurganda nomerlar fondi tuliq band buladi,lekin mavsumsiz 
payti bu qanchalik ushbu mehmonxonalar harajatlarni qoplay oladi? 
Mehmonxonada mavsumsiz paytdagi ortiqcha xarajatlar mavsum payti xonalar 
narxini keskin ko‘tarish orqali qoplanadi. Lekin “Oilaviy mehmon uylari” bundan 
mustasnodir. Chunki oilaviy mehmon uylarida nomerlar fondining kichikligi, 
xonalar narxining hamyonbopligi, milliyligi, aynan oilaviy sayyohlar uchun juda 
qulayligi bilan o‘ziga jalb etmoqda va sayyohlar tomonidan mehmon uylariga 
bo‘lgan talablar ortmoqda. Biz bilamizki, mehmonxonalar turlari ko‘p lekin 
sayyohlarga qulay, oson,toza, sifatli xizmatlar,xavfsiz, arzon, binobarin milliylik 
uyg‘unligini yuqotmagan holda o‘zligini bildirib turadigan mehmonxonalarga 
ehtiyojlar ortmoqda. Ya'ni bu “Oilaviy mehmon uylari”dir. Chet el tajribasi shuni 
ma'lum qiladiki, asosan chet elga tashrif buyuradigan sayyohlar,mehmon uylariga 
murojaat qilishar ekan. Chunki mehmon uylari uzini sokinligi, shinamligi, 
arzonligi, milliyligi, bilan mashxurlikka erishgan. Mehmon uylarini yurtimizda 
ham rivojlantirishgabir qancha imkoniyatlar mavjud desak ham mubolag’a 
bo’lmaydi. Xorij tajribasi shuni ko’rsatadiki mehmon uylarining shinamligi 
narxlarining xamyonbobligi sifati talab darajasiga javob bera oladi va 
sayyohlarning talabi mehmon uylariga ko’payotganonini ko’rsatadi.Yurtimizda 
ham mehmon uylarining soni tobora ortarekan demak mehmon uylariga bo’lgan 
ehtiyojni ko’rishimiz mumkin. Yurtimizdagi mehmon uylari o’zining milliy ligi, 
mehmon do’stligi, narxlarining hamyon bobligi bilan ajralib turadi va 
sayyohlarning mehmon uylariga bo’lgan talabi ortmoqda.
Milliy turizm sohasi 
rivoji yo‘lida qulay iqtisodiy sharoitlarni shakllantirishga doir islohotlar 
samaradorligini tubdan oshirish, uning raqobatbardoshligi va taqdim etilayotgan 
xizmatlar sifatini oshirish, mehmon uylarini kamchiliglari ustida izlanishlar olib 
borish va mehmon uylariga yangi takliflar berish mehmon uylarini kelajakda


yanada rivojlanishi va ko’payishiga sababchi bo’ladi. O’zbekistonda turizm sohasi 
nisbatan yangi bo’lsada, u rivojlanishda ko’pgina sohalardan oldinga chiqib oldi va 
qo’yilgan maqsadlari sari rivojlanishda davom etmoqda. Xalqaro turizmni 
rivojlantirish uchun yurtimiz juda katta salohiyatga ega. Bugungi kunda dunyodagi 
40 ta mamakatda turizm sohasi byudjetning asosiy manbasi hisoblanadi va yana 70 
ta mamlakat byudjetning uchdan bir qismini tashkil etadi. Turizmni rivojlantirish, 
sayyohlar oqimini oshirish, xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, turizm xizmatini 
jahon bozoriga olib chiqish, xizmat turlari sonini oshirish va shu bilan birqatorda 
sayyohlar talabi darajasidagi mehmonxonalarni tshkil etish uchun bizda barcha 
imkoniyatlar etarli deb bilaman. Yurtimizning barcha viloyatlarida turizmni 
rivojlantirish imkoniyatlari mavjud bo’lib shu bilan birqatorda joylashtirish 
vosiyalari. O’z o’zidan ma’lumki turizm rivojlanar ekan joylashtirish vositalariga 
bo’lgan talab oshadi va shu bilan bir qatorda mehmon uylarini soni ortadi. 
Maʼlumotlarga murojaat qiladigan boʻlsak, joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida 
Samarqandga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2 million 668 ming 300 nafarni 
tashkil etgan. Shulardan 491 ming 300 nafari xorijliklar, qolganlari mahalliy 
sayyohlardir.Samarqanda mehmon uylariga bo’lgan talab kundan kun sayin ortib 
bormoqda va samarqanda mehmon uylarini soni 2020-yil holatiga qaraganda 156 
tani tashkil etmoqda. Mehmon uylarini ochishda hech qanday muammolar 
bo’lmasligi mumkin lekin mehmon uylarini soni bilan birqatorda sifatini va xizmat 
turlarini ko’paytirish kk deb bilaman. Samarqandga 1 kun 1,5 kunga kelgan turistni 
3kun gacha bo’lgan vaqt gacha olib qolish yo’llarini amalga oshirish kerak. Aynan 
oilaviy mehmon uylarinida nafaqat tunash va ovqatlanish xizmatlari balki bir 
qancha qo’shimcha xizmatlarni amalga oshir va taklif qilish mumkin.Oilaviy 
mehmon uyida turist uzini xuddi uyidagidek xis qilishi kerak.
Afsonaviy o’tmishi Ipak Yo’lining tarixiy-muhandislik merosi, tabiatining 
ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o’tib keluvchi mahalliy hunarmandchilik, 
xalqning mehmondo’stligi va insoniy qadriyatlari bilan sayyohlarni hayratga 
soluvchi, mahliyo qiluvchi shu bilan birga ularni hursand etuvchi O’zbekiston 
barcha burchaklaridan kishilarni o’ziga jalb etadi.«O‘zbekiston yalpi ichki 


mahsulotidagi turizm sohasi ulushi bor-yo‘g‘i 2,3 foizni tashkil etsada tez yillarda 
bu ko’rsatgich raqamlarini o’zgarganini ko’rishimiz mumkin. Xorijiy davlatlarda 
ushbu ko‘rsatkich 10 foizgacha yetadi. Albatta, bizning salohiyatimiz yuqori. Biz 
turizmning ahamiyati va rolini oshirishimiz kerak. Bugungi kunda qilinayotgan 
barcha sa'y-harakatlar yaqin yillarda bu raqamni 5 foizgacha ko‘tarish 
imkoniyatimiz borligini asoslaydi. O‘zbekistonda turizm o‘sishining asosiy 
manbalari haqida gapirsam, biz nafaqat xorijdan turistlarni jalb etishga 
yondashmoqdamiz, shuningdek, kuchli taraqqiyot omili bo‘lgan ichki turizmni 
ham rivojlantirish payida bo‘lmoqdamiz. Bu sohaga investitsiya kiritmoqchi 
bo‘lgan tadbirkorlar turistik sohaga yo‘naltirilgan aktivlar o‘rtacha 4-5 oyda ish 
berishi bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lishmoqda. Binobarin, ichki 
turizmni rivojlantirish dasturini faol amalga oshirish turizmni yil bo‘yi qilish, 
tadbirkorlarga esa yil bo‘yi daromad olish imkonini yaratadi. Turizmni rivojlanishi 
haqida gapirara ekanmiz bunga bo’lgan talabni va taklifni o’rganish faqatgina 
o’zimizga foyda olib keladi. Istemolchi bo’lgan turistlar talabi sifatli xizmat, 
xizmatlarning turlarining ko’pligi, turizm infratuzilmasini yaxshilash, turizrlarni 
joylashtirish vositalarining sifatini va turlarini ko’paytirish va shunga o’xshash bir 
qancha xizmatlar sifatini yaxzilasak turizmga bo’lhgan talab o’z o’zidan 
ko’payadi. Yuqorida ham oilaviy mehmon uylari gaqida ko’plab izohlar va 
tushinchalar berildi mehmon ulariga berilgan takliflardan unumli foydalansak 
turistlar talabini o’rdansak va buni tadbig’ qila olsak biz juda yuqori marrani 
egallagan bo’lamiz. Xulosa o’rnida shuni aytish joyiski bugungi kunda
, oilaviy 
mehmon uylarida elektron kommunikatsion vositalari yordamida animatsion
dasturlarni tashkillashtirish ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan bo’lib aholi 
xonadonlarida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va qishloqqa kelgan 
mehmonlarga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali ziyoratga, tabiatning so‘lim 
go‘shalariga mehmonlar sayrlari tashkil etiladi. Turistlarning qolish muddatini 
uzaytirish maqsadida milliy urf-odatlar milliy taomlari va turli marosimlar 
o‘tkazish xunarmandchilik savdosini yo‘lga qo‘yish, milliy taomlar tayyorlash 
jarayonini namoyish etish kabi xizmatlar amalga oshiriladi. Shu bilan birga har bir 


turistik ob‘yektlarda Wi-Fi zonasini tashkil etish, mobil aloqa sifatini oshirish 
yuzasidan zarur choralar ham ko‘riladi. Muhimi bu sa‘y- harakatlar tufayli 
mahalliy aholiga ish o’rinlari yaratiladi bandligi ta‘minlanib, daromadi yrtarli 
darajada oshadi.Respublikamiz milliy uyg‘unlikka boy bo‘lgan mehmon uylari 
kundalik hayotning shovqinlari va bir xilligidan charchagan zamonaviy 
sayohatchilar uchun idealmanzilgoh hisoblanadi. Boshqa oliy darajadagi 
mehmonxonalarga qaraganda, butunlay o‘zgacha shinamlikni taklif etuvchi bunday 
turar joylar o‘ziga xos maftunkorligi bilan nafaqat sayyohlar, balki mahalliy 
aholining ham diqqatini jalb etadi. Ammo ko‘pchilik tomonidan qiziqarli deb 
topiluvchi binolarning yoshi va an‘anaviy dizaynini hisobga oladigan bo‘lsak, 
odatda eng so‘nggi urfdagi sharoitlarga o‘rganib qolgan sayyohlar uchun ayrim 
noqulayliklarni yuzaga keltirishini inkor etib bo‘lmaydi, albatta. Bu esa turgan 
gapki, mehmonxonalar oldiga qanday qilib tarixiy ildizlarga sodiq qolgan holda 
yangiliklar kiritish borasidagi savolni ko‘ndalang qilib qo‘yadi.
Milliy mehmonxonalar eng yuqori mehmondo‘stlik namunasi ko‘rsatishga 
intilishsada, bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishadi. Axir ular o‘zining mahsus 
jihatlarini saqlagan holda rivojlanishi lozim. Oqibatda, mehmon uyining an‘anaviy 
dizayni baribir mehmonlarni jalb etuvchi birlamchi omiligacha qolaveradi.
O’zbekiston Respublikasida oilaviy mehmon uylarini rivojlantirishda turlixil 
xizmatlarni ishlab chiqarishda istemolchilar talabini qondirish uchun bir qancha 
takliflar ko’rsatadi. 
Birinchi ilmiy yangilik bo’yicha: 
1.
Milliylikga, shinamlikga, hamyonboblikga e’tibor qaratgan holda oilaviy 
mehmon uylarining takomillashgan ta’rifi ishlab chiqilgan 
Ikkinchi ilmiy yangilik bo’yicha:
1.
Oilaviy mehmon uylarida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus 
jixozlangan xonalar ajratilishi.
2.
Oilaviy mehmon uylarida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun kirish 
yulakchalari (panduslar) tashkil etilishi. 
Uchinchi ilmiy yangilik bo’yicha:


1.
Oilaviy mehmon uylarida turistlarning uzlari milliy taomlar tayyorlashda 
qatnashishlarini tashkil etish 
2.
Oilaviy mehmon uylarida millIy liboslar kolleksiyasini yaratishda master 
klasslar tashli etilishi (turistlar ishtirokida) 
3.
Oilaviy mehmon uylarida elektron kommunikatsion vositalari yordamida
animatsion dasturlarni tashkillashtirish ilmiy asoslangan takliflar ishlab.
4.
Oilaviy mehmon uylarida qo’shimcha animatorlik xizmatlari tashkil etilishi 
va turistlarning o’zlari qatnashishlari, tadqiqotning ilmiy yangilari. 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish