O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: Magistratura bo‘limi Kafedra: Xalqaro turizm va turizm servisi «Himoyaga tavsiya etildi»



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/42
Sana31.03.2022
Hajmi2,2 Mb.
#521401
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
oilaviy mehmon uylari xizmatlarini takomillashtirish yollari samarqand viloyati misolida.

Mehmonxona-hovli. 
Otellardan sig‘imi, xizmat ko‘rsatishi, sodda 
standartligi bilan ajralib turuvchi korxona, uchrashuvlar va mehmonlar tashrifi 
uchun qator jamoa xonalarini mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Mehmonxona-
hovli tarkibi (strukturasi)da restoran yoki barni mavjud bo‘lishi majburiydir. 
Flaytel. 
Agromehmonxona yoki «uchuvchi otel». Favqulodda qimmat va 
mehmonxonani kamyob turi hisoblanadi. Qo‘nish maydonchasi va meteorologik 
xizmat aloqalari bilan jihozlangan.
8
1.2
 
.Turizmni rivojlantirishda mehmon uylarining o‘rni va ahamiyati 

Yurtimizda turizm sohasiga katta e'tibor qaratilmoqda turizm sohasi dunyo 


iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli 
taraqqiyoti esa, ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib 
bormoqda. Ma'lum qilinishicha, 2019 yilda esa O‘zbekistonga 6 mln 748 ming 
500 nafar sayyoh tashrif buyurgan. Ularning 51,3 foizini 31-35 yoshdagi kishilar 
tashkil qiladi. Eng ko‘p tashrif buyurgan sayyohlar MDH mamlakatlaridan 
kelishgan. Taqqoslash uchun, 2018 yilda O‘zbekistonga 5 mln 346 ming 200 nafar 
sayyoh kelgandi.2018 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni deyarli 
ikki barobarga oshgan. 2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 2 688 962 
nafar xorijiy sayyohlar kirib keldi, bu 2017 yilga nisbatan 91,6% ga ko‘pdir. 
Asosan, o‘sish 2018 yilning fevral oyida vizasiz rejim joriy etilgan mamlakatlar 
tomonidan ta'minlandi. Bundan ko‘rinib turibdiki yurtimizga tashrif buyuradigan 
turistlarning soni ortmoqda.Sayyohlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi ham o‘z 
o‘zidan ortadi bunga biz qay darajada tayyormiz? Tashrif buyuradigan turistlarga 
o‘z vaqtida yetarli xizmatlarni ko‘rsata olamizmi? Joylashtirish vositalari bilan 
ya'niy mehmon xonalar bilan ta'minlay olamizmi? Bu savollarning barchasiga 
mehmon xonalar turlarini ko‘paytirgandagina javob bera olamiz. Biz bilamizki 
xozirgi kunda mehmon xonalar turlari ko‘p, misol qilib oladigan bo‘lsak aynan 
xozirgi kunda rivojlanib ko‘payib borayotgan oilaviy mehmon uylaridir
Oilaviy 
8
 
http://hozir.org/samarqand-iqtisodiyot-va-servis-instituti.html?page=5
 


mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomga asosan ularning 
asosiy ish tamoyillari belgilab berildi. 
Oilaviy mehmon uyi mazkur mehmon uyida uy egasining oila a'zolari bilan 
birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif 
buyuruvchilarga vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 
ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 m2 hisobidan to‘g‘ri 
keladigan turar joy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy hisoblanadi. 
Oilaviy mehmon uylari yagona reestri — yuritilishi O‘zbekiston 
Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga 
oshiriladigan mehmon uylari to‘g‘risidagi ma'lumotlarning axborot bazasi. 
Mehmon uylarini sertifikatlashtirish mehmon uylarining egalari o‘z 
faoliyatlarini xususiy va oilaviy tadbirkor sifatida amalga oshirishlari mumkin. 
Mehmon uylari egalari faqat ular Reestrga kiritilganidan keyingina xizmat 
ko‘rsatish huquqiga egadirlar. Mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish 
soddalashtirilgan holda, mehmon uylarini o‘rganish dalolatnomasi asosida ularni 
Reestrga kiritish va Reestrdan tegishli ko‘chirma berish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Reestr elektron shaklda yuritiladi va vakolatli davlat organi veb-saytiga 
joylashtiriladi.Arizachi uni Reestrga kiritish uchun vakolatli davlat organiga ariza 
beradi.kiritish uchun vakolatli davlat organiga ariza beradi.Mehmon uyini 
Reestrdan chiqarish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:mehmon uyi egasi 
tomonidan Reestrdan ixtiyoriy ravishda chiqarish to‘g‘risida ariza berilsa;xususiy 
tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoxud oilaviy tadbirkorlik sub'ekti belgilangan 
tartibda tugatilsa vakolatli davlat organi tomonidan o‘rganish va mehmon uylarida 
yashayotgan shaxslarni anketalashtirish davomida mazkur Nizom talablarining 
surunkali ravishda buzilishi aniqlansa o‘rganish vaqtida aniqlangan buzilishlar 
mehmon uyi egasi tomonidan bartaraf etilgandan so‘ng u Reestrga kiritish 
to‘g‘risida takroran ariza topshirishi mumkin.
Mehmon uylari ko‘rsatadigan xizmatlarga talablar quyidagi maqsadlarda 
qo‘yiladi mehmon uyining vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmat (keyingi 
o‘rinlarda xizmatlar deb ataladi) ko‘rsatish sohasiga muvofiqligini tasdiqlash 


mehmon uylarida uning egasi tomonidan qayd etilgan ko‘rsatiladigan xizmatlar va 
zarur moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlash;xizmat ko‘rsatishning zarur 
darajadagi sifatini va tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini 
ta'minlash. 
Mehmon uylari tashkil etilganda unda quyidagi sharoitlar bo‘lishi kerak: 

Tashrif buyuruvchilar (turistlar) uchun sanitariya-gigiena qulayliklarini 
tashkil etish; 

Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini ta'minlash; 

Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) qulay va yaxshi yashashlari uchun 
sharoitlar tashkil qilish. 
Shuningdek, mehmon uylarni jihozlash borasida qo‘shimcha xizmatlarning
tavsiya etilgan ro‘yxati ham mavjud. Biroq tavsiyalar majburiy hisoblanmaydi va 
ularni Reestrga kiritishdan rad etishga asos bo‘la olmaydi. 
Mehmon uy egalarining huquqlari. 
-
ijarada turuvchilarni (turistlarni) mehmon uyiga ularni butunjahon Internet 
axborot tarmog‘i va axborot-turistik markazlari orqali, ular mavjud bo‘lmagan 
hollarda esa, bildirish tartibida hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilish 
yo‘li bilan ro‘yxatga qo‘yish orqali ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan 
joylashtirish; 
-
tashrif buyuruvchilar (turistlar) tomonidan jamoat tartibi me'yorlari 
buzilgan hollarda joylardagi huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro 
bog‘lanib harakat qilish; 
-
turizm faoliyati sub'ektlariga berilgan imtiyozlardan qonunchilikda 
belgilangan tartibda foydalanish.
Mavsumiy bo‘lmagan davrda mehmon uylarining egalari ro‘yxatga olish va 
soliq organlariga mehmon uyi faoliyati vaqtincha to‘xtatish va ular o‘z faoliyatini 
vaqtincha amalga oshirmaydigan qayd etilgan davrga soliq hisoblanishini 
vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ariza berish yo‘li bilan vaqtincha o‘z 
faoliyatlarini to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladilar. 


Mehmon uy egalarining majburiyatlari: faoliyatini qat'iy ravishda 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi sanitariya qoidalari, me'yorlari 
va gigiena normativlari, shuningdek, epidemiyaga qarshi va yong‘in xavfsizligi 
qoidalariga rioya etilishini ta'minlashi mehmon uylari reestriga kiritilgan 
ma'lumotlar o‘zgarganligi, shuningdek, o‘z faoliyatini tugatganligi to‘g‘risida uch 
ish kuni mobaynida vakolatli davlat organini yozma yoki elektron shaklda 
xabardor qilishlari shart
.
Vakolatli davlat organi quyidagilarga majbur: 
-
vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi bilan 
tanishtirish uchun, shuningdek, rejali asosda mehmon uylari xodimlarining bilimi 
va malakasini oshirish imkonini beruvchi profilaktika va tushuntirish ishlari, 
master-klasslar, treninglar va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish mehmon 
uylarining samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish va ta'minlashda har 
tomonlama yordam ko‘rsatish manfaatdor davlat organlari bilan hamkorlikda 
mehmon uylarining egalarini favqulodda vaziyatlardagi harakatlar tartibi bilan 
tanishtirish; 
-
mehmon uylarining egalarini turizm sohasidagi me'yoriy-huquqiy 
hujjatlar va normativ hujjatlardagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida 
xabardor qilib borish zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini 
mehmon uylari bilan o‘zaro munosabatlar sohasiga faol ravishda joriy qilib borish. 
Tijorat banklariga Oilaviy mehmon uylari yagona reestriga kiritilgan xususiy 
tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub'ektlarining buyurtmalariga binoan eng kam 
oylik ish haqining 300 barobarigacha miqdorda, besh yil muddatga, shu jumladan
2 yillik imtiyozli davr bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta 
moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan stavka bo‘yicha imtiyozli kreditlar 
ajratish tavsiya qilindi. Bunda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan foiz 
stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish 
stavkasining 1,5 barobaridan ortiq bo‘lmagan kreditlar bo‘yicha foizlar 
miqdorining yarmi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat 


qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm faoliyatini qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 
Amir Temur maqbarasi va Registon maydoniga yaqin huddudda ko‘chmas 
mulkka ega bo‘lgan 10 dan ziyod tadbirkorga uy mehmonxonalar ochish uchun 
amaliy ko‘mak berildi. Bugungi kunda Samarqand shahrida 1418 kishiga 
mo‘jallangan 156 ta mehmon uyi mavjud. Yurtimizda mehmon uylarining sonini 
ko‘payishi va mehmon uylariga bo‘lgan talabning ortishi kuzatilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yilning 8-avgust 
kuni «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul 
qilinishi orqali turizm faoliyati sub'ektlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, 
mintaqalarning turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam 
olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, turizm xizmatlari 
ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholining bandligi va 
farovonligini oshirish maqsadi qo‘yildi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishni 
ko‘zlaydigan faoliyatga joylashtirish vositalarining faoliyatini kiritish mumkin. 
Ammo ular sayyohlarning qanchalik ehtiyojlarini qondira oladi? Joylashtirish 
vositalarining narx siyosati oilaviy sayyohlar uchun qulay bula oladimi? 
Joylashtirish vositalari uzoq muddatga tashrif buyuradigan oilaviy sayyohlarga
qulaylik yarata bera oladimi? 
Joylashtirish vositalarning orasidagi farq asosan quyidagi mezonlarga 
asoslanadi: maqsad, joylashuv, taqdim etilgan xizmatlar turlari, xizmat ko‘rsatish 
darajasi. 
Standart mehmonxonadan mehmon uylarining farqi quyidagilarda nomoyon 
buladi: 
1. Mehmon uylari mehmonxonalardan farqli o‘laroq, lisenziyani talab 
etmaydi.
2. Mehmonuyi odatda, ikki yoki uch qavatli buladi nomerlar soni 10-15 tani 
tashkil etadi. 
3. Mehmon uyi belgilangan standart asosida tashkil etilmaydi.


4. Mehmon uyida odatda mezbon yoki uy egasining oila a'zolari ishlaydi va 
xizmat ko‘rsatadi. 
5. Mehmon uyida mehmonlarga xizmat ko‘rsatishning narxi ancha past 
bo‘ladi. 
6. Ko‘pincha mehmon uylari shaharda va shahar chetida joylashgan 
,mehmon xona esa shaharda joylashgan bo‘ladi.
7. Mehmon uylarining qulaylik darajasi mehmonxonadan farq qiladi va o‘z 
ichiga quyidagilarni oladi: maxsus hammom, dush, sochlarini quritadigan fen 
mashinasi, suv isitgich, o‘choq va boshqalar. 
Mehmon uylarida eng asosiysi mehmon o‘zini o‘z uyidagidek xis qila oladi. 
Agar turist yuqoridagi qulayliklarga, uy sharoitlari, shaxsiy yondashuv, oilaviy 
yoki guruh bilan dam olishni xohlasa, mehmon uyini tanlashi mumkin.
Mehmonuylari to‘g‘risida turlicha nazariy qarashlar mavjud bo‘lib, ular 
haqida to‘xtalmoqchimiz: 
Nuriaxmetova Alina Faridovnaning fikricha, mehmonuylari bu - ko‘pincha 
qishloq joylarida sayyohlarni joylashtirish vositasidir va mehmonxonadan mehmon 
uyi uy sharoitida yashash sharoitlarini ta'minlovchi parametrlar to‘plami bilan 
ajralib turadi.
Osipova Elena Eduardovnaning fikricha, mehmon uylari qishloq aholisi 
uchun iqtisodiy jihatdan qulay shaklidir, shuning uchun biznesni rejalashtirishning 
dastlabki bosqichlarida mehmon uyini to‘ldirish xarajatlarini hisoblash kerak. 
Bundan tashqari, mehmon uyining kelajakda egasi marketing asoslarini bilishi 
kerak. Buxgalteriya hisobi, pul mablag‘larini boshqarish, soliqqa tortish tizimi, 
mehmonlarni qabul qilish tajribasi va tavsiyalari, ularning ovqatlanishi va 
xizmatlarini o‘rganish.
A.I.Chupaxinaning fikricha, mehmon uyi bu - ko‘pincha oilaviy mehmonlar 
uchun qisqa muddatli xizmatlarni taqdim etish, shuningdek mehmonlar uchun dam 
olish faoliyatiani tashkil etish, qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish, yoki ko‘rsatma 
berish va hk. Tur dasturlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni taklif 
yetadi.


Mehmon uylari xar tomonlama qulayligi va xamyonbobligi bilan sayyohlar 
e'tiborini tortadi va sayyohlar bilan gavjum buladi. Mehmon uylaring avzallik 
tomonlari yana shundaki mehmon uylarida uy egalari sayyohlar istagan paytlari 
qo‘shimcha xizmatlarni taklif eta oladi.
Y.A.Balashovaning fikricha, mehmon uyi bu - albatta, sifatli xizmat 
ko‘rsatish buyicha etakchidir. Bunday uy egasi mehmonlarni "uyda bo‘lgani kabi" 
shiori ostida sizni vaqtinchalik yashash qulay muhitiga imkon qadar 
yaqinlashtirishga harakat qiladi va mehmon uyining ijobiy hissiyotlarini qabul 
qiladi.
Mehmon uylari asosan sifatli xizmat ko‘rsatishi bilan bir qatorda 
sayyohlarning uzlarini xuddi o‘z uylaridagi kabi muhitni xis qiladilar va shu bilan 
birgalikda uy egalarining yashash sharoitlari bilan ham tanishadilar bu ularga zavq 
bag‘ishlaydi. 
Bizning fikrimizcha oilaviy mehmon uylari bu-mazkur mehmon uyida uy 
egasining oila a'zolari bilan birga yashash tamoyili bilan bir qatorda shinam va 
milliy xonalar, milliy shirin taomlar va xonadon egalarining iliq munosabatlari 
sayyohlarga o‘z vaqtida turli tuman xizmatlarni ko‘rsatilishi mehmon uylarining 
qulayligi, shinamligi, hamyonbobligi boshqa mehmonxonalarga oxshamaganligi 
bilan sayyohlar talablariga javob bera oladi va e'tiborini tortadi. 
Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish 
to‘g‘risida"gi qarorining qabul qilinishi turizm faoliyati sub'ektlarini 
rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, hududlarning turizm salohiyatidan 
foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni 
yaxshilash, shuningdek, aholining bandligi va farovonligini oshirishga qaratilgan. 
Joriy yilning 25- sentyabr holatiga ko‘ra, respublikada 109 ta oilaviy mehmon uyi 
ro‘yxatga olindi. Mazkur oilaviy mehmon uylari asosan Qashqadaryo, Samarqand, 
Buxoro va Xorazm viloyatlarida ochilib, 160 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi. 
Qarorga muvofiq, oilaviy mehmon uylari yagona reestriga kiritilgan 
tadbirkorlar buyurtmalariga binoan eng kam ish haqining 300 barobarigacha 
miqdorda, besh yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar 


ajratish tavsiya qilinmoqda. Mehmon uylarini ochish uchun bizda barcha 
imkoniyatlar borligidan faxirlanib ulardan mukammal foydalanib hech ikkilanmay 
ish boshlashimiz mumkindir. Bizning harbir ochiladigan mehmon uylarimiz 
sayyohlarqa qulaylik bizga daromad va bush ish o‘rinlarini yaratishga yordam 
beradi.
9

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish