O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


II.4. O‘zbekistonda sotsial psixologik tadqiqotlarning o‘rni va istiqbollari



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

 
II.4. O‘zbekistonda sotsial psixologik tadqiqotlarning o‘rni va istiqbollari
Sotsial psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor 
beradigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi bir necha o‘n yilliklar 
mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixdan, umuman psixologiyaning 
21


O‘zbekiston hududida shakllanishi tahlil qilinsa, uning diniy, falsafiy oqimlar va 
qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib kelganini ko‘rish mumkin. Masalan, 
eramizning V asrlarida rivoj topgan monizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm 
(asoschisi Mazdak) va boshqalar o‘z diniy qarashlari tizimida sotsial munosabatlar, 
sotsial adolat va shaxsning o‘ziga xosligi kabi g‘oyalarni keng tashviqot qilganlar.
Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik sotsial psixologik 
qarashlar tizimi umuman bo‘lmagan. Sotsial psixologik tadqiqotlarning o‘tmishdagi 
va hozirgi kundagi holati M.Otajonovning qator ilmiy maqola va risolalarida bayon 
etilgan. Uning oxirgi yillarda o‘tkazgan ilmiy tadqiqoti natijalariga ko‘ra, sotsial 
psixologiya fan sifatida muhimlik shajarasida ikkinchi o‘rinni egallaydi, ya’ni 
Respublikamiz hududida ilmiy ijod qilayotgan olimlardan 43 foizining fikricha, 
sotsial psixologiya va ana shu fanning muammolari eng istiqbolli va yechilishi zarur, 
dolzarbdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan sotsial 
psixologik tadqiqotlar asosan oilada va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan.
Chunonchi, birinchi sotsial psixologik tadqiqot ham 70-yillarning oxirida 80-
yillarning 
boshida 
I.Yoqubov 
tomonidan 
o‘tkazilgan 
bo‘lib, 

oilaviy 
munosabatlarning barqarorligi va er-xotin sotsial rollarining muvofiqligini 
ta’minlovchi sotsial psixologik omillarni o‘rganadi. Tadqiqot natijasida shu narsa 
aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy 
hamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o‘zbek 
ayolining sotsial mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik 
sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.
G‘.B.Shoumarov va E.A.Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada 
bolalarning tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan sotsial psixologik omillar 
o‘rganildi, chunonchi, unda o‘ziga xos milliy va an’anaviy o‘zaro munosabat 
xususiyatlarining o‘rni belgilanadi.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan 
biri N.Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila munosabatlari –
nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh 
xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning 
22


sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech 
o‘rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek oilasining 
qurilishiga sabab bo‘ladigan asosiy motiv bu birinchi o‘rinda «Farzandli bo‘lish», 
ikkinchi o‘rinda «Jamoatchilikning gap so‘ziga qolmaslik», uchinchi o‘rinda «Ota-
ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish» va hokazolar aniqlandi. 
N.Sog‘inovning to‘plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar 
tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-yo‘riqdir.
O‘zbekistonda mustaqillikni qo‘lga kiritgach, olib borilgan sotsial psixologik 
tadqiqotlar asosan sotsial tasavvurlar konsepsiyasi doirasida amalga oshirildi 
(V.Karimova, K.Rahimova, Z.Nishonova, M.Umarova, L.Karimova va h.k.lar). 
Tadqiqotlarda sotsial vaziyatlarga bog‘liq psixologik fenomenlar o‘rganilganda ayni 
shu yo‘nalishning istiqbolli ekanligini, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi murakkab va 
serqirrali munosabatlarning sotsial xulqda namoyon bo‘lishi mexanizmini 
tushuntirishda sotsial tasavvurlar konsepsiyasi nazariy-metodologik asos ekanligini 
isbotladi.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish