o‘zgartirish va ularni aylanib o‘tishga urinish.
E’tibor berish zarur bo‘lgan qo‘rquvning o‘ziga xos tashqi belgilari:
teri oqarishi, terlash, yutinish;
nafas olishning qiyinlashishi, tez-tez nafas olish;
uyqu arteriyasining pulsasiyasi;
ko‘z qorachiqlarining kengayishi;
ovoz yo‘qolishi va jarangining pasayishi;
kaftlar tremori, barcha gavda mushaklarining titrashi;
qoshlarning ko‘tarilishi va birlashishi (chimirilishi);
ko‘zlarning katta ochilishi va kengayishi;
yuz mushaklarining nihoyatda taranglashishi.
Tashqi ko‘rinish va xatti-harakatning mazkur belgilarini bir butunlikda ko‘rib
chiqish, har bir shubhali jihatni inobatga olish zarur.
Shubha uyg‘otuvchi shaxs bilan
suhbatlashganda
uning yoshi, jinsi, millati,
psixologik tipi, aqliy darajasini inobatga olish lozim. Turli millat va xalqlarning
an’ana, urf-odatlarini hurmat qilish, musulmonlar
va boshqa din vakillarining
e’tiqodlariga ehtirom bilan munosabatda bo‘lish kerak. Ko‘ngilsiz oqibatlarga yo‘l
qo‘ymaslik uchun iloji boricha nazokat va odob bilan munosabatda bo‘lish, aslo
bahslashmaslik, ayniqsa diniy yoki milliy mavzudagi munozaralarga kirishmaslik
darkor.
Xodimlar
hujjat tekshirayotganlarida
shubha uyg‘otuvchi shaxslarning
pasport ma’lumotlari (tarjimai holiga oid ma’lumotlar)ni aniqlashtirishlari,
ularning
kelgan vaqtlari va ko‘zlagan maqsadlari, aniq yashash manzillari, tug‘ilgan joylari,
oilaviy ahvollari, ma’lumoti, mashg‘ulotlari bilan qiziqishlari mumkin.
Javob
olinganida shubha uyg‘otuvchi shaxsning noverbal signallari sinchkovlik bilan
kuzatiladi, ushbu signallar ularning verbal signallari bilan qiyoslanadi: gumon
qilinuvchining imo-ishoralari, holati, mimikasi (jumladan, ko‘z, lab ifodalari)
uning
so‘zlariga mos kelish-kelmasligi, nutqiga xos xususiyatlar, teri qoplamasining holati
(oqarishi, qizarishi, dog‘ bilan qoplanishi, ter chiqishi kabilar) tekshiriladi. Savollar
«ha» yoki «yo‘q» tarzida javob qaytarilmaydigan shaklda beriladi.
Shuningdek,
156
xodimlarning to‘g‘ri javob avvaldan (hujjatli manbalardan, tezkor axborotdan)
ma’lum bo‘lgan ayrim savollarni berishlari tavsiya etiladi. Ushbu savollarga yolg‘on
javob qaytarilishi so‘ralayotgan shaxsga nisbatan gumonlarni mustahkamlaydi.
Yuz berayotgan voqealarga inson
neytral
munosabatda bo‘lganida, odatda
uning
boshi tik, nigohlari to‘g‘ri va tiyrak, ko‘zlari suhbatdoshiga qarab turadigan,
o‘zini tutishi erkin, imo-ishoralari ifodali bo‘ladi.
Agar so‘ralayotgan shaxsning boshi egik, nigohlari tashqariga yo‘nalgan yoki
ko‘z qiri bilan qaraydigan, qo‘llari mudofaa holatida (qovushtirilgan ikki qo‘li bilan
sumka yoki paketini ushlab olgan) bo‘lsa, u holda
ushbu noverbal signallar
suhbatdoshiga nisbatan uning salbiy hissiyotlaridan va (yoki) stress holatida
ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: