O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

Id, Ego va 
Superegodan 
iborat insonning ichki, psixologik hosilasidir. Id – bu anglanmaganlik, 
bunga biologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan umumiy bo‘lgan organik 
ehtiyojlari kiradi.
Zigmund Freyd jinsiy ehtiyojlar va tahdidlilikni, Alfred Adler – hokimiyatga 
intilishni, Karen Xorni – turli-tuman komplekslarni, Erik Fromm – odamning 
ozodlikka yoki uni cheklashga intilishini ajratib ko‘rsatadilar. Bu – shaxsning o‘zini 
anglashi, ya’ni Ego. Superegoga inson qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, 
ideallari kiradi. Shaxsning bu uch tarkibiy qismlari, odatda, uyg‘unlik holatida 
bo‘lmaydi, ular o‘rtasida nevrozlarga, inson ruhiyati va xulq-atvoridagi nuqsonlarga 
sabab bo‘luvchi nizolar yuzaga keladi.
Sotsial-psixologik nazariyalarning mazkur yo‘nalish doirasida tizimga keltirish 
E.Fromm va Dj.Sallivan nomlari bilan bog‘liq. Sotsial psixologiyaning ba’zi bir 
muammolari K.Yung, A.Adler tadqiqotlarida rivojlantirildi. 
Psixoanaliz 
doirasida 
yechishga 
qaratilgan 
ikkita
sotsial-psixologik 
muammoni keltirish mumkin: inson va jamiyat o‘rtasidagi konflikt, insonning sotsial 
cheklovlar bilan to‘qnashuvida namoyon bo‘lishi va shaxsning sotsial faollik 
manbalari. 
Bu oqim ta’sirida T-guruhlar (trening guruhi) o‘tkazish amaliyoti, ya’ni 
odamlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlaridan foydalanish paydo bo‘ldi. 
Psixoanaliz yangi psixologik yo‘nalish – 
gumanistik psixologiyaning 
kelib 
chiqishiga turtki bo‘ldi (A.Maslou, K.Rodjers).
 
44


IV.4. Sotsial psixologiyada kognitivizm
Kognitivizm K.Levin nazariyasi asosida paydo bo‘lgan psixologik yo‘nalish 
bo‘lib, undagi o‘rganish ob’yekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish 
jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo‘lgan kognitiv holatlar bo‘ldi. Kognitiv maktab 
vakillari (J.Piaje, U.Nayser, J.Bruner, R.Atkinson va b.) inson bilimlarining 
shakllanish usullari; sensor axborotning hosil bo‘lishi, bilish jarayonlari tuzulmaviy 
bloklarining vujudga kelishi va rivojlanishi, inson bilimi va xulq-atvorining xotirada 
bilim hosil bo‘lishidagi roli, intellektual funksiyalarning rivojlanishi, verbal va 
obrazli komponentlarning xotira va fikrlash jarayonlaridagi nisbatini o‘rganishdi. 
Ular inson aksariyat hayotiy vaziyatlarda fikrlash xususiyatlariga asoslangan holda 
qaror qabul qiladi degan xulosaga kelishdi.
Kognitivizm doirasida shunday mukammal nazariya yaratildiki, ular hozirgi 
kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Kognitiv sotsial psixologiyada kognitiv muvofiqlik nazariyasi muhim o‘rin 
egallaydi. Unda insonni motivatsiyalovchi omil sifatida muvofiqlikni izlashga 
bo‘lgan ehtiyoj va uning muvozanatlashgan kognitiv tuzulmasi olib qaraladi. Mazkur 
nazariyalarga Frits Xayderning muvozanatlashtirilgan tizimlar nazariyasi, Teodor 
Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Leon Festingerning kognitiv 
dissonanslar nazariyasi va boshqalar kiradi. Ulardagi asosiy g‘oya shundan iboratki, 
shaxs o‘ziga o‘xshagan shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo 
munosabatlarda ruhiy mutanosiblik, tenglik bo‘lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan 
chiqishiga harakat qiladi. 
Maqsad
- turli sotsial sharoitlarda shaxs xulq-atvorining 
psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish yo‘l-yuriqlarini 
ishlab chiqishdan iborat. 
G.Andreyeva fikricha, kognitivizm sotsial ong psixologiyasi kabi insonning 
sotsial hodisalarni anglash muammosini tadqiq etuvchi yo‘nalishning kelib chiqishiga 
turtki bo‘ldi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish