O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


III.6. Sotsial psixologik eksperiment



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

 
III.6. Sotsial psixologik eksperiment 
Sotsial psixologik eksperiment bu sotsial hodisalarni o‘rganish maqsadida 
tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o‘rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqotdir. Bunday 
muloqotning bo‘lishi uchun eksperimentator, ya’ni tekshiruvchi maxsus sharoit 
yaratadi va ana shu sharoitda aniq reja asosida faktlar to‘playdi. Umumiy 
psixologiyada bo‘lgani kabi, sotsial psixologiyada ham tabiiy va laboratoriya 
eksperimenti turlari farqlanadi. Tabiiy eksperimentga misol qilib, rus pedagogi Anton 
Semyonovich Makarenkoning jamoaning shakllanishi va uni uyushtirish borasida 
olib borgan tadqiqotlarini olish mumkin. Amerikalik psixolog Muzafer Sherif esa 
guruhlararo munosabatlarga taalluqli fenomenlarni tabiiy sharoitlarda maxsus reja 
asosida tekshirib o‘rgangan. Uning asosiy maqsadi vaqtinchalik tuzilgan jamoa yozgi 
ta’til lagerlarida ziddiyatlarning paydo bo‘lishidagi psixologik sabablarni 
o‘rganishdan iborat edi.
Laboratoriya eksperimenti odatda maxsus sharoitlarda, maxsus xonalarda, 
kerakli asbob-uskunalar yordamida o‘tkaziladi. Birinchi marta laboratoriya sharoitida 
sotsial psixologik tadqiqotni rus olimi Bexterev o‘tkazgan edi. U maxsus asboblar 
yordamida idrokning aniqligini, xotiraning sifatini, kuzatuvchanlik xususiyatlarini 
yakka holda va guruh sharoitida solishtirib o‘rgandi hamda guruhning borligi har bir 
guruh a’zosi psixik jarayonlariga bevosita ta’sir etishini isbot qildi.
Laboratoriya 
eksperimenti 
keyinchalik 
B.G.Anan’yev, 
E.S.Kuz’min, 
V.S.Merlin, V.N.Myasishev, L.I.Umanskiy va boshqalar tomonidan yanada 
takomillashtirildi va sotsial psixologiyada apparatura uslubi keng qo‘llanila 
boshlandi. Masalan. F.D.Gorbov va M.A.Novikovlar tomonidan gomeostat, 
L.I.Umanskiy tomonidan yaratilgan guruh uchun integratorlar paydo bo‘ldi va 
36


amliyotda bir guruh hodisalarni tekshirishda keng ishlatila boshlandi. Masalan 
guruhiy gomeostat guruhni tashkil etuvchilar o‘rtasida harakatlardagi moslikning bor-
yo‘qligini tekshiradi. Bu moslamaning mohiyati shuki, guruh a’zolari yumaloq stol 
atrofida o‘tiradilar, har bir qatnashuvchi ro‘parasida tablo va o‘zi xohlagan tomonga 
burishi mumkin bo‘lgan strelka bo‘lib, tekshiruvchi har birining harakatini kuzatib 
turadi.
Lekin ularga topshiriq quyidagicha beriladi: «Siz strelkani shunday buringki
sizning harakatingiz boshqalarnikiga mos bo‘lsin, aks holda, sizning beparvoligingiz 
tufayli butun guruh jazo oladi». Agar guruhda hamjihatlik, bir-birini tushunish bo‘lsa, 
ular o‘zaro kelishib olib, xatolarni minimal qiladigan bo‘lib qoladilar, shu jihatdan 
turli guruhlar turlicha xulq-atvor namoyon qilishi, bunda guruhning muloqot tajribasi, 
guruh peshqadamining qobiliyatlari yetakchi rol o‘ynashi eksperimental tarzda isbot 
qilinadi.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish