O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim fakulteti



Download 290 Kb.
bet5/26
Sana15.05.2021
Hajmi290 Kb.
#64478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti-fayllar.org

dasturi, bolalarni ѐsh xususiyatdlari, pedagogik jaraѐn.

R E J A:


1. «Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fanining boshqa fanlarbilan uzviy bog‘liqligi.

2.«Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fanining maksadi.

3.«Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fanining vazifalari.


YOsh avlodni tarbiyalash va o‘qitish xalk ta’limi sistemasining boshlangich bulimi bo‘lgan maktabgacha tarbiya muassasalaridan boshlanadi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya

ishini davr talabi darajasida olib borish maksadida «Bolalar bogchasida «ILK KADAM»ta’lim-tarbiya dasturi» tuzilgan. O‘zbekiston «Maktabgacha ta’lim» Vazirligi bu dasturni respublikamizning o‘ziga xos tomonlarini: iklimi, jugrofiy,

iktisodiy, madaniy, milliy sharoitlarini xisobga olib, uni kayta ishlab chikdi. Dastur tug‘ilgandan to etti ѐshgacha bo‘lgan bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim va malakalar xajmini o‘z ichiga oladi. U maktabgacha tarbiya ѐshidagi bolalarning psixologik-fiziologik va o‘ziga xos xususiyatlarni xisobga olgan xolda ularni xar tomonlama kamol toptirishni nazarda tutadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi amalga oshiradi. U pedagogik jaraѐnda markaziy o‘rinni egallaydi. SHuning uchun tarbiyachi o‘z soxasini chukur bilishi, xar xil metodik vositalarni yaxshi egallagan, puxta pedagogik psixologik tayѐrgarlikka ega bo‘lishi kerak. SHu bilan bir qatorda mutaxassislik bo‘yicha fanlarni jumladan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayѐrlash milliy Dasturini, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, «Ilk kadam tayanch dasturi»ni, Davlatta’lim standartlarini, bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi fani va boshkalarni puxta egallagan bo‘lishi lozimdir. Ayniksa bolalarni maktab ta’limiga tayѐrlangan tarzda tarbiyalashda «Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fanining o‘rni juda kattadir. Maktabgacha tarbiya ѐshidagi bolalar asosan maktab ta’limiga maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada tayѐrlanadi.

Bolalarni maktabga tayѐrlashning maksadi bolalarni bola shaxsini

maktabgacha ѐshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga kuyiladigan davlat

talablariga muvofiq sog‘lom va etuk, maktabga o‘qishga tayѐrlangan tarzda shakllantirib borishdan iboratdir. Bolalarni maktabga tayѐrlashning asosiy vazifalari esa: bolalarni jismoniy, aqliy, ma’naviy jixatdan kamol toptirish ularning sog‘lomligini muxofaza kilish; bolalarning ijodkorlik mustakillik erkin fikrlash kobiliyatlarini rivojlantirish uchun, shart- sharoitlar yaratish vazifalarini qo‘yadi.

«Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fani bir kator fanlar bilan bog‘lik bo‘lib, xususan, falsafa, etika, estetika, biologiya, psixologiya, ѐsh psixologiyasi barcha pedagogika fanlari bilan bog‘liq xolda rivojlanadi va boyib boradi.

Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi fani ijtimoiy xodisa

sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, falsafa fani bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki falsafa tarbiyaning maksad va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga ilmiy asoslangan xolda ѐndoshish imkonini beradi. Tarixiy materializm tarbiyaning sinfiy moxiyatini ochib berish, uning paydo bulishi varivojlanishi ijtimoiy xodisa ekanligini jamiyat xaѐtida va kishi shaxsining rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning rolini baxolashga ѐrdam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chikishda bilish nazariyasiga, axlokiy tarbiya masalalarini o‘rganishda etikaning axlok to‘g‘ri sidagi ta’limotiga tarbiyaning maksadini, yo‘llarini metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi.

Etika axlokni nazariy jixatdan asoslab, ѐsh avlodni, uning axlokiy

tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axlokiy goyalar rolini tushunishni chukurlashtiradi.

Estetika insonning vokelikka, san’atga estetik munosabatlari

rivojlanishining umumiy konuniyatlarini urganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat kiladi.

Bolalarni maktabga tayѐrlash fani boshka fanlardan biologiya,

psixologiya, ѐsh psixologiyasi bilan xam bog‘liq xolda rivojlanadi.

Fiziologiya bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi fanining tabiiy- ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanish, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari, sezgi organlari,tayanch xarakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari, ichki sekretsiya bezlari va shu singarilarning rivojlanishi xakidagi ma’lumotlarga tayanadi.

Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi fani ana shu ma’lumot-

lar negizida ta’lim-tarbiya jaraѐnining samaradorligini oshirish masalalarini muvaffakiyatlirok xal eta oladi, psixik vokealar va jaraѐnlarning ayrim konuniyatlarini chukurrok urganish imkoniyatiga ega buladi. Xozirgi zamon fiziologiyasi eng muxim pedagogik muammolarni to‘g‘ri xal etishda: bolalarning rivojlanishiga, uning kobiliyatlarini shakllantirishga muxit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni belgilashda ѐrdam beradi. O‘sib boraѐtgan organizm tuzilishining va xarakat kilish konuniyatlarining asosiy prinsiplarini olib beruvchi ѐsh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chikish uchun ayniksa kata axamiyatga ega. Bu xususiyatlarni bilmay turib, tarbiyalanuvchilarning ѐshiga muvofiq tarbiya vositalari va metodlarini, u ѐki bu mashg‘ulotlarni ѐki tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishning tashkiliy shakllarini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘ri sidagi xulosalar pedagogika o‘quv-tarbiya jaraѐnini metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshirok shart-sharoit yaratishda ѐrdam beradi.

Insonning vokelikni belgilovchi xamda uning xulk-atvorini boshkaruvchi psixikaning konuniyatlari va mexnizmlari to‘g‘risidagi fan bo‘lgan umumiy psixologiya insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi va atrof-muxit bilan o‘zaro munosabatlari jaraѐnida shakllanadigan xolat va xislatlarni (tafakkur, xotira, tasavvur, xis-tuygu, iroda va xakozo) tadkik kiladi. Esh psixologiyasi bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi fanini turli ѐshdagi bolalarning bilish imkoniyatlarini, u ѐki bu tarbiyaviy ta’sirni ular kanday kabul kilinishini aniklashda ѐrdam beradi. YOsh psixologiyasi xar bir

ѐshda bolaning ѐshga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Birinchi navbatda bola ruxiyati markaziy o‘rin tutib, bu albatta psixologiyani bilish nazariyasi bilan bog‘liq dir.

Psixologiya shaxsning rivojlanish konuniyatlari, ѐsh va o‘ziga xos

xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni tarbiyalash va ta’lim berishning ratsionalrok mazmun, metodini asoslash va shaxsning shakllanish jaraѐnini to‘g‘ri loyixalash imkonini yaratadi. Pedagogika jamoani tashkil etishning samaralirok shakllarini, shaxsni jamoada va jamoa orkali tarbiyalash metodlarini ishlab chikishda sotsial psixologiya bilan kurollanadi.

Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi fani jismoniy rivojlanish masalasini, bola organizmining shu qobiliyatini oshirish, uning faoliyatini normallashtirish, masalalarini o‘rganishda umumiy va sotsial gigiena, mexnat gigienasi, maktab gigienasi, pediatriya va boshka fanlarning erishgan yutuklaridagi xulosalardan foydalanadi.

Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi fani umumiy pedagogika bilan xam bog‘liqdir, chunki umumiy pedagogika tarbiyaning umumiy kobiliyatlari, jamiyatda ѐsh avlodni xar tomonlama tarbiyalash xamda ta’limning moxiyati va konuniyatlarini o‘rganadigan fandir.

Bolalarni maktabga tayѐrlashda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha

ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota- onalar mustakil ta’lim berish orkali ѐki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim muassasalarida shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb kilinmagan bolalar uchun bolalar bogchalarida maktablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruxlar ѐki markazlarda oladi. Bolaning maktabga tayѐrgarligi maktabgacha va maktab davridagi xaѐt tarzi xamda faoliyati uchun kuprik, vazifasini utashni oila ѐki bogchadagi

ta’lim-tarbiya sharoitlaridan maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni

ta’minlash zarurligini xisobga olishlari lozim.

Boshka fanlar katori «Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fani xam o‘z fani doirasida bir kator fanlar bilan bog‘liq xolda rivojlanadi va tarakkiy etib boradi.

SHunday qilib, «Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fani yuqorida keltirilgan fanlar bilan bog‘liq xolda rivojlanib, boyib boradi. Echilmay qolgan muammolar pedagogik nuktai nazardan ilmiy asoslangan tarzda o‘z echimini topadi va kerakli xulosa, tavsiyalar beradi.

2. «Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fanining maqsadi.

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi

xisoblanadi, xamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim o‘g‘risida»gi

Qonuni va «Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi.

Maktabgacha ta’limning maqsadi

Maktabgacha ta’limning maksadi: bola shaxsini maktabgacha ѐshdagi

bolalar ta’lim-tarbiyasiga kuyiladigan Davlat talablariga muvofiq sog‘lom va etuk, maktabga o‘qishga tayѐrlangan tarzda shakllantirish.

Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayѐrlash jaraѐni oldiga

kuyilgan maksad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Bolalarni

rivojlantirish va maktabga tayѐrlash» tayanch dasturi asosida amalga

oshiriladi.

«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun xamda «Kadrlar tayѐrlash milliy

dasturi»da mamlakatning ijtimoiy-iktisodiy tarakkiѐtini ta’limning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni tayѐrlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan. Sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustivor yo‘nalishidir.

Davlat talablari asosida tuzilgan «ILK KADAM»davlat tayanch dasturiga asosan maktabgacha ѐshdagi bolalarning ota-onalari,

tarbiyachilari, xamda, o‘zlari uchun turli soxalar buyicha dasturlar,

qo‘llanmalar, tavsiyalar, kizikarli kitoblar, aklan va jismonan

rivojlantirishga ѐrdam beradigan turli-tuman o‘yinlar va ta’lim tarbiya metodlari ѐritiladi.

Maktabgacha ѐshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga kuyiladigan Davlat

talablarida belgilangan kursatkichlarga erishish 6-7 ѐshdagi bolalarni maktabga to‘la to‘kis tayѐrlashga, maktabda beriladigan ta’limni mukammal o‘zlashtirishga, mustakil O‘zbekistonning ravnaki uchun xizmat kiladigan barkamol inson bo‘lib etishishlariga zamin xozirlaydi.
3.«Bolalarni maktabga tayѐrlash» fanining vazifalarni

maktabgacha ta’limning vazifalari

Maktabgacha ta’limning vazifalari: bolalarni xalkning boy milliy,

madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axlokiy jixatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik xislarini shakllantirish, maktabgacha ѐshdagi bolalarda bilim olish extiѐjini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jaraѐniga tayѐrlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustakil va erkin ifodalash malakalarini shakl-lantirish, bolalarning jismoniy va ruxiy sogligini ta’minlashdan iborat.

Maktabgacha ѐshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayѐrlash

jaraѐni oldiga kuyilgan maksad va vazifalarning bajarilishi «Maktabgacha ѐshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga kuyiladigan Davlat talablari» orkali nazorat kilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha ѐshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiya __________mazmunining asosiy yunalishlari xamda ularning maktabga tayѐrgarlik darajasiga kuyiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib u davlat xujjati sifatida e’tirof etiladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va

maktabga tayѐrlash jaraѐni uch boskichda amalga oshiriladi:

1. Bolalarni jismonan rivojlantirish.

2. Bolalarning nutki va tafakkurini rivojlantirish.

3. Bolalarni ma’nan rivojlantirish.

Maktabgacha ta’limning maksad va vazifalariga tayangan xolda «Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fanining maksadi talabalarni maktabgacha ѐshdagi bolalarni maktabga tayѐrlashning metod va usullari bilan tanishtirishdan iborat.

«Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fani quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:

Talabalar maktabgacha ta’limning maksad va vazifalarini yaxshi

bilishlari;

Bolalarning maktab ta’limiga umumiy va maxsus tayѐrgarligi

tushunchalarini bilishlari;

Bolalarni maktab ta’limiga tayѐrlashni aniklash yullari va metod,

usullari to‘g‘risida bilimga ega bulishlari lozim.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1.«Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligini izoxlang.

2.«Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fanining maqsadi nimalardan iborat?

3.«Bolalarni maktabga tayѐrlash metodikasi» fanining vazifalarini sanab o‘ting?
2-mavzu. BOLALARNING MAKTABDA TA’LIM OLISHGA

TAYYORLIGINI TASHXISLASH USULLARI

R E J A:

1. MAKTABDA TA’LIM OLISHGA TAYYORLIGINI TASHXISLASH

2. sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi xolatini

tashxislash.

3. . SHaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi

Tayanch tushunchalar: tashxis, faoliyat, jismoiy rivojlanish, aqliy rivojlanganlik, tekshirish shakllari.

Bolaning maktabda ta’lim olishga tayѐrligini tashxislash bu tekshiruv juda zarur. U oila uchun bolaning kaysi jixatlariga tuzatish (agar u zarur bulsa) kiritishda, olti ѐshlining muvaffakiyatlari va kamchiliklariga kanday ѐndashishda, shu maksadda u tarbiyachilarga, kolaversa 1-sinf ukituvchilari uchun xam kerak. Bolani ukitish uchun uni xar tomonlama bilish kerak.

Afsuski bugungi kunda tashxis tizimining takomillashmaganligi, o‘zini oklamagan turli xil shakllarni kupligi ta’lim muassasalarining xamda ota- onalarning bolalarni maktabga tayѐrlash borasida faoliyatini kiyinlashtirmokda. Masalan, ayrim maktablarda bolalarni birinchi sinfga olishda bolaning maktabga tayѐrgarligini belgilovchi asosiy kursatgich sifatida tez o‘qish ko‘nikmasi (bir minutda 50-70 va undan xam oshik so‘z) ilgari surilmokda. Vaxolanki, bu ko‘nikma maktabgacha ta’lim davlat dasturiga kiritilmagan.

Agar bola tez o‘qishga urgangan bulsa ѐmon emas, birok bu maktabga

borishdagi shartli talab sifatida kabul kilinmasligi kerak.

Tashxis o‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim olishga tayѐrgarligi darajasini aniklash maksadida turli usullarning bir necha variantlari berilmokda. Birok bu xar bir bolaga tashxis qo‘yishda maskur uslublarning barchasini qo‘llash zarur, degani emas.

Bolani tashxisdan o‘tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli

suxbat ѐki o‘yin tartibida olib borgan ma’qul. Toki bola o‘zini

tekshirilaѐtganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob

berѐtganda shoshirmaslik, uning kizikishini so‘ndirmaslik uchun suxbat va tavsiya etilaѐtgan o‘yinlardan 2-3 tasini o‘tkazgan ma’qul.

Bir marta tashxis o‘tkazish vakti 20-25 minutdan oshmasligi lozim. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar uchun majburiy bo‘lgan xamda ota-onalarning xam bolani maktabga tayѐrligini aniklash va bola rivojlanishidagi ayrim jixatlarni chukurrok echishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usullarining asosiylarga kuyidagilar kiradi:

Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi xolatini

tashxislash.

Maktabga kabul kilinishdan oldin barcha bolalar o‘z yashash joylaridan

bolalar poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik buyicha shifokorlardan iborat bo‘lgan tibbiy komissiya tekshiruvidan utishi shart. Ular bolaning sogligi va maktabga tayѐrgarligi xakida o‘z xulosalarini berishadi. Mazkur tekshiruvning erta baxoda utkazilishi bolada aniklangan etishmovchiliklarni ѐz davomida dispanserizatsiyada tuldirib olish imkonini beradi. Xarakatning asosiy turlari, qo‘l musqullari sport o‘yinlarining oddiy ko‘nikmalari, xarakat sifati rivojlanganligini musobaka, estafeta tarzida o‘tkaziladigan sport va xarakatli o‘yinlar davomida tekshirish mumkin.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1. Bolaning jismoniy rivojlanganligi xolati tashxisi nimalardan

iborat?

2. SHaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi deganda

nimani tushunasiz?

3. Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash

tashxisini qanday izoxlaysiz?

4. Tekshirishning qo‘shimcha shakllarini ifodalang.


3-Mavzu. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA O‘YIN

FAOLIYATINING MOXIYATI

R E J A:

1. O‘yinning bolalar faoliyatidagi o‘rni

2. . O‘yin bolalarning mustaqil faoliyati

3. Asosiy turlari(maktab ta’limiga tayerlashda)

Tayanch tushunchalar: o‘yin, faoliyat, bolalar o‘yinlari, MTTda tashkil etiladigan o‘yinlar, o‘yinlarni tashkil etish metodikasi.

O‘yinning bolalar faoliyatidagi o‘rni

O‘yin – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida o‘zlashtirish shakli.

Kishilik tarixiy taraqqiѐtining barcha davrlarida ham o‘yin sub’ekt

faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan haѐtiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar ѐsh

avlodga izchil uzatib kelingan.

O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish

xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga ѐrdam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi1.

O‘yin maktabgacha ta’lim ѐshidagi bolalar faoliyatining asosiy shakli

sanaladi. U orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning

kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi. O‘yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, MTT (maktabgacha ta’lim tashkiloti)ning ta’lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va estetik

jihatdan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. O‘yinning maktabgacha ta’lim ѐshidagi bolalar haѐtida tutgan o‘rni va ahamiyatini quyidagicha ifodalash mumkin:

. O‘yin bolalarning mustaqil faoliyat i bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoѐn bo‘ladi. Bola haѐtining bir ѐshidan boshlab unga o‘rab turgan tevarak- atrofni bilishga ehtiѐj xosdir. Bolalar o‘yinlari o‘zining barcha xilma- xilligi bilan unga yangi narsani bilish, o‘yin mazmunida aks etgan jihatga o‘z munosabatini bildirish imkonini beradi. Bola – o‘sib va rivojlanib boruvchi mavjudotdir.

1 Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. – T,: “Sano-standart” nashriѐti, 2015. – 100-bet.




Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish