Kurs ishning maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni shakllantirish jarayonida milliy an’analar, urf-odatlar, marosim va bayramlarning tutgan o’rnini o’rganish va tahlil qilishdan iborat. Eng muhimi bolalarga milliy qadriyatlarning o’ziga xos xususiyatlari, shakllari, turlari haqida ma’lumot berishdir. Shu maqsadda O’zbek xalqi ruhining tiklanishi, millat ma’naviy-axloqiy ideallarning shakllanishi, chuqur milliylik bilan umuminsoniylik chambarchas bog’liq bo’lgan tamoyillarni o’rganishdan, O’zbekistonda yashayotgan xalqlar o’ziga xoslikni yo’qotmagan holda umumiy ruhiyatga, xulq-atvor falsafasiga ega bo’lgan jarayonlarni, boshlang’ich sinf o’quvchilari ongiga milliy qadriyatlarni singdirish usullarini tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
Kurs ishimizda quyidagi vazifalarni bajarishga asosiy e’tibor qaratilgan:
1. Tanlangan mavzuning dolzarbligini dalillab, ishning nazariy ahamiyatini
asoslash.
2. Tadqiqot ishini yozishdan asosiy maqsad va uning oldiga qo’yilgan
vazifalarni aniqlash.
3. Milliy qadriyatlar turlari va xususiyatlarini darslar jarayonida, hamda
sinfdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali boshlang’ich sinf
o’quvchilariga tushuntirish.
4. Milliy qadriyatlarni boshlang’ich sinflarga o’rgatish ishlarini o’rganish va
tahlil etish.
5. Boshlang’ich sinflarga o’tiladigan fanlarda milliy qadriyatlarning o’rnini
asoslash.
6. Nazariy fikrlarga asoslanib tajribalar asosida xulosalar chiqarish.
Kurs ishning predmeti: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini barkamol
avlod bo’lib yetishishlarida milliy qadriyatlar
Kurs ishining hajmi: kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan dabiyotlar ro’yxatidan iborat
I bob
1.1 Milliy qadriyat tushunchalarining nazariy va pedagogik
asoslari
Mustaqillik sharoitida O’zbekistonning rivojlanishi ko’p jihatdan jamiyat
taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shadigan ma’naviy yetuk yoshlarni tarbiyalab
yetishtirishga bog’liq. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazkur
masalani hal etishda muhim bosqich hisoblanadi.
Xalq ta’limi tizimining asosiy bo’g’inlaridan hisoblangan boshlang’ich ta’lim ishini yanada yaxshilash imkoniyati tug’ildi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlardan to’la bahramand bo’lmagan,
jamiyatning har tomonlama rivojlanishga ongli ravishda hissa qo’shmagan inson
ma’naviy qashshoqdir. Shuning uchun ham ma’naviy madaniyat manbalarini
o’rganish, ularda olg’a surilgan g’oyalarga amal qilish, ularning kelgusi avlodlarga
ma’naviy qadriyat sifatida yetkazish jamiyat har bir a’zosining vazifasi va vatan
oldidagi burchidir. Mazkur burchni shakllantirishda boshlang’ich ta’lim
muassasalarida tashkil etilgan ma’lum tarbiyaviy ishlar muhim ahamiyat kasb
etadi.
Qadriyat nima?
“Qadriyat” so’zining mazmuni sodda va aniq bo’lib, hayotda odamlar
qadrlaydigan narsadir. Bular atrofimizdagi predmetlar, voqea va hodisalar bo’lib,
odamlarning kundalik hayotiy ehtiyojlari va talablarini qondira oladigan yoki
qondirishi mumkin bo’lgan masaladir. Biz kundalik amaliy faoliyatimizda
atrofimizdagi predmetlar dunyosi bilan munosabatga kirishar ekanmiz, u yoki bu
predmetga, hodisa yoki voqeaga ularni biz uchun qadrli yoki qadrsiz ekanligiga
qarab baho berishimiz, ularning talab ehtiyojlarini qanchalik qondira olish
xususiyatiga ega ekanligini aniqlaymiz. Bu hol umuminsoniy xususiyatdir.1
Qadriyatlar so’zining mazmuni, ahamiyati, xususiyati jihatdan
1. Moddiy,
2. Ma’naviy.
3. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga bo’linadi. Bular hayotda milliy va
umuminsoniy shaklda bo’lib shaxsiy, oilaviy, kollektiv, sinfiy ko’rinishlarga ega.
Ma’naviy qadriyatlarning inson va insoniyat jamiyati uchun qanchalik
ahamiyatga ega ekanligining mezoni quyidagicha: fanda bu mezon haqiqatdir,
axloqda yaxshilik va ezgulik, san’at uchun esa go’zallikdir.
Shaxs hayotida oila a’zosi, millat, ijtimoiy sinf va biror mehnat jamoasining
a’zosi bo’lganligi uchun qadriyatlar ham ijtimoiy hayotimizda shaxsiy, oilaviy,
milliy, sinfiy, jamoaviy, umuminsoniy qadriyat shaklida mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |