Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari
Guruh
|
Berilgan topshiriq to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball
|
Topshiriqni misollar bilan yoritish 0-5 ball
|
Guruh a’zolarining faolligini. 0-5 ball
|
Jami ball
|
1-gr
|
|
|
|
|
2- gr
|
|
|
|
|
3- gr
|
|
|
|
|
Telemexanika sistemalari to‘g‘risida umumiy ma’lumot
Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o‘rganish lozim. Ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish — bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash shartidir. Bunda tarbiyachining beg‘araz mehnati, bolalarni sevshiy va ularga jon fido aylashlari tarbiya samaradorligini ta’minlaydi. Tarbiyalash g‘oyat nozik san’at bo‘lib, unga juda jiddiy yondoshmoq darkor. Ayniqsa, pedagoglik ishini o‘ziga kasb qilib olgan kishilar mazkur fanni chuqur va puxta bilishlari shart. Pedagogika fanidan bexabar tarbiyachilar o‘zlari bilmaganlari xolda bolalarda kamchilik, nuqsonlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladilar, ularning qobiliyatlarini bo‘g‘ib qo‘yadilar, o‘sishiga xalal beradilar.Hozirgi kunda pedagogikani (ixtisoslikdan qat’i nazar) hamma bilishi lozim bo‘lgan fan deb hisoblash lozim, chunki insonlar hayot faoliyatlari davrida ta’limtarbiya ishlari bilan ma’lum darajada shug‘ullanishga majburdirlar. (Hech bo‘lmaganda o‘z farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanadilar. Yuqorida ta’kidlaganimizdek ta’lim-tarbiya kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan buyon mavjuddir. Ibtidoiy jamoa davrida ta’limtarbiya umumning ishi hisoblangan. Quldorlik jamoasi davriga kelib quldorning bolasiga beriladigan tarbiya bilan qulning bolasiga beriladigan tarbiyada tafovut vujudga keldi. Bu davrga kelib tarbiya borasida uyg‘onish (rezonans) davri boshlandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki ta’lim-tarbiyaning tamal toshini belgilaydigan qonun-qoidalar, urf-odatlar tizimi shakllandi, taraqqiy etdi. O‘qituvchi—tarbiyachi faoliyat tizimi va unga qo‘yilgan talablar mukammallikka erisha bordi. Biroq, ijtimoiy jarayonda to‘plangan tajribalar tarbiya mazmunini tashkil etsada, ularning hammasini yosh avlodga o‘rgatishning imkoniyat yo‘q edi. Faqat xalq ta’limi tizimiga kiruvchi bo‘g‘inlar orqali orttirilgan tajribaning muayyan qismini qamrab olish mumkin edi. Bu yerda ham muammo tug‘ildi. Hozirgi kunda barcha xildagi tajriba shakllari tarbiya mazmunini tashkil eta oladimi, yosh avlod tarbiyasiga aloqador tajribalarni qanday ajratish mumkin, kim bunday ish bilan shug‘ullanadi? Tabiiyki, barcha xildagi tajriba shakllari ham tarbiya mazmunini tashkil etavermaydi. Chunki: —birinchidan, har qanday o‘tmish tajribasida jismoniy, ma’naviy-axloqiy jihatdan eskirgan, yaroqsiz tomonlar mavjud; —ikkinchidan, pedagogika, xususan o‘zbek xalq pedagogikasi taraqqiyotida juda murakkab bo‘lgan tomonlar (hatto bu murakkablikning noma’lum qismlari) mavjudki ularni yoshlar daf’atan o‘zlashtira olmaydilar. Masalan, sharq falsafasi yoki mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini falsafa
Do'stlaringiz bilan baham: |