O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat сhet tillar instituti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/119
Sana27.02.2021
Hajmi1,62 Mb.
#60492
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119
Bog'liq
yosh fiziologiyasi fanidan maruzalar matni

Vazopressin.  Buyrak va miya arteriyalarini aytmaganda organizmdagi boshqa hamma qon 

tomirlarini toraytirib qon bosimini oshiradi. 



Antidiuretin.  Buyrak  kanalchalaridan  suvning  reabsorbsiyasini  kuchaytirib  sutkalik  siydik 

miqdori  (diurez)ning  kamayishiga  sabab  bo’ladi.  Antidiuretin  oqsil  ta’sirotlari  tufayli  ko’p 

ajraladi.  Qattiq  og’riq  vaqtida  siydik  chiqmay  qolishi  (og’riq  annuriyasi)  ham  shunga  bog’liq. 

Antidiuretin  gormonining  etarli  darajada  ajralmasligi  natijasida  qandsiz  diabet  kasalligi 

kuzatiladi.  Bu  kasallik  paytida  hayvon  odatdagiga  qaraganda  ko’p  miqdorda  suv  ichib  qiyadi. 

Masalan  bu  paytda  itlar  sutkasiga  80  litrgacha  suv  ichib  shuncha  ajratishi  mumkin.  Ayrim 

mualliflar  vazopressin  va  antidiuretin  gormonlarini  turli  funksiyalarini  bajaruvchi  bir  xildagi 

gormon deb xisoblaydilar. 



Oksitosin  -  bachadon  va  sut  bezlarining  silliq  muskul  tolalarini  qisqartirish  xususiyatiga 

ega. 


Jinsiy  siklning  turli  fazalarida  bachadon  silliq  muskulining  oksitosinga  sezuvchanligi 

o’zgarib  turadi,  jumladan,  hayvon  kuyikkan  paytda  oksitosinga  seziluvchanlik  eng  baland 

bo’ladi. Gipofizning keyingi qismidan ajraladigan gormonlarning kimyoviy tarkibi o’rganilgan. 

Jumladan, oksitosin va vazopressin 8 ta aminokislota va uch molekula ammiakdan tuzilgan Bu 

gormonlarning  6  ta  aminokislotasi  bir  xil  bo’lib,  ikkitasi  bir-biridan  farq  qiladi  (oksitoinda  - 

leysin va izoleysin, vazopressinda esa fenilalanin va arginin bor). Bu gormonlar sun’iy yo’l bilan 

sintezlanib olingan. 

Gipofizning  sekresiyasi,  ya’ni  undan  gormonlar  ajralishi  organizmning  holatiga,  tashqi 

muhitning  o’zgarishiga  ko’p  bog’liq.  Ekstero  va  interoreseptorning  turli  yo’l  bilan  ta’sirlanib 

qo’zg’alishi  gipotalamus  orqali  gipofizga  uzatiladi.  Gipofizning  barcha  qismlari  bilan 

gipotalamus o’rtasida chambarchas bog’lanish mavjud. Yuqorida aytilganidek, gipotalamusning 

suprooptik  va  paraventrikulyar  yadrolarida  hosil  bo’ladigan  sekretlar  alohida  yo’llar  orqali 

gipofizning keyingi qismiga o’tadi va u erdagi maxsus terining tanachalarida  yig’iladi. So’nqra 

keladigan  nerv  impulslarining  soni  va  kuchiga  yarasha  qonga  chiqarilib  turiladi.  Shuningdek 

gipofizning oldingi va oraliq qismlari ham nerv va qon orqali gipotalamus bilan bog’langandir. 

Gipofizning  oyoqchasini  kesib  gipotalamus  bilan  aloqasini  uzsak,  gipofizdan  follikulalarni 

stimullovchi,  lyuteinlovchi,  somatrop,  tireotrop,  adrenokortikotrop  gormonlar  ishlanib  chiqishi 

ma’lum vaqt to’xtab, melanofor gormoni sekresiyasi kuchayadi. Gipotalamusning turli yadrolari 

gipofiz  faoliyatiga  turlicha  ta’sir  ko’rsatadi,  ya’ni  alohida  olingan  gormonning  gipofizdan 

ishlanib  chiqishi  gipotalamusning  muayyan,  neyrosekretiga  bog’liq.  Keyingi  paytlarda 

adrenokortikotrop, tireotrop, gonadotrop, somatotrop gormonlarining gipofizdan ishlanib, qonga 

chiqarilishiga  ta’sir  ko’rsatuvchi  moddalar  -  omillar  gipotalamus  to’qimasidan 

olindi.Organizmdagi  boshqa  endokrin  bezlarning  gormonlari  ham  gipofizning  faoliyatiga 

to’g’ridan-to’g’ri va nerv faoliyati vazifasi bilan ta’sir qiladi. 

Jinsiy  bezlar  urug’  yoki  tuxum  hujayralarini  etkazib  berishdan  tashqari,  bir  qator 

gormonlarni  ishlab  qonga  chiqarib  turadi.  Jinsiy  gormonlar  jinsiy  apparat  funksiyasini  hamma 

tomonlariga,  organizmning  umumiy  holatiga,  ikkilamchi  jinsiy  bezlarning  paydo  bo’lishi  va 

boshqa  bir  qator  jarayonlarga  ta’sir  ko’rsatadi.  Urug’donlarda  erkaklik,  tuxumdonlarda 

urg’ochilik jinsiy gormonlari hosil bo’ladi. 

Erkaklik  jinsiy  gormonlari  yoki  androgenlar  jumlasiga  testosteron,  androsteron




Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish