1.O’sish va rivojlanish to’g’risida tushincha
Odam organizmi tuxum hujayra shakllanishidan to nobud bo’lgunicha juda murakkab
bo’lgan o’sish va rivojlanish jarayonlarini kechadi. Shu davrda sodir bo’ladigan morfologik va
funksional o’zgarishlar shaxsiy rivojlanish- ontogenezni tashkil qiladi. O’sish deganda, odam
hujayralari soni va og’irligining ortishi hisobiga gavdasi og’irligi va o’lchamining
kattalashishi tushiniladi. Hamma to’qimalar o’sadi, biroq bu jarayonlarning tezligi odam
umrining turli davrlarida bir xil bo’lmaydi va turli sistemalar tarkibiga kiradigan to’qimalar
va organlar uchun bir vaqtda sodir bo’lmaydi.
O’sish jarayonining yoshga oid chegaralari mavjud:
O’smir qizlar uchun bu jarayon taxminan 16-18 yoshgacha, o’smir o’g’il bolalar uchun esa
18-20 yoshgacha davom etadi. Hujayralar miqdori ortishi bilan bir vaqtda sifat
o’zgarishlari ham yuz beradi, ular funksional ahamiyati turlicha bo’lgan to’qimalarning
morfologik rivojlanishi va hosil bo’lishi, ularning murakkab organlarga birikishi, ayrim
tuzilmalarga xos morfologik belgilarning shakllanishidan iborat.
Odam butun hayoti davomida rivojlanib boradi. Etuk yoshda boshlanadigan qarish jarayoni
ham shunga kiradi. Rivojlanish jarayoni organlar va ular sistemalari faoliyatining umumiy
aloqalarining murakkablashuvi va rivojlanishi hisobiga yurak-tomir, hazm qilish, tayanch-
xarakatlanish sistemalari va boshqa tuzilmalarning takomillashuvini ko’rsatib o’tish mumkin.
Demak, o’sish-bu organizmning o’z tuzilishi va shaklini saqlagan xolda miqdor jihatidan
ortishidir.
Rivojlanish esa organizmning sifat jihatidan yangilanishidir.Odam organizmi doimo o’sish
va rivojlanish hisobiga murakkablashib, takomillashib boraveradi. Yosh bolalarda tana
organlarining o’sishi va rivojlanishi turli yoshda turlicha bo’ladi.Bola hayotining birinchi yili
o’sish,rivojlanishning eng jadal davri hisoblanadi.Bolalar yana balog’at yoshida 11-15 yoshlarda
juda jadal o’sish va rivojlanish davrini o’taydilar.Bola tug’ilganida uning bo’yi 50 sm bo’lsa, bir
yoshga kirganida 75-80 sm gacha o’sib,rivojlanadi. Gavda og’irligi yangi tug’ilgan bolada 3kg
bo’lsa, birinchi yilning oxiriga borib,9,5-10 kg gacha etadi. Keyinchalik toki balog’atga etish
davrigacha bolaning o’sishi va rivojlanishi bir oz sekinlashadi. O’sish va rivojlanishning ikkinchi
tezlashish davri bu-balog’at yoshi davriga to’g’ri keladi.
Yangi tug’ilish davridan toki to’lig’icha voyaga etish yoshigacha tana uzunligi-3,5 marta,
gavda uzunligi-3 marta, qo’llar uzunligi-4,5 marta, oyoqlar uzunligi esa-5 martagacha
5
ortadi.Xuddi shuningdek odam organizmida suyaklar ham yoshga oid o’sib boradi. Asosiy tana
suyaklarimiz 14-20-25 yoshgacha o’sib bo’ladi. Faqat umurtqa pog’anasining dum umurtqasi
qismi 30 yoshgacha o’sishda davom etadi.
2.O’sish va rivojlanishning yoshga oid davrlari.Hozirgi vaqtda ko’pgina rivojlangan
mamlakatlarda Jaxon Sog’liqni Saqlash tashkiliti(VOZ) mutaxassislari ishlab chiqqan tizimga
muvofiq odam ontogenezi quyidagi davrlarga bo’linadi:
1.Chaqaloqlik davri-1kundan-10 kungacha
2.Emadigan davr-10 kundan-1 yoshgacha
3.Erta bolalik(Go’daklik) davri- 1-3 yosh
4.Birinchi bolalik davri-4-7 yosh
5.Ikkinchi bolalik davri-o’g’il bolada-8-12 yosh(qiz bolada 8-11 yosh)
6.O’smirlik davri-o’g’il bolada-13-16 yosh(qiz bolada-12-15 yosh)
7.O’spirinlik davri-o’g’il bolada-17-21 yosh(qiz bolada-16-20 yosh)
8.Etuklik davri:I-bosqich-erkaklarda 22-35 yosh(ayollarda-21-35 yosh)
II-bosqich-erkaklarda 36-60 yosh(ayollarda-36-55 yosh)
9.Keksalik davri-erkaklarda 61-74 yosh(ayollarda-56-74 yosh)
10.Qarilik davri-erkak va ayollarda-75-90 yosh
11.Umrboqiylik davri-erkak va ayollarda-90 yosh va undan ko’p
B O L A L I K D A V R L A R I
1.Chaqaloqlik-tug’ilgandan keyin 4 xaftachacha
2.Emizaklik-4 xaftadan bir yoshgacha
3.Yasli davri-3 yoshgacha
4.Maktabgacha davr-3yoshdan-6 yoshgacha
5.Boshlang’ich maktab davri-6 yoshdan-10 yoshgacha
6.O’rta maktab davri-11 yoshdan-14 yoshgacha
7.O’smirlik-15 yoshdan-18 yoshgacha
3.Geteroxroniya xodisasi haqida tushincha. Yangi organizmning hayoti tuxum hujayraning
urug’lanishidan boshlanadi. Keyingi tuxum hujayraning ko’p sonli bo’linishi natijasida
hujayralar soni tez ko’paya boradi. To’rt kecha -kunduzda ular 58 taga, to’rt yarim kecha-
kunduzdan boshlab 107 taga etadi. Hujayralar yig’indisidan muayyan ixtisoslashgan tuzilmalar
shakllanib, ulardan asta-sekin asab, yurak qon-tomir, ovqat hazm qilish, tayanch-harakatlanish
va turli to’qimalar hamda organlardan tashkil topgan boshqa sistemalar rivojlanadi. 12-13
kunlik bo’lgan urug’langan hujayra 2mm atrofida uzunlikka ega bo’ladi,uch oyda esa 9-10 sm
ga uzayadi.Hayotining ikkinchi oyidan boshlab ona organizmida rivojlanayotgan murg’ak
organizm-embrion deyiladi. Uchinchi oydan boshlab-homila davri boshlanadi. Ona organizmida
homilaning hayoti o’rtacha 280 kun davom etadi.
Organizmning normal holatida o’sish va rivojlanishi juda uzviy bog’langan va o’zaro bir-
biriga ta’sir qilsada,biroq ular bir vaqtda sodir bo’lmaydi xamda turlicha tezlikda boradi.
Chunki biror organ to’qimasining massasi ortishi uning ayni vaqtda funksional jihatdan
takomillashivuni bildirmaydi. Bu hodisa-geteroxroniya- ya’ni rivojlanishning notekisligi deb
ataladi. U chaqaloqning yashab ketishini ta’minlaydi, chunki hayotiy muhim sistemalar boshqa
organlardan tezroq rivojlanadi.Funksional sistemalarning rivojlanishida geteroxroniya
quyidagilarda namoyon bo’ladi: hayotining birinchi yilida tayanch-xarakatlanish organlari, jadal
suratda o’sadi va rivojlanadi. Tananing uzunligi bir yarim marta,massasi esa uch marta ortadi va
bolaning vazni hayotining birinchi yili oxirida 9-12 kg ga ortadi. Uch yoshda bo’yning yillik
o’sishi 10 sm ga etadi,uch yoshdan etti yoshgacha esa 6 sm ni tashkil etadi.Etti yoshga borib bola
yuragi 4-5 baravar kattalashadi. Bosh miyasining vazni 1400g ga etadi.
Qiz va o’g’il bolalarda p u b e r t a t nomini olgan bu davr, ya’ni balog’atga etish davri
hisoblanadi. Bu davr qiz bolalarda 8-9 yoshdan 16-17 yoshgacha, o’g’il bolalarda esa 10-11
yoshdan 16-19 yoshgacha davom etadi. Demak, notekis rivojlanish hodisasi –geteroxronizm
turli tuman funksional sistemalarni tashkil etgan va ontogenezning muayyan bosqichida
organizmning yashab ketishini ta’minlaydigan ayrim organlar va to’qimalarning o’sish va
6
rivojlanish holatini qiyosiy o’rganishda kuzatiladi. 4.Akselerasiya hodisasining fiziologik
mohiyati Akselerasiya-terminini 1935 yilda nemis vrachi R. Kox taklif qilgan.U lotinchada
tezlashuv,jadallashish degan ma’noni anglatadi. Bu tushunchaga bolalar va o’smirlarda o’sish
va rivojlanishning tezlashuvi, balog’atga etish davrining bir muncha erta boshlanishi, sezgi
organlari va asab tizimining tezroq rivojlanishi kiradi. Hozirga kelib akselerasiya tushunchasi
juda kengayib ketdi. Faqat bolalar va o’smirlarda emas voyaga etgan odamlarda ham
akselerasiya kuzatilmoqda.Masalan qarish davrida ham farzand ko’rish,ko’krak qafasi,tana
massasi kabilarning ortishi ham akselerasiyaga misol bo’ladi. Olimlarning aniqlashicha,
hozirgi bir yoshli bola bundan 50-75 yil oldingi bolalarga nisbatan o’rtacha 5-7 sm ga uzun, tana
og’irligi esa,1,5-2 kg ga og’irroqligi ma’lum bo’lgan. Mutaxassislarning fikricha akselerasiyaga
sabab ovqatlanish,ekologik xolatlar,sport bilan shug’ullanishlar,fan-texnika taraqqiyotining
rivojlanishlari bo’lishi mumkin.Akselerasiyaning psixik akselerasiya turi mavjud bo’lib,bunga
masalan bolani olti yoshdan boshlang’ich maktabda o’qishi misol bo’la oladi.
3-
Do'stlaringiz bilan baham: |