- Favqulodda vaziyatlar, uning sababchi omillari va xususiyatlari
- Favqulodda vaziyat (FV) – ma’lum hududda yuz beradigan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning o‘limiga, salomatligiga, tevarak atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar etkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir.
FAVQULODDA VAZIYATLAR XAVFNING TARQALISH TEZLIGIGA KO‘RA, QUYIDAGI GURUHLARGA BO‘LINADI: - FAVQULODDA VAZIYATLAR XAVFNING TARQALISH TEZLIGIGA KO‘RA, QUYIDAGI GURUHLARGA BO‘LINADI:
- a) tasodifiy FV – yer silkinishi, portlash, transport vositalaridagi avariyalar va boshqalar;
- b) shiddatli FV – yong‘inlar, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;
- v) mo‘tadil (o‘rtacha) FV – suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi, radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;
- g) ravon FV – sekin-asta tarqaluvchi xavflar: qurg‘oqchilik, epidemiyalarning tarqalishi, tuproqning ifloslanishi, suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |