yuritilgan bo‗lib, ularning ham ko‗pchiligi rus tilidan aynan andoza olingandi.
Ayrimlarining esa nomlari rus tilida qanday bo‗lsa, o‗zbek tilining xususiyatlari
hisobga olinmay, xuddi shunday qo‗llanilgan edi (Masalan: spravka, akt, raport,
xarakteristika va boshqalar).
O‗zbek tili Davlat tili maqomini olgach, hujjatlarning barchasi o‗zbek tilida
yuritilmoqda. Endi O‗zbekistonda yashovchi va faoliyat ko‗rsatuvchi fuqarolar,
qanday kasb egasi bo‗lishlaridan qat`i nazar, ishlab chiqarishning barcha
sohalarida, albatta, o‗zbek tilidagi hujjatlarga duch keladilar. O‗zbekiston
Respublikasining ―Davlat tili haqida"gi qonunining 19-moddasida: "Muassasalar,
tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg‗alari
ish qog gozlarining
matnlari davlat tilida bo‗ladi", deb belgilab qo‗yilganligini inobatga olsak, bu
borada ko‗pgina amaliy ishlarni bajarishga to‗g‗ri keladi. Chunki sovet tuzumi
davrida, birinchidan, hujjatchilik rus tilida olib borilganligi, ikkinchidan, ko‗pgina
mahalliy millat bolalari o‗rta maktablarni o‗z ona tilida emas, balki rus tilida
tugatganligi, qolaversa, mamlakatimizda turli millat vakillari istiqomat
qilayotganligini hisobga oladigan bo‗lsak, ularning davlat tilida to‗laqonli ish
yurita olishlari uchun alohida o‗quv qo‗llanma yaratilishiga katta ehtiyoj bor
ekanligi ayon bo‗ladi.
Mazkur o‗quv qo‗llanma mamlakatimiz aholisi ko‗p millatli bo‗lganligi
uchun, u asosan, baynalmilal guruhlarga mo‗ljallangan bo‗lib, undan milliy
guruhlarda ham mashg‗ulotlar olib borishda foydalanish mumkin.
O‗quv qo‗llanmaning asosiy maqsadi talabalar va o‗quvchilarning
yozma
nutqlarini o‗stirishdan iborat bo‗lib, amaliy mashg‗ulotlar olib borish orqali shu
sohada ularning zarur malakaga ega bo‗lishlarida ko‗maklashishdan iboratdir.
Undan auditoriya (sinf) va auditoriya(sinf)dan tashqari mustaqil ishlar olib
borishda ham foydalanish mumkin.
Berilgan hujjatlarni rasmiylashtirishda qulay bo‗lishi uchun kitob oxiriga
unda qo‗llanadigan so‗z va so‗z birikmalarining o‗zbekcha-ruscha lug‗ati ilova
qilindi. O‗quvchiga yengillik yaratish maqsadida fe`l
shakllari noaniq shaklda
emas, balki hujjatlarda qanday mayl, zamonda qo‗llanilsa, o‗shandayligicha
berilishiga harakat qilindi.
O‗zbekiston Respublikasining ―Davlat tili haqida‖, ―Lotin yozuviga
asoslangan o‗zbek alifbosini joriy etish to‗g‗risida‖gi qonunlari hamda
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi 311-
sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturi talablaridan kelib chiqib,
Oliy va
o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 1996-yil 14-noyabrdagi 267-sonli buyrug‗iga
binoan oliy o‗quv yurtlari talabalariga ―Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va
atamashunoslik‖ kursi o‗tib kelinmoqda.
Mana shu kabi talab va ehtiyojlar inobatga olinib, yangi alifbo va imlo
qoidalari asosida mazkur o‗quv-uslubiy majmua yaratildi.
Mazkur o‗quv-uslubiy majmua orqali inistitutni bitiruvchi talabalar –
bo‗lg‗usi mutaxassis-kadrlar o‗z mutaxassisliklariga doir
terminlar ustida ishlashni,
kundalik ish yuritish jarayonida ko‗plab duch kelinadigan hujjatlar bilan ishlashni
o‗rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: