Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar
da xodimlarni ishga olish, ishdan
bo‗shatish, boshqa lavozim yoki ishga o‗tkazish, rag‗batlantirish, mehnat ta‘tili
berish, mehnat ta‘tilidan chaqirib olish kabilar rasmiylashtiriladi.
Buyruqdan ko„chirma
da buyruqning farmoyish qismidan faqat aniq holat
uchun zarur bo‗lgan ma‘lumot olinadi. Buyruqdan ko‗chirma, odatda, blankaga
yozilib, tasdiqlab beriladi. «Asliga to‗g‗ri» so‗zi bilan kotib (yoki buyruqdan
ko‗chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi.
Ma‟lumot-axborot hujjatlari
anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish
yuritish jarayonida ayniqsa ko‗p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma,
bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma‘lumotnoma,
tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e‘lon,
hisobot kabi hujjatlami o‗z ichiga oladi.
Ariza
ma‘lum bir davlat tashkiloti, xususiy korxona, huquqni muhofaza
qilish idoralari rahbarlari, mansabdor shaxslar nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat
mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |