O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 5,27 Mb.
bet31/132
Sana08.02.2022
Hajmi5,27 Mb.
#436755
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2022.oxirgisi

MILLIY VA ZAMONAVIY BAYRAMLAR
Bayram –muhim tarixiy voqea, hodisa sharafiga shodlik, rasmiy tantana o‘tkazish uchun belgilangan muborak kun. Bunday muborak kunlar xalq tomonidan quvonch, shodlik, tantana, o‘yin-kulgi bilan kutib olingan va tantanavor tarzda nishonlangan. Har bir xalqning asrlar davomida shakllangan, ardoqlab-e’zozlaydigan o‘ziga xos bayramlari, tantanalari, an’analari bo‘ladi. Bayramlar qadimgi davrlardan boshlab xalq hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylanib ketgan. Bayramlarda xalqning qadimiy udumlari, an’analari, tarixi, madaniyati o‘zining yorqin ifodasini topadi. Bayramlarda kishilarning diniy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy yutuqlari namoyish etiladi. Bayram arafasida, bayram kunlari kishilar bir-birlarini tabriklaydilar, bir-birlariga yaxshi niyatlar izhor etib, muvaffaqiyatlar tilaydilar. O‘zbek xalqi eng qadimgi davrlardan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Shuning uchun ham xalq orasida Navro‘z, gul sayli, ekin ekishga kirishish, qovun sayli, uzum sayli, hosil bayrami kabilarni nishonlash keng tus olgan. Keyinchalik islom dini bilan bog‘liq Ramazon va Qurbon hayitlari ham keng nishonlanadigan bayramga aylangan. Mustaqil O‘zbekistonda bayramlar dam olish kuni deb e’lon qilingan.
Quyidagi sanalar qonuniy bayram kunlari hisoblanadi: 1-yanvar – Yangi yil, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni, 21-mart – Navro‘z, 9-may –Xotira va qadrlash kuni, 1-sentabr – Mustaqillik kuni, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni, 8-dekabr – Konstitutsiya kuni, Ramazon va Qurbon hayitlari hijriy hisobga ko‘ra har yili o‘n kun farq bilan nishonlanadi. Bulardan tashqari, mamlakatimizda 14-yanvar – Respublika qurolli kuchlari kuni, 1-aprel – hazil-mutoyiba, kulgi va shodlik kuni, 1-iyun – bolalarni himoya qilish kuni, 21-oktabr – o‘zbek tiliga davlat tili huquqi berilgan tarixiy sana sifatida nishonlanib kelinadi. Bayramlarichida Navro‘z va Yangi yilni bolalar ham, kattalar ham intizorlik bilan kutadilar. Bu bayramlarga imkon qadar jiddiy tayyorgarlik ko‘rishadi. Sharq xalqlari qadimdan Navro‘zni Yangi yilning birinchi kuni sifatida keng nishonlab kelishgan. Navro‘zda kecha bilan kunduz tenglashib, hayvonlar nomi bilan ataluvchi yil – muchal almashadi. Buyuk bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Nosiriddin Rabg‘uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy va boshqalar Navro‘zni bahor, uyg‘onish, yoshlik, go‘zallik bayrami sifatida tasvirlaganlar.

Download 5,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish