Inson va jamiyat
Ulug‘ mutafakkirlar, donishmandlarning hikmatli so‘zlarini mulohaza qilsak, biz faqat o‘z shaxsiy foydamizni ko‘zlash uchungina dunyoga kelmas ekanmiz. Vatan, qarindosh-urug‘, do‘stlar va umuman har qanday odamga ezgulik qilish, foyda еtkazish uchun dunyoga kelar ekanmiz. Baliq suvda yashagani kabi, inson ham kishilik jamiyati ichida yashaydi. Unsonlar orasida ilm, ma’rifat yuksalgan sari har bir odam boshqa bir odamga muhtoj bo‘lganligini sezadi. Masalan, salomatligimizni saqlash uchun shifokorlarning yordami va maslahatiga muhtojmiz. Hatto bir parcha nonimizning qanday vositalar bilan rizq bo‘lib, og‘zimizga kirganini o‘ylab ko‘rsak, odamlarning hammasi bir-birlariga bog‘liq ekanliklarini tushunamiz. Odam har qancha boy, obro‘li, e’tiborli bo‘lsa ham, bari bir, boshqalarga muhtoj bo‘lmasdan iloji yo‘q. (95 ta so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |