Bulutsiz tunlarda osmon gumbazida miltillab turgan son-sanoqsiz yulduzlar ko‘rinadi. Yulduzlar Yerdan nihoyatda olisda olovday yonib turgan ulkan jismlardir. Yulduzlar ichidagi harorat bir necha million, sirtida esa yuz ming darajagacha bo‘ladi.
Yulduzlarning qanchalik olisda ekanligini tasavvur qilib ko‘raylik. Quyosh va yulduzlardan tarqalayotgan yorug‘lik bir sekundda 300 000 km masofani bosib o‘tadi. Bunday tezlikdagi yorug‘lik Quyoshdan bizga sakkiz daqiqada еtib keladi. Osmondagi eng yaqin yulduzdan esa yorug‘lik Yerga to‘rt yilda еtib keladi. Tepamizdagi eng yorug‘ “Vega” nomli yulduzning nuri bizga еtib kelguncha 26 yil o‘tadi.
Katta-kichikligiga qarab yulduzlar bir-biridan farq qiladi. Ularning orasida Quyoshdan million marta katta bo‘lganlari ham, million marta kichik bo‘lganlari ham bor. Yulduzlar nihoyatda olisda bo‘lgani uchun bizga mitti bo‘lib ko‘rinadi. (112 ta so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |