Boshlang’ich ta’limda didaktik o’yinlar orqali tenglamalar yechishga o’rgatish
Tanlov fanidan
( III kurs)
ishchi o‘quv dаsturi
Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo‘nalishi:
|
100000 -
140000 -
5111700 -
|
Gumanitar
O’qituvchilar tayyorlash va pеdagogika fani
Boshlang‘ich ta’lim va sport -tarbiyaviy ish
|
Samarqand – 2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi”da ishlab chiqilgan o‘quv dasturiga muvofiq tuzildi.
Tuzuvchilar:
dots.X.Nazarov, Sh.Raximov, G.Eshqabilova, F.Ermamatova - SamDU “Boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi” o’qituvchilari
Fanning ishchi o’quv dasturi “Boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi”ning 2021-yil “___” _________dagi “____” son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Fanning ishchi o’quv dasturi Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2021-yil “____” _________dagi _______ sonli bayonnoma).
Fakultet ilmiy kengashi raisi: _________dots. S.O’raqov
“Boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi” mudiri:_______dots.O.Eshniyozov
Kelishildi: O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i ______dots.B.Aliqulov
KIRISH
Respublikamiz boshlang`ich ta`lim yo`nalishi bo`yicha kadrlar tayyorlash salohiyatini rivojlantirish, jamiyat, оila va davlat оldidagi o’z mаs’uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bo`lajak o`qituvchilarning matematika o`qitish metodikasi bo`yicha bilimini kеngaytirish zamon talabi darajasiga еtishida fan asoslari bilan qurollantirish, pеdagogik tеxnologiya yutuqlari asosida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta'lim to`g`risida”gi qonun talablarini bajarish maqsadida tafakkurni yuqori darajada rivojlantirishga erishish bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilari oldida turgan eng muhim vazifalarni hal etilishiga qaratilgan.
Talabalarning bilimini kengaytirish zamon talabi darajasiga yetishida fan asoslari bilan qurollantirish, yangi pedagogik texnologiya yutuqlari asosida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta'lim to’g’risida”gi qonun talablarini bajarish maqsadida ularning aqliy tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish umumta'lim maktablari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Metodika fanlarini o’qitish ishlarida, jumladan matematika fanini o’qitish metodikasi kursini o’qitishni qayta ko’rib chiqib, hozirgi kun talabiga moslashtirish zarurati vujudga keldi. Bu ishlar bo`lg`usi boshlang’ich sinf o’qituvchilarining tayyorlash ishini takomillashtirishda, talabalarni o’qituvchilik kasbiga tayyorlashda muhim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishda zarur bo’lgan o’quv-tarbiya ishlarini tashkil qilishda katta yordam berishi lozim. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalar orqali didaktik o’yinlarni o’rgatish katta samaraga erishish mumkinligini hozirgi olimlar isbotlab kelmoqda .
O`yin bola hayotining uzviy qismidir. O`yin orqali bola bilim va ma'lumot oladi. O`yin jarayonida bola faqat tashqi muhit hodisalari bilan tanishib uni his etib qolmasdan balki voqеa va hodisalarga o`z munosabatini bildiradi. O`yin bola faoliyatida ijodkorlikni yanada boyitib aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda muhim hisoblanadi.
O`yinning turlari juda ko`p bo`lib aksariyat bolalar faoliyatida didaktik o`yin faoliyati ko`proq uchraydi.
Didaktik o`yinlar xilma-xil matеriallar asosida tashkil qilinib, ular bolalarning aqliy va jismoniy kamol topishida g`oyat katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Didaktik o`yinlarning ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish o`quvchilarning fan asoslarini o` rganishni yanada y0еngillashtirishi shak shubhasizdir.
Dars jarayonida didaktik o`yinlarni tanlash uning maqsadi va mohiyati tarbiyaviy va ta'limiy xususiyatiga e'tibor bеrish asosiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |