O’qituvchi: Aziz o’quvchilar bugun biz sizlar bilan yangi o’tadigan mavzuimizning nomi “Tenglamalar yyyechishni o’rganish” ekan. Demak, tenglama deb, noma’lum son qatnashgan songa aytiladi. Bunda eng asosiy harf “x”ning noma’lum son bo’lib qatnashishidir. Tenglamalar uch bosqichda yyechiladi.
I – bosqich: Tayyorgarlik bosqichi.
II – bosqich: x harfi bilan x + 2=5
III – bosqich: 3 + x = 7 kabi eng sodda tenglamalarda noma’lum sonni belgilash uchun qabul qilingan stmvol sifatida tanishish.
Demak, bizga kitobimizdan x + 3 = 9 kabi ko’rinishdagi misollar berilgan, ular tenglama hisoblanadi. Qolaversa, x qatnashgan har qanday misol tenglamadir.
Shu erda o’qituvchi doskaga tenglamalar yechishni ko’rsatadi.
Masalan: x * 6 = 18 yoki x : 7 = 3
X = 18 : 6 x = 7 * 3
X = 3 x = 21.
X + 3 = 9 yoki x – 4 = 3
X = 9 – 3 x = 4 + 3
X = 6 x = 7.
O’qituvchi: Chiqqan sonni noma’lum son o’rniga qo’yib ko’ramiz. Tenglama to’g’ri yechilganmi yoki yo’qmi? Albatta tekshirib ko’ramiz. Demak
3 * 6 = 18 to’g’ri
21 : 7 = 3 to’g’ri
6 + 3 = 9 to’g’ri
7 – 4 = 3 to’g’ri
O’qituvchi: Hozir sizlar yangi mavzuni qanchalik o’zlashtirdilaring? Shuni bilish maqsadida doskaga 3 ta qatorga 3 ta tenglama yozib qo’yamiz.
Sizlar qatoringiz bilan kelishgan holda bir o’quvchini chiqarasizlar. Tushunarlimi?
O’quvchilar: Ha !!!
1 – qatorga: 70 – x = 18
2 – qatorga: x + 56 = 100
3 – qatorga: 63 : x = 7
Doskaga tanlangan o’quvchilar chiqib, tenglamani o’z bilimi, dunyoqarashidan kelib chiqqan holda yechadi. O’qituvchi so’ng tenglamalar to’g’ri yechilganligini tekshirib, har bir qatorni baholab, rag`batlantiradi.
Bunda o’qituvchi o’quvchilarning chaqqonligini, bilimdonligini tekshiradi. So’ng darslikdagi tenglamalar o’quvchilar bilan birgalikda yychiladi. 498 –misol ishlanadi.
O’qituvchi: Kim birinchi bo’lib, 498 –misolni ishlab olib kelsa, o’sha o’quvchini yaxshi baholayman.
Shu tariqa topshiriq beriladi.
O’qituvchi o’quvchilarni parta oralab yurib, ularni yechish usullarini tekshiradi va qiynalayotgan o’quvchilarga yordam beradi. Topshiriq bajarib bo’lingandan keyin o’qituvchi o’quvchilarning daftarlarini yig’ib olib, tekshirib beradi va baholaydi.
Shundan so’ng o’qituvchi yangi mavzuni o’quvchilar qanchalik egalladilar. Shuni bilish maqsadida tarqatma kartochkalarni tarqatadi. Har bir o’quvchiga 1 tadan kartochka beriladi va kartochkada 1 ta tenglama berilgan bo’ladi. O’quvchilar ana shu kartochkalardagi tenglamani yechishlari kerak bo’ladi.
Qaysi qatordagi o’quvchilar ko’p tenglama yechgan bo’lsalar, o’sha qatorga rag’bat bayroqchasi beriladi.
Har bir o’quvchiga.
Yangi mavzu yaxshi o’zlashtirilganligini bilgach, o’qituvchi o’quvchilarga yuzlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |