Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530).
Zahiriddin
yoshlik chog‗laridanoq turli sayohatlarni yaxshi ko‗rgan. U 15-16
yasharligida Farg‗ona, Samarqand va Toshkent hududlarini bir
necha marta aylanib chiqqan. 19 yoshga to‗lganda, Hisor tarafidan
toqqa ko‗tarilib, Fandaryo va Iskandarko‗l orqali Zarafshon vo-
diysiga o‗tib, Samarqandga kelgan. Boburning yozishicha, 21 yoshi-
gacha Farg‗onadan Buxorogacha, Toshkentdan Hisor va Hirotgacha
bo‗lgan barcha shahar va qishloqlarda hamda dashtu tog‗larda
bo‗lgan. U umrining 30 yilini safarlarda o‗tkazdi. Sayohatlari
davrida o‗zining shoh asari «Boburnoma» uchun boy ma‘lumotlar
to‗plagan. «Boburnoma» O‗rta Osiyo, Afg‗oniston va Hindiston
davlatlarining geografiyasi, tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tabiati,
etnografiyasi va tibbiyotiga oid muhim ma‘lumotlar to‗plami
jihatidan dunyodagi eng mukammal asarlar ro‗yhatiga kiritilgan.
«Boburnoma» da 1000 dan ortiq geografik nomlar, mamlakat,
shahar, qishloq, qal‘a, dasht, tog‗, dovon, dara, daryo, ko‗prik,
kechuv, ko‗l, chashma, bog‗, yaylov va joylarning nomlari
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |